O‟rmonov N. T., Ismailov A. R


 Korporativ boshqaruv: prinsiplar, va amaliyot fanining predmeti va



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/128
Sana23.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#842538
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   128
Bog'liq
2 5296593140176656007

 
1.3. Korporativ boshqaruv: prinsiplar, va amaliyot fanining predmeti va 
maqsadi 
O‗zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‗lga kiritgach, iqtisodiy o‗sishning 
yuqori sur‘atlarini hamda jamiyatning barqaror rivojlanishini ta‘minlay oladigan 
ko‗p ukladli iqtisodiyot va raqobat muhitini shakllantirishning huquqiy va tashkiliy 
asoslarini yaratish ustuvor vazifa etib belgilandi. O‗tish iqtisodiyoti mamlakatlarini 
isloh qilish tajribasi shuni tasdiqlamoqdaki, ma‘muriy - rejali iqtisodiyotdan 
xo‗jalik yuritishning bozor modeliga uyg‗un o‗tishning muhim vositasi 
xususiylashtirish va aksonerlashtirish bo‗lib, bu xaqiqiy mulkdorlar sinfining 
shakllanishiga va xususiylashtirilgan mulkni korporativ boshqarishning samarali 
usullarini joriy etishga ko‗maklashadi. O‗zbekistonning korxonalarida korporativ 
menejmentni shakllantirish uchun shart - sharoitlar 1997 - 1998 yillarda boshlandi 
va muayyan rasmiy -tashkiliy asoslar mustaqillikning ilk yillaridayoq sobiq davlat 
korxonalarining o‗zgartirilishi davomida yuzaga keldi.
Korporativ boshqaruvning kelib chiqishi va rivojlanishi bir nechta 


33 
bosqichga bo‗lish mumkin:
1. XVII asrda Ost - Ind (East India Kompaniya) kompaniyasi 24 a‘zodan 
iborat bo‗lgan direktorlar kengashini tashkil qildi. Birinchi marta mulkchilik va 
boshqaruv vazifalari bo‗lib olindi; 
2. 1776 yili Adam Smit o‗zining ―Halqlarning boyligining sabablari va 
tabiatlari xaqidagi tadqiqotlari‖ asarida takidlaydiki: ―Tashlab qo‗yilgan mulklar 
boshqaruv uchun muammolarni keltirib chiqaradi‖, ya‘ni boshqaruv va 
menejerlarni nazorat qilish uchun salbiy mexanizm hisoblanadi;
3. 1844 yilda birinchi marta aksionerlik jamiyatlari haqida qonun qabul 
qilindi. 
Qonunchilikka 
mulkchilikning 
yangi 
javobgarligi 
shaklidagi 
majburiyatlari joriy etildi; 
4. 1931 yilda A. Berli va G. Minzlar «Zamanoviy Korporatsiya va xususiy 
mulkdor» nomli maqolasini nashrdan chiqardi (AQSH). Unda birinchi marta 
mulkchilik vazifalarini nazorat vazifalaridan to‗la to‗kis farqi ajratib berildi; 
5. 1933-1934 yillarda AQSHda qimmatbaho qog‗ozlar haqida qonun qabul 
qilindi, 1933yilda qabul qilingan ushbu qonun fond bozorini tartibga soldi. Ushbu 
bosqichda ―Qimmatbaho qog‗ozlar va birjalar to‗g‗risida‖gi (1934 y.) aktga 
asosan axborotlarning ochiq berilishi imkoni mavjud bo‗ldi va ushbu yili 
qonunlarni bir tartibda nazorat qiladigan, qimmatbaho qog‗ozlar bozorini va 
birjalar faoliyati bo‗yicha komissiya tuzildi;
6. 1968 yilda evropa ittifoqi «Kompaniyalar to‗g‗risida» qonun qabul qildi; 
7. 1990 - yillarning boshida – tadbirkorlik imperatsiyasi inqirozga uchradi. 
Buyuk Britaniyada kelishmovchiliklar yuzaga keldi: bir qator kompaniyalar (Polly 
Peck, BCCI, Maxwell), Aksiyadorlarni aldash bilan shug‗ullanganliklari 
korporativ boshqaruvning amaliyotda investorlarni himoyalashni takomillashtirish 
kerakligini ko‗rsatdi; 
8. 1992 yil. Kedberi qo‗mitasi birinchi marta korporativ boshqaruvning 
moliyaviy jihatlari bo‗yicha kodeksni nashr etdi. (Buyuk Britaniya). 1993 yildan 
boshlab Buyuk Britaniya fond birjasidagi listingga kirgan kompaniyalar kodeks 
qanday bajarilayotganligi haqida hisobot bera boshladi;


34 
9. 1992 – 2003 yillarda korporativ boshqaruv bo‗yicha qator ma‘ruzalar 
qabul qilindi, shundan asosiylari: 
1) Angliyada Rutmanning moliyaviy hisobot va ichki nazorat haqidagi 
ma‘ruzasi; 
2) Korporatsiyalar ishtirokchilarining har tomonlama hisobi haqidagi 
Kinganing ma‘ruzasi; 
3) Angliyalik Grinberining yuqori mansab shaxslarini rag‗batlantirish 
to‗g‗risidagi ma‘ruzasi; 
4) Angliyalik Xempelaning korporativ boshqaruv to‗g‗risidagi ma‘ruzasi; 
5) Fransiyalik Venoning korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillari 
haqidagi ma‘ruzasi;
6) Niderlandiyalik Pitersning korporativ boshqaruvning umum qabul 
qilingan andozalariga rioya qilmaslik va javobgarlik haqidagi ma‘ruzasi;
7) AQSHda Sarbeyns - Okslining moliyaviy ekspertlarning auditi bo‗yicha 
qo‗mita tarkibini aniqlash bo‗yicha qonuni;
8) Angliyalik Xiggsning ish faoliyatini bajara olmayotgan direktorlar 
haqidagi ma‘ruzasi. 
O‗zbekistonda ham mahalliy korporativ boshqaruvni shakllantirishning bir 
nechta bosqichlari mavjud:
- 1980 – 1985 - yilgacha mavjud bo‗lgan administrativ - buyruqbozlik 
usullari ya‘ni davlatning markazlashgan tarzda iqtisodiyotni boshqarishi 
makroiqtisodiy halotining rivojlanishiga to‗siq bo‗ldi.
- 1987 - 1991 yillari markazlashgan monopollashgan iqtisodiyot tugatildi va 
korporativ boshqaruvga asos solindi. Korxonalarni boshqarish ishchilarning 
qatnashuvi orqali mehnat jamoasining maslahati orqali amalga oshirish yo‗lga 
qo‗yildi. O‗zbekistonda banklarning moliyaviy kapitallari va iqtisodiyotning 
sug‗urta sektori rivojlanishiga yo‗l ochildi.
- 1991 - 1994 yilarda – xususiylashtirish jarayoni boshlanib, birlamchi 
mulkni taqsimlash amalga oshirildi. Birinchi hissadorlik jamiyatlari shakllandi, 
lekin hissadorlarning huquqlari aniq ko‗rsatib berilmadi. 


35 
- 1994 - 1998 yillardagi korxonalarni xususiylashtirish davri. Hissadorlik 
jamiyatlari to‗g‗risida qonun, qimmatli qog‗ozlar to‗g‗risidagi, Fuqoralik kodeksi, 
xususiylashtirish to‗g‗risidagi qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasi 
shakllandi, birlamchi investitsion fondlar, depozitarilar, registratorlar, auditorlik, 
konsalting firmalari shakllanishi bilan bir qatorda yirik xorijiy kompaniyalar, 
ularning filiallari, vakolatxonalari, qo‗shma korxonalar tashkil etila boshlandi.
- 1998 - 2001 yillar defolt, moliyaviy resurslarning etishmasligi, 
kapitalning O‗zbekistondan chiqib ketishi, korporativ qimmatli qog‗ozlar 
bozorining rivojlanmaganligi kabi holatlar yuzasidan kelajakdagi mulklarni va 
kapitallarning taqsimlanishi jarayoni asosida ko‗rib chiqila boo‗landi. Bularning 
barchasi hissadorlarning o‗z huquqini anglab etishi asosida amalga oshirildi. Aniq 
Korporatsiyalar misolida korporativ boshqaruv amalga oshirilib, ularning 
hammasi davlatning bazaviy hujjatlari asosida ya‘ni korporativ kodeks, 
hissadorlik to‗g‗risidagi, qimmatli qog‗ozlar to‗g‗risidagi qonunlar bo‗yicha, 
shuningdek, jahon amaliyotida sinalgan me‘yor va usullarining aprobatsiyasidan 
keyin keng qo‗llanila boshlandi. 
. 2002 yildan hozirgi vaqtgacha korporativ tartib to‗g‗risidagi kodeksi, korporativ 
boshqaruv bo‗yicha milliy kengash, ushbu kodekslarning yirik korporatsiya va 
kompaniyalar tomonidan joriy etilishi ta‘minlanmoqda.
Korporativ kodeks 
aksiyadorlik jamiyatlarining
ichki hujjatlarini yuritish tartiblarini belgilab berish 
bilan bir qatorda aksioner jamiyatlarida boshqarish organlarining ham 
vakalotlariga aniqliq kiritib beradi.
3
O‗zbekiston Respublikasi korxonalari faoliyatida korporativ boshqaruv 
usullarining institutsional qaror topishi jarayoni quyidagi omillar bilan izoxlanadi: 
―Korporativ boshqaruv‖ atamasining o‗zi tarixan 1970 yillarning o‗rtalarida 
AQSHda yuzaga kelgan. Keyinchalik, ushbu atama Evropada keng tarqalib, unda 
korporativ menejment, korporativ huquq va kkorporativ tuzilmalarni yaratish 
sohalarida tadqiqotlar o‗tkazilishi davom ettirilgan. Tadqiqotlar natijasida shu aniq 
bo‗ldiki, ―korporativ boshqaruv‖ atamasi birinchi marta R.Ills tomonidan 
3
Корпоратив бошкарув Б.Ю.Ходиев, 


36 
―korporativ tizimning strukturasi va faoliyati‖ mohiyatini ochib berish uchun 
qo‗llanilgan. 
Korporativ boshqaruv alohida fan sifatida 1980 yillarda yuzaga kelgan. 
―Korporativ boshqaruv‖ nomli birinchi kitob 1984 yilda chop etilgan. 1993 yildan 
boshlab ―Corprate Governance: An International Review‖ deb nomlangan nazariy 
jurnal chiqa boshlagan. Unga muvofiq, kompaniyalarni tashkil etish, boshqarish va 
samarali o‗zaro faoliyat yuritish asosida yotgan huquqiy konsepsiyalar va 
tartibotlarning umumiy nomlanishi ―korporativ boshqaruv‖ nomini olgan. 
Korporativ boshqaruv prinsiplar va amaliyoti tushunchalarining mazmun va 
mohiyati bu prinsip (lotincha so‗z bo‗lib, principum- asos, negiz, ibtido) degan 
ma‘noni bildirib, korporativ boshqaruvning asosiy qonun-qoidasi, faoliyat uchun 
aos qilib olinadigan bosh g‗oya, bosh qoidalardan iborat bo‗ladi. Korporativ 
boshqaruv tizimida ba‘zi adabiyotlarda ―prinsip‖ tushunchasi tamoyil tushnchasini 
bildirib, shu sohada tartib, qoida tusini olgan tadrijiy yo‗nalishni belgilab 
beradigan asosiy qoidalardan iborat deb yuritiladi. 
Korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillariga quyidagilarni kiritishimiz 
mumkin:
 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish