Fayl atributlari
katalogda berib borilayotgan fayl nomi, turi, hajmi,
yaratilgan sanasi va o‘zgartirilgan vaqtini bildiradi.
Birinchi qismda foydalanuvchi tomonidan berilgan faylning
xususiy nomi
(Paint,
Bloknot, MS Word dasturlarida ma‘lumotlaringizni saqlaganingizda nom
berganingizni eslang), ikkinchi qismda shu ma‘lumotlar qaysi dastur tomonidan
tanilishi lozimligini bildirish uchun dastur tomonidan berilgan
fayl kengaytmasi
deb
ataluvchi nom aks etadi. Masalan, Rasm.bmp, Ma‘lumot.txt, Mening oilam.doc,
Klava.exe, Puzzle.exe. Kengaytma bo‘lmagan hollarda fayl nomi xususiy nomi bilan
bir xil bo‘ladi. Faylning xususiy nomi 1 tadan 255 tagacha, kengaytmasi esa 1 tadan 3
tagacha (kamdan kam hollarda 4 tagacha) belgiga ega bo‘lishi mumkin. Fayl nomi
kengaytmasi yozilishi majburiy emas. Lekin kengaytma faylda saqlanayotgan
ma‘lumot turini bildirgani uchun undan foydalanish qulaydir. Hozirgi kunda ishlab
chiqarilayotgan barcha dasturlar fayl nomi kengaytmasini o‘zlari qo‘shib qo‘yadi.
Fayl kengaytmasidan mazkur fayl qaysi dastur tomonidan tashkil etilganini bilib olish
mumkin. Faylning xususiy nomida lotin va kirill alifbosining yuqori yoki quyi
registrdagi harflari, raqamlar, shuningdek, - (defis), _ (tag- chiziq belgisi), $ (pul
birligi belgisi), # (panjara), & (amper- send belgisi), @ (tijoratcha ET), ! (undov
belgisi), % (foiz belgisi), ~ (tilda),
˄
(karat belgisi) va (){} (qavslar) qo‘llanilishi
mumkin. Lekin, kabi belgilar ishlatilishi mumkin emas. Shuni ta‘kidlash kerakki, fayl
nomida kichik yoki katta harflardan foydalanishning farqi yo‘q. Kompyuter ulami bir
xil nom deb qabul qiladi. Shuning uchun fayl nomini klaviaturadan terayotganda
ixtiyoriy (yuqori yoki quyi) registrdan foydalanish mumkin.
122
Bir-biridan faqat kengaytmasi orqali farqlanadigan nomlar turli fayllarni
ifodalaydi. Masalan, Navro‘z.bmp, Navro‘z.txt, Navro‘z.xls, Navro‘z.doc, Navro‘z.avi
turli xil dasturlarda ishlan- gan fayllardir.Operatsion sistema ba‘zi tashqi
qurilmalarni ham fayl sifatida qarashi mumkin. ―Fayl‖ tushunchasini bunday
umumlashtirish qator hollarda kiritish-chiqarish amallarini soddalashtirishi mumkin.
Har bir qurilmaga ―fayl‖ nomi biriktirilgan: PRN — printer, SON — klavishlar
(kiritishda) va displey (chiqarishda) va hokazo. Shuning uchun, zaxiraga olin- gan
PRN, SON, NUL, AUX, LPT1, LPT2, LPT3, SOM1, SOM2, SOM3 kabi nomlarni fayl
nomi sifatida ishlatish mumkin emas.
Fayllarda kompyuter qayta ishlashi mumkin bo‘lgan har xil turdagi: matnli
hujjatlar, dasturlarning birlamchi kodi matnlari, web-sahifaning HTML-kodlari va
boshqa axborotlar saqlanishi mumkin.
Diskda fayllar turli dasturlarning, masalan, matn muharriri, elektron jadval,
dasturlash tillarining kompilyatorlari ishlashi natijasida hosil qilinadi. Ba‘zi fayllarni
o‘zingiz hosil qilasiz va ularga nom berasiz, ba‘zilari esa sizga ma‘lum yoki ma‘lum
bo‘lmagan maqsadlar uchun turli dasturlar orqali hosil qilinadi.
Faylning eng muhim xususiyatlari (rus. svoystva, ing. attributes) —
Do'stlaringiz bilan baham: |