O‟rmonov N. T., Ismailov A. R


 Korporativ maslaxatchi: majburiyatlari va javobgarligi



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/128
Sana23.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#842538
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   128
Bog'liq
2 5296593140176656007

7.5. Korporativ maslaxatchi: majburiyatlari va javobgarligi. 
Aksiyadorlik 
jamiyatining 
korporativ 
maslahatchisi 
«Aksiyadorlik 
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‗g‗risida»gi 
O‗zbekiston Respublikasi Qonuni (keyingi o‗rinlarda Qonuni, Korporativ 
boshqaruv kodeksi tavsiyalari va Jamiyatning boshqa normativ hujjatlariga 
muvofiq faoliyatini amalga oshiradi. 
Jamiyat faoliyatida korporativ qonunchilik talablarining amal qilinishini 
ta‘minlash, Jamiyat kuzatuv kengashining ish samaradorligini qo‗llab-quvvatlash, 
Jamiyatning aksiyadorlar bilan o‗zaro hamkorligi samaradorligini ta‘minlash va 
Jamiyatning aksiyadorlar huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan 
harakatlarini muvofiqlashtirib boradi. 
Jamiyat korporativ maslahatchisining vazifialari, huquqlari, majburiyatlari va 
javobgarligini, shuningdek, uning faoliyati va Jamiyatning boshqaruv va nazorat 
organlari hamda aksiyadorlar bilan o‗zaro hamkorlik tartibini me‘yoriy xujjatlarda 
belgilab berilgan. 
Korporativ maslahatchiga qo‗yiladigan malaka talablari: 
1. Korporativ maslahatchi unga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishda bilim, 
tajriba va malakaga, benuqson obro‗ga ega bo‗lishi va aksiyadorlar ishonchini 
qozonishi lozim. 


149 
2. Oliy yuridik ѐki iqtisodiy ma‘lumot mavjud bo‗lishi, shu jumladan horijiy 
davlat oliy ta‘lim muassasalarida olingan va qonunchilikka muvofiq O‗zbekiston 
Respublikasida oliy ma‘lumotga ekvivalentligi tan olingan oliy yuridik ѐki 
iqtisodiy ma‘lumot, shuningdek korporativ boshqaruv ѐki qimmatli qog‗ozlar 
bozori sohasida ѐki bu sohada ta‘lim berish bo‗yicha oxirgi 10 yil ichida 2 yillik 
amaliy ish staji mavjud bo‗lishi; 
3. Oliy iqtisodiy bo‗lmagan ma‘lumot mavjud bo‗lishi, shu jumladan horijiy 
davlat oliy ta‘lim muassasalarida olingan va qonunchilikka muvofiq O‗zbekiston 
Respublikasida oliy ma‘lumotga ekvivalentligi tan olingan oliy iqtisodiy 
bo‗lmagan ma‘lumot, shuningdek aksiyadorlik jamiyatida korporativ maslahatchi, 
korporativ munosabatlarni qo‗llab-quvvatlash vakolatiga ega aksiyadorlik 
jamiyatining tarkibiy bo‗linmasi xodimi, qimmatli qog‗ozlar bozori professional 
ishtirokchilari, fond birjasi ѐki Markaziy depozitariyda qimmatli qog‗ozlar 
bo‗yicha mutaxassis sifatida oxirgi 10 yil ichida 5 (besh) yildan kam bo‗lmagan ish 
staji mavjud bo‗lishi; 
4. 
o‗quv markazlarida maxsus tayѐrlov kurslarini o‗tish; 
5. 
korporativ boshqaruv ilmiy-ta‘lim Markazi tomonidan beriladigan 
korporativ boshqaruvchi malaka guvohnomasi mavjudligi; 
6. 
Manfaatlar qarama-qarshiligi va Korporativ maslahatchi tomonidan 
o‗z vazifalarini lozim darajada bajarmaslikni oldini olish maqsadida quyidagi 
shaxslar Jamiyatning korporativ maslahatchisi bo‗la olmaydilar: 
7. 
Jamiyatning affillangan shaxslari; 
8. 
Jamiyatning ijroiya organi rahbari va a‘zolarining yaqin qarindoshlari. 
Korporativ maslahatchi vakolatlarining belgilanishi va tugatilishi 
-
Jamiyat ustaviga asosan kuzatuv kengashi tomonidan Jamiyatda 
Korporativ maslahatchi lavozimi joriy etiladi. 
-
Kuzatuv kengashi Jamiyat korporativ maslahatchisi lavozimiga 
nomzodlarni ko‗rib chiqadi va tasdiqlaydi. 
Korporativ maslahatchi lavozimiga nomzod quyidagi axborotni oshkor etishi 
shart: 


150 
- Jamiyat aksiyalariga egalik qilish; 
- Jamiyat bilan raqobatdosh boshqa aksiyadorlik jamiyatlarida ishlashi; 
- Jamiyatning affillangan shaxslari bilan munosabati; 
- Korporativ maslahatchi vazifasini bajarishga ta‘sir etuvchi boshqa 
axborotlar. 
Korporativ 
maslahatchi 
Jamiyatning 
Kuzatuv 
kengashi 
tomonidan 
tayinlanadi. 
Korporativ 
maslahatchini 
tayinlash 
to‗g‗risidagi Jamiyat Kuzatuv 
kengashining qarori majlisda ishtirok etgan kuzatuv kengashi a‘zolari tomonidan 
ko‗pchilik ovoz bilan ѐki Kuzatuv kengashining majlisi sirtdan o‗tkazilganda 
Kuzatuv kengashining barcha a‘zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. 
Korporativ maslahatchi kuzatuv kengashi tomonidan 1 yil muddatga 
tayinlanadi. 
SHartnoma Jamiyat nomidan Jamiyatning Kuzatuv kengashi raisi tomonidan 
imzolanadi 
Korporativ maslahatchi Jamiyatning kuzatuv kengashiga bevosita bo‗ysunadi 
va hisobot beradi. 
Korporativ maslahatchi lavozimining muddatidan oldin tugatilishi Jamiyat 
Kuzatuv kengashining qarori bilan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. 
Jamiyatning korporativ maslahatchisi vazifalari quyidagilardan iborat: 
- Aksiyadorlar umumiy yig‗ilishini tashkillashtirish va o‗tkazilishida ishtirok 
etish; 
- Jamiyatning Kuzatuv kengashi va qo‗mitalarining faoliyatini ta‘minlash; 
- boshqaruv organlari tomonidan korporativ qonun hujjatlariga rioya etish 
ustidan nazorat qilish; 
- Jamiyat kuzatuv kengashini korporativ qonun hujjatlari talablari 
buzilishining aniqlangan holatlari, shuningdek Korporativ maslahatchi ijrosi 
bo‗yicha ma‘ul bo‗lgan Jamiyat ichki hujjatlarining holati to‗g‗risida tezkor xabar 
berish, 


151 
- Qonun hujjatlari va Jamiyat ichki hujjatlarida belgilangan aksiyadorlar 
huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishni ta‘minlovchi tartibni amalga 
oshirilishini ta‘minlash va ularning rioya etilishini nazorat qilish; 
- Jamiyatning axborot siѐsatini amalga oshirishda ishtirok etish va axborotni 
oshkor etish bo‗yicha qonun hujjatlari rioya etilishi ustidan nazorat qilish; 
- to‗qnashuvni tartibga solish; 
- Korporativ maslahatchining vakolatlari doirasida Jamiyat va qimmatli 
qog‗ozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi, savdo tashkilotchilari, 
qimmatli qog‗ozlar Markaziy depozitariysi, qimmatli qog‗ozlar bozori professional 
ishtirokchilari o‗rtasida o‗zaro hamkorlikni ta‘minlash; 
- Jamiyatning korporativ boshqaruv tizimi va amaliѐtini rivojlantirishda 
ishtirok etish; 
-
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini rioya etilishi ustidan 
nazorat qilish; 
- Jamiyatning korporativ hujjatlari saqlanishini ta‘minlash. 
- Qonunchilik talablari, Jamiyat Ustavi va boshqa ichki hujjatlariga muvofiq, 
korporativ maslahatchi Jamiyatning Kuzatuv kengashi qarori asosida aksiyadorlar 
umumiy yig‗ilishiga tayѐrgarlik ko‗rilishi va o‗tkazilishi ustidan nazorat qiladi. 
- Aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishiga tayѐrgarlik ko‗rish va o‗tkazish 
davomida korporativ maslahatchi: 
- Jamiyat Kuzatuv kengashining barcha a‘zolari, ijroiya organi rahbari va 
a‘zolari, taftish komissiyasi raisi va a‘zolari va tashqi auditrini aksiyadorlarning 
umumiy yig‗ilishini o‗tkazish to‗g‗risida xabardor qiladi; 
- Aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‗lgan 
shaxslar ro‗yxatini tayѐrlashni nazorat qiladi; 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish