Тошкент-2021 3 Апрель 2021 10-қисм Тошкент апрель 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/180
Sana23.07.2022
Hajmi3,12 Mb.
#843368
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   180
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
ishlash malakasiga ega boʻladilar, oʻzgalar fikrini hurmat qilishni oʻrganadilar. Bu esa darsning 
samaradorligini oshiradi, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. 
Adabiyotlar roʻyxati:
1. Umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standarti va oʻquv dasturi. T.1999-yil, 6-maxsus son.
2. Rahmonova Ye. R., Razzoqov D.N. “ Pedagogik texnologiyalar” fanidan oʻquv qoʻllanma. 
– Toshkent: 2007.
3. Muslimov N., Usmonboyeva B., Sayfurov D., Toʻrayev D. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. 
– Toshkent: 2015.
4. Oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma. Matematika 4 – sinf. Toshkent – 2017.
5. Oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma. Oʻqish 4 – sinf Toshkent – 2017.
6. elektron manba: www.ziyocom.uz kutubxonasi. 


129
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
YOSHLAR – BUGUNGI VA ERTANGI KUNNING HAL QILUVCHI KUCHIDIR
Raxmonov Feruz,
Navoiy viloyat Xatirchi tuman 
4-umumta’lim maktab
Tarbiya fani o‘qituvchisi
Ma’lumki, yoshlarni o‘qitish, ularga ta’lim-tarbiya berish, kelajak uchun munosib kadrlar qilib 
tarbiyalash hamma vaqt ham har bir davlatning eng birinchi navbatdagi ishlaridan biri bo‘lib 
kelgan. Xuddi shuningdek, bizning mamlakatimizda ham bunday ishlar davlatimiz rahbarlarining 
doimiy ravishda diqqat markazida turibdi, desak – ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. 
Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bevosita tashabbusi va rahbarligida 
qabul qilingan hamda izchil ravishda amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi respublikamizda 
rivojlanish taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari 
bugungi kunda hayotimizning barcha sohalarida, eng muhimi xalqimizning ong-u tafakkuri, 
intilish va harakatlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 
Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi – Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalish-
laridan biri bo‘lgan ta’lim tizimini takomillashtirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.
1
Davlatimiz rahbari har bir viloyatga tashrifi doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda, turli 
uchrashuvlarda so‘zlagan ma’ruzalari va suhbatlarida barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni 
sog‘lom turmush tarziga amal qilib yashash masalalariga kun tartibidagi dolzarb masala sifatida 
qarash zarurligini ta’kidlab kelmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Agar farzandlarimizga 
to‘g‘ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqada ularning yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo‘lib 
turmasak, ularni ilmu hunarga o‘rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib 
qo‘yishimiz hech gap emas”.
2
Mamlakatimizda ma’lumki, “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
to‘g‘risida”gi qonunlarda ham mamlakatimizda jahon andozalari talablariga javob bera oladigan 
yuksak malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash vazifalari qo‘yilgan. Jumladan kadrlar tayyorlash 
milliy dasturining maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy 
qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak 
ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini 
yaratishdan iboratdir. 
Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgan hozirgi 
davrda kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda ta’lim samaradorligini 
oshirish borasida mavjud bo‘lgan xulosalar va tavsiyalarni amalda qo‘llashga ehtiyoj tug‘ilmoqda. 
Xususan uch bosqichda amalga oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko‘zda 
tutilgan asosiy maqsadlardan yana biri bozor iqtisodiyotiga o‘tish davriga moslasha oladigan, 
raqobatdosh, faol shaxslarni, ya’ni mutaxassislarni shakllantirishdan iboratdir.
Ha, yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, biror kasb-hunarga o‘rgatish – davlat ahamiyatiga 
ega bo‘lgan muhim ish hisoblanadi. Shuning uchun bu ishga jamiyatning har bir yetuk a’zosi 
mas’uldir va qo‘lidan kelganicha, imkoniyati boricha hissa qo‘shishi zarur. 
Yuqorida bayon etilgan “Ustoz-shogird” an’analarini riojlantirish bo‘yicha yoshlarga 
berilayotgan ta’lim-tarbiya haqidagi bir soatlik tarbiyaviy dars ishlanmasidan ayon bo‘ladiki, 
o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash – mashaqqatli ish hisoblanadi. Bunda o‘qituvchining eng 
mashaqqatli ishlaridan biri shuki, u har bir o‘quvchining shaxsiy (individul) xususiyatlarini 
hisobga olgan holda mashg‘ulotlarda barcha o‘quvchilarning faolligiga erishishdan iborat. 
Bu o‘rinda o‘quvchining faolligi o‘z-o‘zidan oshmasligini, balki bu ongli munosabat natijasi 
ekanligini yoddan chiqarmaslik zarur. Modomiki, faollik onglilik natijasida vujudga kelar 
ekan, u “Ustoz-shogird” tizmidagi ta’lim
-
tarbiya ishining mazmuni, tashkil etish shakli, 
amalga oshirish metodlari va vositalarini o‘zaro muvofiqlashtirishni taqozo etadi. Bu o‘z 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. Toshkent shahri, 2017-yil 7-fevral PF - 4947.
2
Mirziyoyev Sh. Vatanimiz taqdiri va kelajagi yo‘lida yanada hamjihat bo‘lib, qat’iyat bilan harakat qilaylik. 
//”Xalq so‘zi” gaz., 2017-yil, 16-iyun.


130

Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish