46
Ma’lumki, xayvonlar o’simliklar asosida yaratilgan ozuqa energiyasini yomon
xazm qiladi va ularning yarmidan ko’prog’i organizmga so’rilmasdan axlat, go’ng
xolatida chiqib ketadi. Eng avvalo xayvonlardan chiqqan bu chiqindidan organik
o’g’it sifatida foydalaniladi. Buni o’rniga ushbu chiqindidan tiklanadigan energiya
manbai sifatida foydalansa bo’ladi.
Rivojlangan mamlakatlarda yirik shoxli xayvonlar (nafaqat ular) yirik
fermalarda va komplekslarda to’planib, boqiladi. Bu esa boshqa maxsulotlar qatori
ularni chiqindilaridan (axlatlaridan) atrof-muxitni ifloslantirmasdan foydalanish
imkoniyatini yaratadi.
Xayvon axlatlaridan va oqova suvlaridan oqilona foydalanishni yo’llaridan
biri ularni anaerob sharoitda bijg’itishdir. Bu jarayonda axlatni zararsizlantirilib,
bir vaqtni o’zida uni eng muxim organik o’g’itlik sifatini saqlab qolgan xolda,
undan biogaz olish mumkin.Metanli bijg’itish yoki biometanogenez – biomassani
energiyaga aylantirish jarayoni qadim-qadimlardan ma’lum bo’lgan jarayondir. U
1776 yilda Volta tomonidan ochilgan bo’lib, dastlab u botqoqlardagi gazda metan
borligini aniqlagan. Mana shu jarayonda xosil bo’ladigan biogaz 65% metan, 30%
karbonat angidrid, 1% oltingugurt kislotasi (H
2
S) va unchalik ko’p bo’lmagan
miqdorda azot, kislorod, vodorod va uglerod ikki oksidi saqlaydi.
Botqoq gazi, ba’zida klar-gaz xam deb yuritiladi,ko’k- xavo rang berib
alangalanadi, xid chiqarmaydi.Uni tutun chiqarmasdan alangalanishi insonlarga
o’tin, xayvonlar tezaklari va boshqa yoqilg’ilarga nisbatan kamroq tashvish
tug’diradi. 28 m3 biogaz energiyasi, 16,8 m3 tabiiy gaz, 20,8 l neft yoki 18,4 l
dizel yonilg’isiga tengdir.
Organik chiqindilarni anaerob bijg’itishga asoslangan tozalash inshootlarini
birinchisi 1895 yilda Angliyani Ekzeger shaxrida qurib ishga tushirilgan edi. Bu
inshootni sanitariya vazifasidan tashqari ko’chalarni yoritish uchun elektr
energiyasi tayyorlash sarf bo’ladigan biogaz ishlab chiqarish bo’lgan.
Chiqqindilarga anaerob ishlov berish uzoq vaqt suv tozalash stantsiyalarini
cho’kmalarini va chorvachilikni chiqindilarini mo’tadillash maqsadida ishlatib
kelingan. Ammo, 1970 yillardagi energiya tangligi tufayli qishloq xo’jalik
xayvonlari chiqindilaridan biogaz ishlab chiqarish g’oyasiga astoydillik bilan
qaraladigan bo’ldi.
Go’ngni anaerob bijg’itish orqali biogazga aylantirish jarayoni mustaxkam
yopiladigan maxsus idishlar – biogaz usqurmalarida olib boriladi (8.1-rasm.).
Do'stlaringiz bilan baham: