9.5. Korporativ maqsad -- korporativ strategiyalarning ahamiyati
181
Korporativ maqsad - korporativ strategiyalarni baholash, korporativ
strategiyalarni moliyaviy ta‘minlashning usul va mezonlarini aniqlash korporativ
boshqaruvning moliyaviy mexanizmidan foydalanish, ko‗proq samarali moliyaviy
dastaklar va usullarni tanlash.
Kompaniyaning uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlari
Maqsadlarni qo‗yish - biznes missiyasining maxsus maqsadlar qatoriga
aylanish jarayonidir. Ayni paytda tashkilotning har bir bo‗linmasini kerakli
tomonga yo‗naltirish jarayoni ham ana shunday boshlanadi. Maqsadlar menejer
muvaffaqiyatga erishish uchun muhim deb hisoblagan har bir muhim natija uchun
zarurdir. Maxsus muhim natijalar odatda tarmoqning miqyosi va darajasini,
ishning rivojlanishi, investitsiyalarning qaytarilishini, dividendlarning o‗sishini,
bozorning o‗lchamlarini, sifatli mahsulotning yoki texnologik peshqadamlikning
obro‗sini, beqaror iqtisodiyotda ishlay olish qobiliyatini, diversifikatsiya darajasini,
moliyaviy qudratni, iste‘molchilarga xizmat ko‗rsatishni, qiymat bo‗yicha
raqobatlasha olish qobiliyatini o‗z ichiga olishi mumkin.
Mashhur kompaniyalarning maqsadlariga misol keltiramiz:
15
Federal Express: Dunyodagi eng katta va eng yaxshi transport
kompaniyasi bo‗lish;
Alcan Aluminum: Eng arzon alyuminiy ishlab chiqaruvchi korxona
bo‗lish;
General Electric: Dunyodagi eng qudratli raqobatchi bo‗lish, kompaniya
biznesining har bir sohasida bozordagi ulush bo‗yicha birinchi yoki ikkinchi
o‗rinni egallash;
Atlas Corp: Arzon oltin ishlab chiqaruvchi o‗rtacha ishlab chiqaruvchi
bo‗lish va oltin ishlab chiqarish hajmini yiliga 125,000 unsiyaga etkazib, 1,500,000
unsiyaga teng oltin zaxirasiga ega bo‗lish;
Black and Decker: yangi mahsulotlar chiqarishni va biznesni
globallashtrishni davom ettirish.
15
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.40
182
Bu erda ham uzoq muddatli, ham qisqa muddatli maqsadlar talab qilinadi.
Uzoq muddatli maqsadlar ikki xil bo‗ladi: birinchidan, ular uzoq muddatli
maqsadlarga erishish uchun bugun nima qilish kerakligini ko‗rsatadi, ikkinchidan
bunday maqsadlarning mavjudligi menejerni uzoq muddatli istiqbolni hisobga
olgan holda bugungi qarorlarni qabul qilishga undaydi.
Qisqa muddatli maqsadlar izchillik bilan eng yaqin kelajakda qaysi natijalarga
zudlik bilan erishish kerakligini ko‗rsatib beradi. Ular tashkilotga tanlab olingan
yo‗ldan borish uchun kerak bo‗lgan tezlikni ham, qilinishi kerak bo‗lgan ishlarning
talab qilingan darajasini ham (qachon va qanchalik ko‗p ish qilish kerakligini)
ko‗rsatadi.
Tashkilotning maqsad va vazifalari ochiq-oydin bo‗lishi lozim. Ba‘zi
kompaniyalarning menejerlari har bir hal qiluvchi natija uchun maqsadlar
belgilaydilar va so‗ngra erishish lozim bo‗lgan maqsadlar sari qat‘iy harakat
qiladilar. Odatda ular menejerlari umidga, iltimosga va yaxshi niyatlarga
tayanadigan kompaniyalarga qaraganda g‗oliblikka yaxshiroq nomzod bo‗ladilar.
Bu
erda
―daromadni maksimallashtirish‖
,
―harajatlarni kamaytirish‖
,
―samaradorlikni oshirish‖
,
―savdo hajmini oshirish‖
kabi iboralarni ishlatmaslik
kerak.
Strategik fikrlash uchun maqsadlar ierarxiyasini raxbarlikning barcha
tabaqalari uchun kompleks ravishda belgilab olish muhimdir. Bu barcha menejerlar
uchun vazifalarni aniqlashtirishdan tashqari, ularga erishishning realligini ham
ta‘minlaydi (bu maqsad sari jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar ham ishtirok
etadi).
"Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish" nazariyasidan kelib chiqilsa,
Aksiyadorlar daromadlarining o‗sishiga erishish asosiy korporativ strategiya va
korporativ boshqaruv samaradorligini baholash mezoni sifatida qaralmog‗i lozim,
unda korporativ boshqaruvning moliyaviy mexanizmini mazkur strategiyani
moliyaviy ta‘minlash nuqtai nazaridan ko‗rish mumkin
Korporativ
strategiyalarni
ta‘minlashning moliyaviy dastaklari va
usullarining to‗plami bir-biridan farq qiladi. CHunonchi, uzoq muddatli
183
strategiyalarni amalga oshirishda, ya‘ni moliyaviy resurslarga ehtiyoj belgilanib,
pul oqimlari rejasi tuzilganda, quyidagilarni aniqlash lozim
16
:
1)
O‗z va qarz kapitali nisbatini. Bunda korxonaning uzoq muddatli
istiqbolga mo‗ljallangan moliyaviy siyosatiga jamg‗arish fondini kengaytirish
kiritilishi va bunda asosiy urg‗u o‗z-o‗zini moliyalashtirishga berilishi kerak. O‗z-
o‗zini moliyalashtirish ushbu fondlarga yo‗naltiriladigan sof foyda ulushini
belgilash
orqali
amalga
oshiriladi.
Bundan
tashqari,
uzoq
muddatli
strategiyalarning moliyaviy ta‘minoti usullari ro‗yxatiga vaqtincha bo‗sh
mablag‗larni ularni in-flyasiyadan saqlash xamda ko‗paytirish maqsadida moliya
bozorlarida joylashtirish ham kiritilishi kerak. Buning uchun moliyaviy
vositachilar tarkibini belgilash zarur, bu tarkib vaqtincha bo‗sh mablag‗larni
joylashtirish
tavakkalchiligi
minimal
bo‗lishi uchun etarlicha diver-
sifikatsiyalanishi darkor.
2)
Agar moliyaviy resurslar manbasi sifatida investitsiya loyixasini
kreditlash qabul qilingan bo‗lsa, u holda investitsiya loyihasini amalga oshirish
uchun ochiladigan va kreditni qoplashni ko‗zda tutadigan uzoq muddatli kredit
liniyasi to‗g‗risida bitim tuzish lozim.
3)
Kreditni qoplash tamoyillari korxonaning moliyaviy ahvolini, pul
mablag‗larining joriy va istiqboldagi qiymatini, kreditni qoplash shartlarini qayta
qurib chiqish imkoniyati hisobga olinishi kerak.
4)
Agar moliyalashtirishni Aksiya va obligatsiyalarni qimmatli qog‗ozlar
bozorida joylashtirish hisobiga amalga oshirish ko‗zda tutilayotgan bo‗lsa, u holda
investorlar doirasini va Korporatsiya obrusini oshirish uchun reklama kampaniyasi
byudjetining eng yuqori darajasini aniqlash talab etiladi.
5)
Aksiyadorlik jamiyatlari uchun strategiyalar moliyaviy tusga ega
bo‗lishi va Aksiyalar kurs qiymatining oshishida ifodalanishi mumkin. Bu holda
moliyaviy dastaklar qatoriga foyda va dividendlar kiritiladi, dividendlar hamda sof
foyda miqdorlarining o‗sishini ta‘minlashning moliyaviy usullari esa chiqimlarni
16
М.Б.Хамидуллин Концепция построения национальной модели корпоративного управления. Рқнок,
деньги и кредит. № 5 сон. 2007й
184
kamaytirish va ishlab chiqarish rentabelligini oshirish bo‗yicha tadbirlardir.
Strategik fikrlash uchun maqsadlar ierarxiyasini raxbarlikning barcha tabaqalari
uchun kompleks ravishda belgilab olish muximdir. Bu barcha menejerlar uchun
vazifalarni aniqlashtirishdan tashqari, ularga erishishning realligini ham
ta‘minlaydi (bu maqsadda jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar xam ishtirok
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |