6-topshiriq:
1.
Alohida kapital manbalarini jalb qilish qiymati hisob-kitobi.
2.
Aksiyalar chiqarish orqali moliyalash qiymatini hisob-kitob qilish
qiyinchiliklari.
3.
Shaxsiy va qarz mablag‘lari maqsadli nisbati.
4.
O‘rtacha chamalab ko‘rilgan kapital qiymati va uning diskont stavkasi
sifatidagi roli.
5.
WACC va CAPM usullari asosida kapital qiymatini aniqlash nazariyasi va
amaliyotini solishtirish.
6.
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish manbalarini sanab oʻting.
7.
Qarz mablagʻlarini jalb qilish prinsiplarini izohlab bering.
8.
Qarz mablagʻlaridan foydalanishning afzalliklarini tavsiflab bera
olasizmi?
9.
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning umumiy kamchiliklari
sifatida qaysi jihatlarni keltirish mumkin?
10.
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning asosiy shakllarini sanab
oʻting.
11.
Yuridik shaxslarning kredit olish imkoniyatiga qanday ta’sir etuvchi
omillar mavjud?
12.
Aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kreditlarning ahamiyati va jalb
qilish tartibini bilasizmi?
13.
Kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirishda qarz mablagʻlarining oʻrnini
izohlang.
14.
Qarz mablagʻlaridan foydalangan holda birlashish va ajralib chiqish
boʻyicha bitimlarni moliyalashtirish amaliyoti haqida nimalarni bilasiz?
15.
Kredit olish jarayonini koʻz oldingizga keltira olasizmi?
16.
Qarz
mablagʻlari
hisobiga
moliyalashtirishda
korporativ
obligatsiyalarning oʻrni haqida toʻxtaling.
17.
Emissiya risolasi va unda aks etadigan ma’lumotlar haqida fikr bildiring.
18.
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishda lizingdan foydalanish
tartibi haqida ma’lumot bering.
Testlar
1. Uzoq muddatli moliyaviy majburiyatlar bu?
a) korxonalarda amal qiluvchi foydalanish muddati bir yildan ortiq boʻlgan
qarz kapitalining barcha shakllari;
b) korxonalarda amal qiluvchi foydalanish muddati ikki oydan ortiq boʻlgan
qarz kapitalining barcha shakllari;
s) bunday tushuncha mavjud emas;
d) korxonalarda amal qiluvchi foydalanish muddati besh oydan ortiq boʻlgan
qarz kapitalining barcha shakllari.
2. Qisqa muddatli qarz kapitali bu?
a) Foydalanish muddati bir yilgacha boʻlgan jalb qilingan qarz kapitalining
260
barcha shakllari;
b) Foydalanish muddati uch yilgacha boʻlgan jalb qilingan qarz kapitalining
barcha shakllari;
s) Qarz kapitali qisqa muddatli xarakterga ega emas;
d) Foydalanish muddati besh yilgacha boʻlgan jalb qilingan qarz
kapitalining barcha shakllari.
3. Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish prinsiplari qaysi javobda
toʻgʻri koʻrsatilgan?
a) qaytarishlik, ta’minlanganlik, toʻlovlilik, muddatlilik;
b) qaytarishlik, ishonchlilik, qoniqarlilik;
s) axborot ochiqligi, maxfiylik, adolatlilik;
d) yigʻiluvchanlik, undiruvchanlik, maqsadlilik.
4. Kredit soʻzining ma’nosi?
a) ishonaman;
b) vaqtinchalik;
s) qaytaraman;
d) foydalanasan.
5. Kreditorlar tomonidan qarz oluvchilardan talab qilinadigan shartlarga
javob beruvchi va qarz munosabatlari asosida pul mablagʻlarini olishga talabgor
yuridik va jismoniy shaxslar
……..……..
hisoblanadi?
a) kreditlash subyektlari;
b) kreditlash ob’ektlari;
s) kreditorlar;
d) kreditlash manbalari
;
6. Korporativ moliyaviy amaliyotda kreditlarning eng keng tarqalgan kredit
shakli nima deb ataladi?
a) muddatli oddiy kreditlar;
b) muddatsiz foizli kreditlar;
s) ta’minlangan xorijiy bank kreditlari;
d) murakkab foizli kredit notalari.
7. Ta’minot rasmiylashtiruvisiz mijoz hisobraqami boʻyicha mablagʻlarning
belgilangan limit koʻrsatkichidan yuqori boʻlishini ta’minlashga qaratilgan kredit
shakli bu ...?
a) overdraft;
b) investitsion kredit;
s) qayta moliyalash krediti;
d) sindikatsiyalashgan kredit.
8. Bitta qarz oluvchining keng koʻlamli xoʻjalik dasturlari yoki yirik
investitsion loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish maqsadida kreditorlar
261
tomonidan oʻzaro birlashgan holda taqdim etiladigan uzoq muddatli kredit nima
deb ataladi?
a) sindikatsiyalashgan kredit;
b) overdraft;
s) qayta moliyalash krediti;
d) investitsion kredit.
9. Ochiq aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda
tashkil etilgan tijorat banklari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar nima deb
ataladi?
a) korporativ obligatsiyalar;
b) moliyaviy obligatsiyalar;
s) zayomlar;
d) davlat obligatsiyalar.
10. Bugungi kunga kelib AQShda korporativ obligatsiyalar bozorining jami
kapitallashuvi necha trillion dollarni tashkil etadi?
a) 3,5trillion;
b) 4,5trillion;
s) korporativ obligatsiyalar yyevroobligatsiyalar boʻlganligi sababi AQShda
amal qilmaydi
d) 5,5 trillion.
262
Do'stlaringiz bilan baham: |