Тошкент-2021 3 Апрель 2021 10-қисм Тошкент апрель 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/180
Sana23.07.2022
Hajmi3,12 Mb.
#843368
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   180
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:
1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга 
қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – 482 б. 
2. Ш.М.Мирзиёев. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги 
босқичга кўтарамиз. – Т: “Ўзбекистон”, 2018. – Б.89. 
3. Абу НасрФоробий. Фозилодамларшаҳри.–Т: Ғ.Ғуломнашриёти, 1993.–160 б. 
4. Абу Наср Форобий. Фазилат, бахт-саодат ва камолот ҳақида. – Т: Ёзувчи, 2001. – Б. 
38. 
5. Абу Райҳон Беруний. “Қадимги халқлардан қолган ёдгорликлар”. – Т: Фан, 1972. – Б. 
68. 
6. Ибн Сино. Изб. Филос. Произведения.–Москва: Наука, 1980.– 478 с. 
7. Абу РайҳонБеруний. Танланганасарлар, Т 1. - Т: Фан, 1968.– 486 б. 
8. Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг. – Т: Фан, 1971. – Б. 103. 
9. Амир Темур. Темур тузуклари.–Т:Навруз, 1996. –81 б. 
1
Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. –Тошкент: 
Ўзбекистон, 2017. – 482 б.


140
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
TARBIYA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV
Tilavova Gulnoz
Navoiy viloyati Zarafshon shahar 
8- umumta’lim maktabi tarbiya fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida tarbiya darslarida ilmiy bilimlarni 
berish bilan birga tarbiya metodlari, tarbiya qoidalari va o‘qituvchining zamonaviy yondashuvi 
yoritilgan.
Kalit so‘zlar: 
Tarbiya, tarbiya metodi, tarbiya qoidasi, ta’lim, ma’naviyat, ma’rifat. 
Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 23-avgustda xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, 
pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish 
masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Tarbiya” fanini yaratish va 
oʻqitish tashabbusi ilgari surilishi hayotiy zaruratdir. Shu maqsadda maktablardagi maʼnaviy-
tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etib, “Milliy gʻoya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, 
“Vatan tuygʻusi” kabi fanlarni birlashtirgan holda, “Tarbiya” fani joriy etildi. 
Maʼlumki, tarbiya oʻz mohiyat-eʼtibori bilan milliy, umuminsoniy va gumanistik mazmun-
ga egadir. Har bir jamiyat oʻz oldiga yetuk, har tomonlama kamol topgan, oʻzida butun ijobiy, 
olijanob fazilatlarni birlashtirgan avlodni tarbiyalashni orzu qiladi. Tarbiyali, maʼnaviyatli inson 
bugungi kun va kelajak haqida fikr yuritadi, shuningdek, kelgusi hayot va turmushning ravnaqi 
uchun oʻz hissasini qoʻshishga intiladi. Zotan, bugun xalqimizning “Milliy tiklanishdan — milliy 
yuksalish sari” buyuk maqsadiga erishuvida maʼnaviyati yuksak, barkamol insonlar zarur.
Tarbiya metodlari o‘quvchi shaxsini har tomonlama kamol toptirish maqsadi bilan belgilanadi 
va tarbiya jarayoniga taalluqli ko‘pgina tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi. Tarbiya metodlari 
ijtimoiy jamiyat tomonidan ta’lim muassasalari oldiga har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, 
mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi.
Tarbiya metodlari yunoncha («metodos»- yo‘l)-bu o‘qituvchi(tarbiyachi) va jamoa tomonidan 
g‘oyaviy va ma’naviy e’tiqodlarini, ma’naviy his-tuyg‘u va odatlarini tarkib toptirish maqsadida 
qo‘llaniladigan shaxsga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish usullari demakdir. Tarbiya metodlari 
o‘quvchi(tarbiyalanuvchilar)ning o‘z shaxsini takomillashtirish borasidagi harakatni ham tashkil 
etishni nazarda tutadi. Shu bois ta’lim tizimida tarbiya metodlari o‘qituvchi va o‘quvchilarning 
tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga qaratilgan o‘zaro bog‘langan, birgalikdagi faoliyati usuli sifatida 
qarab chiqiladi.
O‘quvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta’sirga turlicha munosabatda bo‘ladilar. Bu ularning 
individual xususiyatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga, tarbiya metodlarining qay darajada o‘rinli 
va samarali tanlangani hamda mohirona qo‘llanilganligiga bog‘liq. Tarbiya metodlarini to‘g‘ri 
tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal qilishda, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalash va faoliyatini 
rag‘batlantirishda yordam beradi. Tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan har bir o‘qituvchi 
(tarbiyachi) tarbiya metodlari va ularning mohiyatini puxta o‘zlashtirishib olish maqsadga 
muvofiqdir.
Tarbiya qoidasi - pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida 
foydalanadigan boshlang‘ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari o‘qituvchi, tarbiyachilarga 
yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan 
belgilanadi. Tarbiya qoidalari Sharq va Markaziy Osiyo faylasuf — donishmandlarining fikrlari 
va milliy pedagogika erishgan yutuqlarga asoslanadi. Tarbiya qoidalari mustaqil xarakterga ega 
bo‘lib, tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini va qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda 
bu qoidalarga rioya qilish uning samarasini oshiradi, yaxshi natijalarga olib keladi.
Tarbiyaning mazmuni, tashkil etilishi, usullari va ularga qo‘yiladigan talablar shu qoidalarda 
o‘z ifodasini topadi.
Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin: tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi, 
tarbiyaning insonparvarlik va demokratik qoidasi, tarbiyani hayot bilan, mehnat bilan bog‘liqligi 
qoidasi, tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi qoidasi, tarbiyada 
o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish qoidasi, izchillik, tizimlilik, 
tarbiyaviy ta’sirlarning birligi va uzluksizligi qoidasi va boshqalar.
Zamonaviy o‘qituvchining asosiy vazifasi — shaxsning aqliy, axloqiy, his- tuyg‘uli va 


141

Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish