32
ФИО автора:
Masharipova Sharqiya Erkaboyevna,
Xorazm viloyati Tuproqal'a tumani 5-son maktabining
jismoniy tarbiya fani
o'qituvchisi
Название публикации:
«INSON SALOMATLIGI»
Annotation:
this article attempts have been made to provide information on
human health.
Key words:
health assessment, individual health of a person — a harmonious
unit of all metabolism processes in the body.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada inson salomatligi borasida ma’lumotlar
berishga harakat qilingan.
Kalit so‘zlar:
Salomatlikni baholash, insonning individual salomatligi —
organizmdagi barcha modda almashinuv jarayonlarining uyg'unlashgan birligi.
«Salomatlik — bu faqatgina kasallik va jismoniy nuqsonlardan holi bo'lish emas,
balki to'liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanganlikdir». Quyidagi ta’riflar fiziologik
nuqtai nazardan birmuncha to'liq va mukammal hisoblanadi: «Insonning
individual
sog'lig'i — organizmning patologik siljishlarsiz, muhit bilan optimal bog'lanishda,
barcha funksiyalar bir-biriga moslashgan tabiiy holati» (G.Z.Demchinkova,
N.L.Polonskiy); «Salomatlik — bu organizmning atrof-muhitga nisbatan adekvat va
optimal hayot faoliyatini, shuningdek, to'laqonli mehnat faoliyatini ta’minlab beruvchi
33
tizimli-funksional xususiyatlarning o'zaro uyg'unlashgan yig'indisidir»; «Insonning
individual salomatligi — organizmdagi barcha modda almashinuv jarayonlarining
uyg'unlashgan birligi bo'lib, organizmdagi barcha tizim va kichik tizimlarning optimal
hayotiy faoliyati uchun sharoitlar yaratadi»(A. D. Ado); «Salomatlik — bu insonning
faol
hayotining
maksimal
davomiyligida
biologik,
fiziologik,
psixologik
funksiyalarining, mehnatga layoqati va ijtimoiy faolligini saqlab qolish va
takomillashtirish jarayonidir»(V P Kaznacheev). Olimlarning fikricha, «Salomatlik —
inson hayotiy faoliyatining ruhiy, his-tuyg'u, psixik, jismoniy sohalarining oddiy holati
bo'lib,
bu holat inson shaxsining, qobiliyat va layoqatining gullab-yashnashi, atrof-
olam bilan uzluksiz bog'liqligi uchun mas’ulligini anglashi uchun qulay shart-sharoitlar
yaratadi». Valeologiya fanida «individual (inson) salomatligi» va «aholi salomatligi»
farqlanadi. Individuum salomatligi — bu atrof-muhitga moslashishning dinamik
jarayoni bo'lib, olimlar fikricha, uning tashqi muhit, yashash sharoiti va boshqalarning
turli xil ta’siriga moslashishi, chidamliligi va reaksiyasi sifatida qarash kerak.
V.I.Dubrovskiyning fikricha, salomatlikni baholash mezonlari quyidagilardan iborat:
— berilgan bosqichda jismoniy ishga layoqatlilik va morfologik rivojlanish darajasi;
— maxsus ish qobiliyatini cheklovchi
surunkali kasalliklar, jismoniy nuqsonlarning
mavjudligi; —
ijtimoiy qulayliklar, turmushning o'zgaruvchan sharoitiga
moslashuvchanlik,
atrof-muhit
noqulay omillarining ta’siriga chidamlilik,
organizmning tashqi muhit ta’siriga nisbatan reaksiyasini saqlashi.
Salomatlik
deganda, organizmning insonning ijtimoiy-madaniy turmush sharoitida o'zining
genetik dasturini maksimal darajada amalga oshirish imkonini beruvchi holati
tushuniladi. Bunday nuqtai nazardan salomatlikni hech bo'lmaganda, 3 jihatdan:
individual, yosh va tarixiy jihatdan dinamik tushuncha sifatida qarash kerak bo'ladi.
Salomatlik yosh jihatdan har bir yosh bosqichi uchun shu yoshga xos bo'lgan
morfofunksional xususiyatlariga va ijtimoiy roliga bog'liq bo'lgan salomatlik
mezonlari mavjud bo'lishi kerakligini nazarda tutadi. Tarixiy nuqtai nazardan
salomatlikka ta’rif berilganda insoniyat sivilizatsiyasi, madaniyat, din, ishlab chiqarish
va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va h.k.z. inson yashaydigan
34
muhitning o'zgarishiga olib kelishi hisobga olinadi.
Bunda inson salomatligini
saqlashda o'z funksional zahiralaridan tobora kam foydalanadi va aksincha, avloddan-
avlodga o'tgani sari o'z yutuqlaridan ko'proq foydalanadi. Bu esa insonning funksional
va moslashish zahiralari pasayishiga olib kelishi mumkin. Inson hayotiy faoliyati
ro'yxati umumiy qabul qilingan jismoniy ruhiy, ijtimoiy tashkil etuvchilaridan tashqari
his-tuyg'u, bioenergetik, axborot, axloqiy, motivatsiya va boshqa ko'plab tashkil
etuvchilarni o'z ichiga olishi mumkin.
Salomatlik darajasi qanday aniqlanadi? Aholi salomatligi holati yoki jamiyat
salomatligi darajasini baholash uchun turli xil ko'rsatkichlardan foydalaniladi:
demografik (tug'ilish, o'lish, o'rtacha yosh),
kasallanish, kasalga tez chalinish,
nogironlik va b. Individuum salomatlik darajasini aniqlashda birinchi navbatda
organizmning jismoniy rivojlanishi hamda funksional holati, asosiy fiziologik zahiralar
holatini o'z ichiga oladigan somatik salomatlikni baholashga asoslaniladi. Nisbatan
oddiy testlar va jismoniy ko'rsatkichlar yordamida salomatlikni baholash imkonini
beruvchi skrinin metodikalari amaliy valeologiya uchun katta qiziqish tug'diradi.
Ularning ba’zilari kompyuter variantlariga ega bo‘lib, ko‘p
son kishilarni tekshirish
natijalarini tezlik bilan qayta ishlash va salomatli monitoringini tashkil etish imkonini
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: