O‟rmonov N. T., Ismailov A. R



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/128
Sana23.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#842538
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128
Bog'liq
2 5296593140176656007

Adolatlilik —
boshqaruv qoidalari adolatli bo‗lib, halol raqobatchilik 
sharoitida kompaniyaga muvaffaqiyatli harakat qilishga imkoniyat berishi va shu 
bilan birga barcha qatnashchilarning, shu jumladan minoritar aksiyadorlarning ham 
huquqlarini ta‘minlash lozim. 
Ravshanlilik — 
kompaniyaga aloqador barcha muhim axborotlarning, shu 
jumladan mulkchilik shakli, moliyaviy holati, faoliyat natijalarini o‗z vaqtida va 
aniq oshkora qilinishini kerak. 
Hissadorlik — 
barcha boshqaruv organlarining vazifalari va vakolatlarini 
aniq ajratib berishni, Ijroiya organining Kuzatuv kengashi va aksiyadorlarga hisob 
berish majburiyatini yuklaydi. 
Javobgarlik — 
aksiyadorlar va boshqa manfaatdor shaxslar oldida 
ma‘muriyatning va kompaniya faoliyatiga bog‗liq qarorlarni qabul qiluvchi 
shaxslarning javobgarligidir. 


37 
Aksiyadorlik 
jamiyatlarida 
korporativ 
boshqaruvning 
samarali 
mexanizmlarini joriy qilish va takomillashtirib borish masalalarini ilgari suradi. 
Qolaversa, jahon hamjamiyati tomonidan iqtisodiy rivojlanishning omili sifatida 
XIX asrda tadbirkorlik, XX asrda – menejment e‘tirof etilgan bo‗lsa, XXI asrda 
mamlakat iqtisodiy rivojlanishini aynan korporativ boshqaruv belgilab berishi tan 
olingan. Bugungi kunda mamlakatimizda korporativ boshqaruv tizimini tubdan 
takomillashtirish va shu asosda xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish masalalari 
iqtisodiy islohotlarning muhim ustuvor yo‗nalishlaridan biri sifatida belgilangan.
Korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish jarayoniga ta‘sir etuvchi 
omillar ichida millat mentaliteti muhim ahamiyatga egadir. Millat mentalitetini 
tashkil etuvchi elementlar (bilim salohiyati, ilmiy tafakkur, maqsad salohiyati, 
ijtimoiy muhit, qadriyatlar, an‘analar, madaniyat, siyosiy muhit, iqtisodiy 
psixologiya, huquqiy ong va h.k.) iqtisodiy tizim va uni boshqarishga bevosita 
bog‗liq omillar majmui hisoblanadi. Millat mentaliteti millatning shakllanish tarixi, 
uning qadriyatlari va bilim salohiyati kabilar asosida vujudga keladi. Bunda millat 
mavjud bo‗lgan jamiyatning shakllanish va rivojlanish tarixi ham muhimdir. 
Korporativ boshqaruvni uning xususiyatlari boshqaruv ob‘ekti sifatida 
korporatsiyaning o‗ziga xosliklari bilan izohlanadigan alohida bir turga ajratib, 
aksiyadorlar 
manfaatlarining 
ustuvorligi 
hamda 
ularning 
korporatsiyani 
rivojlantirish va boshqarishdagi roliga asoslangan, aksiyadorlarning o‗zaro aloqa 
qilishini ko‗zda tutadigan (korporativ kommunikatsiyalar) mulkchilik huquqining 
amalga oshirilishini hisobga oladigan, butun korporatsiyani rivojlantirish 
strategiyasiga asoslangan va nihoyat, korporativ madaniyatni, ya‘ni xulq - atvor 
tamoyillari, umumiy an‘analar kompleksini vujudga keltiradigan boshqaruv 
sifatida tavsiflash mumkin. 
―Korporativ boshqaruv‖ tushunchasiga yagona ta‘rif mavjud emas. Jahon 
bankining ta‘rifiga ko‗ra korporativ boshqaruv – qonunchilik, me‘yorlar va hususiy 
sektorning mos ravishdagi amaliyotining shunday birikmasi tushuniladikki, ular 
kompaniyaga moliyaviy va inson resurslarini jalb qilish, samarali faoliyatni olib 
borishga imkoniyat beradi va oqibatda aksiyadorlar, boshqa manfaatdor shaxslar 


38 
va jamiyatning manfaatlariga rioya qilingan holda o‗z aksiyadorlari uchun uzoq 
muddatli iqtisodiy qiymatni ko‗paytirish orqali o‗zining mavjudligini saqlab 
qolishni ta‘minlaydi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korporativ boshqaruv 
tamoyillarida ―korporativ boshqaruv‖ tushunchasiga kompaniya ma‘muriyati, 
uning boshqaruvi, aksiyadorlari va boshqa manfaatdor shaxslari orasidagi 
munosabatlar majmuasi deb
 
ta‘rif berilgan.
Boshqa ta‘riflarga binoan, korporativ boshqaruv bu: 
- kompaniya faoliyati samaradorligini ta‘minlash va mulkdorlar, hamda 
boshqa manfaatdor shaxslar (kompaniya xodimlari, kreditorlar, hamkor 
korxonalar) manfaatlarini himoya qilish masalalari bo‗yicha kompaniya 
menejerlari va egalari (aksiyadorlari) o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar tizimi; 
- korporativ mulkning egalari nazoratidan bevosita uzoqlashtirilishi 
oqibatida yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga qaratilgan barcha qonunlar, 
me‘yorlar, nizomlar, tadbirlar va tartiblar; 
- kompaniyani samarali boshqarishni tashkil qilishda asosiy manfaatdor 
shaxslarning manfaatlarini birlashtirishni amalga oshiriluvchi tashkiliy, huquqiy va 
iqtisodiy tadbirlar majmuasi. 
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining ―Korporativ boshqaruv 
tamoyillari‖ IHTT Kengashining 1999 yil 26-27 maydagi yig‗ilishida birinchi 
marta qabul qilingan bo‗lib, u korporativ boshqaruvning xalqaro standartlari 
sohasida asosiy hujjat hisoblanadi. SHundan so‗ng IHTT korporativ boshqaruv 
tamoyillari o‗ziga xos mezonlari o‗lchovi bo‗lib qoldi. Ularni standart sifatida 
moliyaviy barqarorlik bo‗yicha Forum, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar 
o‗z faoliyatilarida hamkorlik qilayotgan muayyan mamlakatlarda korporativ 
boshqaruvni yaxshilash maqsadida qo‗llashni boshladi.
Keyinchalik 2004 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda
30 mamlakat hukumatlari tomonidan yangi, qayta ko‗rib chiqilgan ―korporativ 
boshqaruv tamoyillari‖ tasdiqlandi. 2015 yilda esa ushbu tamoyillar yana ko‗rib 
chiqilib, yangi tahrirda nafaqat IHTTga ya‘zo davlatlari tomonidan balki G20 


39 
(katta yigirmatalik) davlatlari tomonidan ham tasdiqlandi. Hozirgi paytda ushbu 
tamoyillar ―G20/IHTTning korporativ boshqaruv tamoyillari‖ deb nomlangan 
bo‗lib, u IHTT va G20 ning nafaqat a‘zo davlatlar, shuningdek fond birjalari, 
investorlar, kompaniyalar va korporativ boshqaruvni takomillashtirishda muhim 
ahamiyat kasb etadigan boshqa shaxslarga ham mo‗ldallangan. G20/IHTTning 
korporativ boshqaruv tamoyillari majburiy emas, balki tavsiyaviy xarakterga ega 
bo‗lib, hukumatlar tomonidan amaldagi milliy qonunchilikni baholash va 
takomillashtirish uchun shuningdek korporatsiyalar tomonidan korporativ 
boshqaruv tizimini yaratish va korporativ boshqaruv sohasida ―ilg‗or tajriba‖ni 
ishlab chiqish uchun qo‗llanishi mumkin. 
G20/IHTTning korporativ boshqaruv tamoyillari quyidagilardan iborat. 
1.
Samarali korporativ boshqaruv tizimi uchun asosni ta‘minlash. 
2.
Aksiyadorlarning huquqlari, ular bilan teng huquqli munosabatda bo‗lish 
hamda mulkchilikning asosiy funksiyalari 
3.
Institutsional invenstorlar, fond bozorlari va boshqa vositachilar 
4.
Manfaatdor shaxslarning korporativ boshqaruvdagi roli
5.
Axborot oshkoraligi va shaffoflik 
6.
Kengashning majburiyatlari 
Samarali korporativ boshqaruv tizimi uchun asosni ta‘minlash tamoyili – bu 
korporativ boshqaruv tizimi shaffof va halol bozorlar faoliyatini hamda samarali 
resurslar taqsimotini rag‗batlantirish lozim. U qonun normalariga muvofiq bo‗lishi 
hamda samarali nazorat va huquqni qo‗llash amaliyotini kuchaytirish lozim. 
Aksiyadorlarning huquqlari, ular bilan teng huquqli munosabatda bo‗lish 
hamda mulkchilikning asosiy funksiyalari tamoyili – bu korporativ boshqaruv 
tizimi aksiyadorlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishi va ruyobga 
chiqarilishini engillashtirishi hamda barcha, shu jumladan minoritar va xorijiy 
aksiyadorlar bilan teng huquqli munosabatda bo‗lishini ta‘minlash lozim. Barcha 
aksiyadorlar o‗z buzilgan huquqlari uchun samarali tarzda zararni qoplash 
imkoniyatiga ega bo‗lishlari lozim. 


40 
Institutsional invenstorlar, fond bozorlari va boshqa vositachilar tamoyili – 
bu korporativ boshqaruv tizimi butun investitsiyalar zanjiri bo‗ylab asosli 
rag‗batlantiruvchi vositalarni ta‘minlash hamda fond bozorlarining yaxshi 
korporativ boshqaruvga hissa qo‗shgan holda faoliyat yuritishini ta‘minlashi lozim. 
Manfaatdor shaxslarning korporativ boshqaruvdagi roli tamoyili – bu 
korporativ boshqaruv tizimi manffatdor shaxslarning qonun bilan yoki o‗zaro 
kelishuv asosida o‗rnatilgan huquqlarini tan olishi hamda moddiy boyliklar, ish 
o‗rinlarini yaratish va moliyaviy sog‗lom korxonalarning barqaror rivojlanishini 
ta‘minlash yo‗lida korporatsiyalar va manfaatdor shaxslar o‗rtasidagi faol 
hamkorlikni rag‗batlantirish lozim. 
Axborot oshkoraligi va shaffofligi tamoyili – bu korporativ boshqaruv tizimi 
korporatsiyaga oid barcha muhim masalalar, shu jumladan kompaniyaning 
moliyaviy holati, faoliyat natijalari, mulkchilik va boshqaruvi to‗g‗risidagi 
axborotni o‗z vaqtida va aniq oshkor etilishini ta‘minlash lozim. 
Kengashning majburiyatlari tamoyili – bu korporativ boshqaruv tizimi 
kengash tomonidan kompaniyani strategik boshqaruvini, rahbariyat ustidan 
samarali monitoringni olib borishni hamda kengashning kompaniya va 
aksiyadorlarga hisobdorligini ta‘minlash lozim. 
Korporativ boshqaruv asosiy tip bo‗lib ajralib turadi, boshqarish ob‘ekti 
sifatida u o‗z hususiyatlariga ega hisoblanib, boshqaruv aksiyadorlarning 
foydasini ko‗zlagan holda amalga oshiriladi va korporatsiyalarning rivojlanishini
ta‘minlash, aksiyadorlarning huquqlarini hisobga olish, korporatsiya strategiyasiga 
asoslangan holda aksiyadorlarning o‗zaro munosabatlarini rivojlantirishga 
qaratilgan bo‗ladi. Bunday boshqaruv natijasida korporativ madaniyati vujudga 
keladi va tartib qoidalarning tamoyillari, urf-odatlari va ularni olib borish tartiblar 
kompleksi shakllanadi. 
Korporativ 
boshqaruvning 
maqsadi

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish