Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
qora rangda bo‘lmasligini bilganimizda, bu umumlashtirishimiz asossiz bo‘lib chiqadi.
Grammatikani o‘qitishda, indaktiv uslubning o‘rni nihoyatda katta. U tajribaviy o‘rganishni
osonlashtiradi va o‘quvchilarning o‘zlari grammatika qoidalarini yaratishida faol o‘rgatadi.
Qoidalar ularning aqliy (miya) strukturalariga o‘rnashishi bilanoq, qattiq mehnat tufayli erishilgani
uchun qoidalar ko‘proq esda qolarli bo‘ladi. Lekin, grammatikani indaktiv metodda o‘qitish
darsni tashkillashtirish va tayyorgarlik ko‘rishda ko‘p kuch va ko‘p vaqt talab etadi. Shuningdek,
bu uslub an’anaviy metodni, ya’ni o‘qituvchi qoidalarni ko‘rsatib, tushuntirib berishini afzal
ko‘ruvchi o‘quvchilarni hafsalasini pir qilishi ham mumkin.
Grammatikani Deduktiv uslubda o‘qitish: Deduktiv metod Aristotelning sillogizm teoriyasidan
kelib chiqgan bo‘lib, ya’ni “Hamma kuchuklar hayvonlardir.
Hamma hayvonlarning to‘rta oyoqlari bor.
Shuning uchun, hamma kuchuklarning to‘rta oyoqlari bor”
degan ikkita to‘g‘ri deb berilgan fikrdan xulosa yasashga aytiladi. Dekaktiv so‘zi lotin tilidan
“mantiqiy xulosa yasash” degan ma’noni beradi.
Grammatikani deduktiv uslubda o‘qitishda o‘qituvchi darsda markazi bo‘ladi. Grammatika
qoidalar o‘quvchilarga tushuntiriladi va so‘ng test qilinadi. Bu uslubning ham o‘ziga yarasha
kamchiliklari va yutuqlari mavjud. Avvalo, bu uslub sodda va vaqtni tejashi bilan afzaldir.
O‘qituvchiga qoidani ko‘rsatib tushuntirib berishi va o‘quvchilardan ularni qo‘llashini so‘rashi
qoidani o‘zlari aniqlaganga qaraganda osonroq. Kashf etuvchi uslublardan ko‘ra analitik o‘qtishni
yoqtiruvchi yoshi katta o‘rganuvchilarga bu uslub maroqli bo‘lishi mumkin. Shuningdek, dedaktiv
uslub yosh bolalar uchun ko‘p qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki ular mos tili
atamalarini hali yaxshi o‘zlashtira olmaydi. Natijada, qoida bilan o‘qitish uslubi va grammatik
qoidalar ularni chalg‘itishi va o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini so‘ndirishi mumkin. Shu sababli
o‘quvchilarni ona tili darslariga qiziqtirishda indaktiv uslub yetakchilik qiladi.
Masalan: o‘quvchilarga ot so‘z turkumi mavzusini tushuntirilayotgan paytda uning qoidasini
emas, unga tegishli bo‘lgan so‘zlar berilib, ularning mazmun-mohiyati, so‘rog‘i, nimani
anglatayotganligi so‘raladi. Topshiriqlar bajarilgandan so‘ng o‘quvchilar shular asosida qoidani
ishlab chiqadilar. O‘zlari ishlab chiqqan qoida o‘qituvchi aytib bergan qoidaga nisbatan xotiralarda
yaxshiroq saqlanib qoladi.
Bu o‘rinda endi o‘quvchi shunchaki axborotlarni qabul qiluvchi emas, balki “tilshunos
tadqiqotchi”ga aylanadi, hodisa va jarayonlarni o‘zi kashf eta boshlaydi. Singapur o‘quv dasturida
o‘quvchilar – tadqiqotchi, o‘qituvchi esa – tadqiqotni boshlovchi vazifasini bajaradi. Aynan shu
sababli ham xalqaro tadqiqotlar reytingida Singapur yuqori pog‘onalarni egallab kelmoqda.
Bugungi kungacha bo‘lgan ta’lim jarayonida biz o‘qituvchilar an’anaviy metodlar asosida
o‘quvchilarga bilim berishda tushuntirish, so‘rash, qoida yodlatish bilangina cheklanib qoldik.
O‘quvchilarimiz esa o‘ta salohiyatli, bilimli bo‘lishiga qaramay, erkin fikrlash, fikrni mustaqil
bayon etishda oqsoqliklar sezilib qoldi.
Ayniqsa, xalqaro baholash dasturlari asosida (PISA, TIMES, PIRLS, TALIS) o‘tkazilgan
tajriba testlari bizning o‘quvchilarimizning mustaqil fikrlashlarida chegara sezilib qoldi. Ta’lim
jarayonida sifatga erishishning turli yo‘llari hali ham izlanmoqda. Bugungi kunda pedagogik
texnologiyalar va turli xil metodlarni qo‘llash yaxshi samara beradi. O‘qituvchi yutuqqa erishishi
uchun ko‘plab turli metodlarni qo‘llashi emas, balki shu metodlar orqali o‘quv jarayoniga
yangilik olib kirishi va shu yangilik bilan o‘quvchilarni bilimga intiluvchanligini oshirishi zarur.
O‘quvchilarni sabr bilan tinglash xato bo‘lsada fikrini bayon eta olishiga imkon yaratishi kerak.
Bola xato qilishidan qo‘rqmasin muhimi o‘zini fikriga ega bo‘lsin, chunki hayotda o‘z o‘rnini
topishda mustaqillik muhim omil sanaladi.
Bugungi kunning maqsadi ta’lim faoliyatini demokratlashtirish, insonparvarlik tamoyillarini
rivojlantirish va shu asosda o‘quv tajriba ishlarini mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks
yangilash va yanada takomillashtirishdan iboratdir. Shu maqsadda chet el ta’lim tizimi tajribalari
o‘rganilmoqda, rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi asosida – ta’lim mazmunini yangilash
zaruratga aylandi.
Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning ilg‘or pedagogik
texnologiyalariga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi. Rivojlangan
mamlakatlarda ta’lim sohasida ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bir davrda bizda ta’lim
mazmunini yangilash uni boshqarish, yangi pedagogig texnologiyani ta’lim tizimiga tadbiq
etishda hamon kamchiliklar mavjud.
99
Do'stlaringiz bilan baham: |