Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TEATRLASHTIRILGAN



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TEATRLASHTIRILGAN 
MASHG‘ULOTLARGA INNOVATSION YONDASHUV 
Ro‘ziyeva Sadoqat Hasanovna, 
BuxDUPI maktabgacha ta’lim 
kafedrasi o‘qituvchisi 
M. Bozorova, 
BuxDUPI maktabgacha ta’lim 
yo‘nalishi I bosqich talabasi 
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bugungi kunda teatrlashtirilgan mashg‘ulotlarning ahamiyati juda 
katta ekanligini inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida teatrlashtirilgan faoliyatning 
barcha yo‘nalishlariga e’tiborli bo‘lish hamda ularni zamonaviy pedagogik innovatsiyalar asosida 
o‘tkazish haqida fikr yuritilgan. 
Kalit so‘zlar: 
maktabgacha ta’lim, pedagogika, teatrlashtirish, mashg‘ulot, uzluksiz ta’lim, 
zamonaviy pedagogik texnologiya, sifat, samara, ta’lim, tarbiya. 
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda osib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama 
yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini 
joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli 
ishlar amalga oshirildi. Maktabgacha ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratayotganimiz bejiz emas, dedi 
Shavkat Mirziyoyev.Yoshlar tarbiyasiga bugundan e’tibor bermasak, ertaga kech bo‘lishi mumkin, deb 


158 
o‘z fikrini yana bir bor ta’kidladi davlatimiz rahbari. Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib 
ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda

Maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarining turli yosh guruhlarda maktabgacha yoshdagi bolalarning teatrlashtirilgan faoliyatlarini 
tashkil etish texnologiylaridan foydalanish muhim ahamiyayga ega. O‘yin maktabgacha yoshdagi 
bolalarni rivojlantirish va o‘qitishda katta salohiya ega. Bunday ta’limiy faoliyatlarni yuksak saviyada 
tashkil etish va o‘tkazish har bir tarbiyachidan mazkur soha bo‘yicha ma’lum tayyorgarlikka ega bo‘lishni 
talab etadi. Har bir insonning bolaligi rolli o‘yinlar asosida o‘tadi, u bolaga kattalarning hayotiy qonun- 
qoidalarni anglashni o‘rgatadi. Har bir bola o‘zi bilganicha o‘ynaydi, lekin bu o‘yinlar asosan kattalardan, 
sevimli qahramonlardan o‘rganib yoki ularga taqlid qilgan holda amalga oshiriladi. Bolalar o‘yinlariga 
improvizatsiya qilingan teatrlashtirilgan tomosha sifatida qarash mumkin. Bolaga o‘zini rejissor, aktyor, 
musiqachi, dekorator holida ko‘rish imkoni beriladi. Dekoratsiya va kostyumlarni tayyorlash bolada 
ijodiy va texnik faoliyatni rivojlanishiga turtki bo‘ladi.Tomoshani tayyorlash jarayonida bolalar chizish, 
yasash, tikish ko‘nikmalarini o‘rganish bilan birga, oldilarida amalga oshirishlari lozim bo‘lgan 
vazifalarga nisbatan istak, hoxish tuyg‘ulari yanada rivojlanadi va ular bundan katta zavq oladi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida teatrlashtirilgan faoliyatning barcha yo‘nalishlariga katta e’tibor 
berish lozim va shart, chunki ular, -jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lish modelini yaratishni; -milliy va 
ma’naviy qadriyatlarni singdirib borgan holda bolaning madaniyatini oshirishni; -bolalar adabiyoti, 
musiqa, tasviriy san’at, o‘zini tutish odobi, milliy an’analar va qadriyatlar bilan yaqindan tanishtirish va 
bu boradagi qiziqishini muntazam oshirib borishni; -to‘g‘ri fikrlash, yaxshilik va yomonlik haqidagi 
tushunchalarni o‘yinlar orqali bolalar ongiga singdirib borishga yordam beradi. . Teatrlashtirilgan faoliyat 
bilan bolalar nutqini rivojlantirish uzviy bog‘liq bo‘lib, qahramonlarning so‘zlari, bola nutqi bilan 
uyg‘unlashib uning so‘z boyligini orttiradi, nutqining tovush madaniyat mukammalashadi. 
Teatrlashtirilgan mashg‘ulotlar o‘z ichiga ertaklardan lavhalar qo‘yish, rasmga qarab rolli suhbatlar 
tuzish, hayotiy mavzularga oid mustaqil improvizatsiya (o‘xshatish) qilish (kulguli voqealar, qiziq 
hodisalar va hokazo); qo‘g‘irchoq tomoshalarini ko‘rish va uni muhokama qilish, dramatizatsiyalashgan 
o‘yinlar, rolni ijro etish ifodaliligini rivojlantiruvchi mashqlar (verbal va noverbal); bolalarni xissiy 
rivojlantiruvchi mashqlarni qamrab oladi. Teatrlashtirilgan faoliyatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, jamoani 
to‘g‘ri yo‘naltirishda tarbiyachi katta rol o‘ynaydi. Tarbiyachi nafaqat ifodali o‘qishi yoki aytib berishi, 
balki ko‘rishi, eshitishi, obrazga kirishi, ya’ni aktyorlik va rejissorlik mahoratlariga ham ega bo‘lishi 
zarur. Aynan shu holat bolalarda teatrlashtirilgan faoliyatga qiziqishni uyg‘otishi, bolalarning ijodiy qobi- 
liyatlarini ijobiy tomonga o‘zgarishiga yo‘l ochadi. Tarbiyachi o‘zining aktyorlik faolligi bilan tortinchoq 
bolalarni faqatgina tomoshabinga aylantirib qo‘ymasligi, har bir bolani diqqat bilan kuzatishi lozim. 
Tarbiyachi bolalarni muntazam ravishda qo‘llab quvvatlashi, ularning xato qilish va sahnaga chiqishda 
qo‘rqish, «artist» va «tomoshabin»ga bo‘linib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Quyidagi vazifalar 
teatrlashtirilgan faoliyatni shakllantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan darslar majmuasi davomida hal 
etiladi: -tarbiyalanuvchining ijodiy qobiliyat va ijodiy o‘z o‘ziga ishonish tuyg‘ularini shakllantirish; - 
bolalarda ijodiy faoliyatning barcha jabhalariga qiziqish uyg‘otish; - improvizatsiya (o‘xshatish) qilish 
ko‘nikmalarini egallash; - nutq faoliyatining barcha shakl, funksiya va komponentlarini rivojlantirish; - 
bilish ko‘nikmalarini mukammallashtirish. Teatrlashtirilgan o‘yin teatrlashtirilgan mashg‘ulotning asosi 
hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida teatrlashtirilgan o‘yinni o‘tkazishda quyidagilarga 
alohida e’tibor qaratish lozim: -janr va mavzuning turli-tumanligi; -pedagogik faoliyatning barcha yo‘na- 
lishlariga teatrlashtirilgan faoliyatni har doim va har kuni singdirish. -Bolalarning teatrlashtirilgan o‘yinni 
tayyorlash va o‘tkazishdagi maksimal faolligi.-Bolalarning teatrlashtirilgan o‘yinni uyushtirishda o‘zaro 
va kattalar bilan hamkorligi. Teatrlashtirilgan faoliyatni rivojlantirish tizimi uch bosqichda amalga 
oshiriladi: -Adabiy va folklor asarlarni ijodiy his etish; -Maxsus bilimlarni asosiy («aktyor», «rejissor») 
va qo‘shimcha («ssenariy muallifi», «bezakchi», «kiyim ustasi») nuqtayi nazardan o‘rganish; -mustaqil 
ijodiy faoliyat. Pedagogik vazifa suniy teatrlashtirilgan faoliyat bilan qiyinlashib boradi. U his etish, 
fikrlash, tasavvur, nutq bilan uyg‘unlashib, bolalarning turli xil faolliklarida namoyon bo‘ladi yani,nutqiy, 
musiqiy va hokazo. Shuning uchun teatrlashtirilgan faoliyatni umumlashtiruvchi faoliyat deb atashimiz 
mumkin. 
Teatrlashtirilgan o‘yinlar davomida bolalarda: 

atrof olam haqidagi tushunchalari kengayadi; 

tasavvur, ong, anglash kabi psixologik tushunchalari rivojlanadi 

ko‘rish, eshitish, so‘zlab berish kabi turli analizatorlar rivojlanadi; 

so‘z boyligi, grammatik nuqtayi nazardan to‘g‘ri gapirish, o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalash, talaffuz, 
temp, so‘z intonatsiyasi va ifodasi faollashadi va yaxshilanib boradi; 


159 

motorika, koordinatsiya, tembr, suhbat qurish ko‘nikmalari mukammalashadi; 

hissiy-irodaviy faoliyati rivojlanadi; 

xulq shakllanishi ro‘y beradi; 

jamoada faoliyat olib borish, bir-biri uchun javobgarlik rivojlanadi; 

mustaqil fikrlilik, ijodiy faollik rivojlanadi; 
Teatrlashtirilgan faoliyatda ishtirok etish bolalarga olam-olam quvonch baxsh etadi, ularda bu 
faoliyatga nisbatan qiziqish uyg‘onadi. Shunday qilib, teatrlashtirilgan faoliyat bolalarning ichki 
kechinmalari, munosabatlari, emotsional faoliyatining rivojlanishiga ya’ni asar qahramonlariga 
munosabat bildirish, ularning holatiga kirishga harakat qilish kabi holatlar bilan birga boladagi ijodiy 
faollikni o‘yin, fantaziya, to‘qib chiqarish orqali kengaytiradi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish