bevosita ta'sir ko'rsatadi.
Trening ishtirokchilarini mashg'ulot boshlanishidan avval mavzu bo'yicha matnlar bilan
ta'minlash va ma'ruzalarni iloji boricha trenerning o'zi o'qib, amaliy mashg'ulotlarga ham begonalarni
jalb qilmagani ma'qul, chunki bu yerda “nimaga o'rgatish” va “qanday o'rgatish” degan savollarga
javobgar shaxs bir kishi bo'lsa, harakatlarda uyg'unlik bo'lishi mumkin.
Ijtimoiy-psixologik treningda boshlovchi roliga duch kelgan shaxslarni jalb qilib bo'lmaydi.
Chunki mashg'ulotlarni o'tkazuvchi maxsus tanlovda ishtirok etgan bo'lishi va unda uning
komunikativ mahorati, o'z-o'zini nazorat qila olish qobiliyati, bosiqligi, hissiyotlarining muqobilligi,
ularga ma'lum ma'noda turg'unlik xos bo'lishi shart. Tanlov umuman, xolis ekspertlar, trenerlarni
tayyorlash kurslari ham nisbatan uzoq muddatga mo'ljallangan mashg'ulotlar
ti- zimidan iborat
bo'ladi.
Ijtimoiy-psixologik treningda samarali muloqotga erishish uchun quyidagi omillar hisobga
olinishi maqsadga muvofiq:
a) maqsadning aniq bo'lishi, uning boshlovchi va ishtirokchilar tomonidan bir xil idrok qilinishi
va tushunilishi. Demak, bu o'rinda guruhiy va individual maqsadlar o'rtasidagi moslik va
kelishuvning mavjudligiga e'tibor qaratilishi shart;
b) ikki tomonlama muloqotning mavjudligi, ya'ni fikr va hissiy kechinmalarning aniqligi,
ochiqligi va rostgo'ylik tamoyillariga e'tibor berish;
v) faol ishtirok va guruhdagi liderlikning a'zolar o'rtasidan teng taqsimlanishiga erishish, ya'ni
guruhda yaqqol ko'zga tashlangan lider yoki doimo o'z hissiy kechinmalarini va irodasini boshqalarga
o'tkazishga harakat qilayotgan shaxsning bo'lmasligi;
g) ta'sir ko'rsatish yoki ruhiy tazyiqning ishtirokchilar bilimlari, qobiliyatlari va malakalariga
asoslanishi, lekin bunda boshqalarning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik;
d) qaror qabul qilish va munozaralarini yakunlash bosqichlarida vaziyatga qarab,
boshlovchining tashabbusini o'z qo'liga olish huquqidan foydalanishi;
e) tortishuvlarga doimo to'g'ri, oqilona, konstruktiv tus bera olish,
bu omil ishtirokchilar
tashabbuslarini qo'llab-quvvatlaydi va ulardan shakllanadigan sifatlarning mustahkamlanishiga zamin
hozirlaydi;
j) guruh faoliyatining samaradorligi masalasi ham o'sha guruh a'zo lari tomonidan baholanishi
o'yin munozarani yana davom ettirish yoki to'xtatish masalasiga oydinlik kiritadi, aks holda
boshlovchi bu mas'uliyatni o'z bo'yniga olsa unda guruh o'z faoliyatidan qoniqmay qolishi mumkin;
z) birinchi guruh a'zolarining maksimal tarzda o'zini ko'rsatish, hattoki, o'zidagi yashirin
emotsiyalarni va yangiliklarni namoyon etishga undash lozimki, toki u har qanday sharoitda ham o'z
individualligini ko'rsatish qobiliyatiga ega bo'lsin.
Shunday qilib, ijtimoiy-psixologik trening samaradorligi bir tomondan, ishtirokchilarni faol
qatnashishlarini va o'zlarini erkin his qilishlariga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan, bu narsa
boshlovchi, trener shaxsining psixologik xususiyatlariga bevosita bog'liqdir. Shuning uchun ham
trenerda ijtimoiy- psixologik trening o'tkazish
tajribasi yetishmasa, u o'ziga xos va mos auditoriyani
topib ishlashi, kattalar guruhi yoki noma'lum kishilar bilan ishlash uchun yetarlicha tayyorgarlik
ko'rishi lozim. Chunki agar u o'z amaliy faoliyatini boshidayoq mag'lubiyatga uchratsa, hech qachon
u trening mashg'ulotlari o'tkaza olmasligi mumkin. Bu holat unda shaxsiy tushkunlikni keltirib
chiqarib, o'zi yordamga muhtoj bo'lib qoladi. Boshlovchi ham o'z faoliyatini amalga oshirishda
yuqorida ta'kidlanganidek, ijtimoiy-psixologik treningning turli shakllaridan ma'qulroq turidan
boshlashi mumkin. Masalan: o'zidan yosh bo'lgan bolalar guruhida turlicha oson o'yinlar tashkil
qilish, savol-javob guruhlarini uyushtirish, dumaloq stol atrofida turli hayotiy muammoli masalalarni
muhokama qilishga o'rgatish mumkin. Psixodramatik o'yinlar, ayniqsa, sotsiadramalar shaxsdan
yuksak kasbiy sifatlarni, insonlar bilan ishlash tajribasini talab qiladi.
Boshlovchi trenerdan talab qilinadigan psixologik kasbiy faoliyatning asl mohiyati shundaki,
odamlar ko'ziga, xatti-harakatiga qarab, ularning niyat va istaklarini, treningda ishtirok
etish
qobiliyatini taxminan oldindan chamalab olishi hamda o'yin davomida mohirlik bilan ular harakatini
zimdan boshqarish qobiliyatiga ega bo'lishi shart. Shuning uchun maxsus ijtimoiy psixologiya
kurslarida tahsil olmagan, kasbiy tayyorgarlikka ega bo'lmagan shaxslar treningni boshqara
olmaydilar. Bundan tashqari boshqaruvchi shaxslardan fidoyilik, o'z manfaatini o'zgalardan yuqori
qo'ymaslik, sabr, chidam, tezkorlik, fahm-farosat sifatlari talab qilinadi. Bu sifatlar ma'lumki, nafaqat
nazariy tayyorgarlik asosida balki, ko'proq hayotiy muloqot va ijtimoiy faoliyatning barcha turlarida
faol ishtirok etish natijasidangina qo'lga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: