“Yangi O‟zbekiston – maktab ostonasidan, ta‟lim-tarbiya
tizimidan boshlanadi”,
degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlarni amalga
oshiramiz‖.
1
58
_________________
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. 2020-yil. 5-bet.
Davlatimiz rahbarining ushbu murojaatnomasida ham har tomonlama yetuk,
ilmli, yuksak axloqiy fazilatlarga ega yoshlarni tarbiyalash, ularga barcha shart-
sharoitlarni yaratib berish kabi ustuvor yo`nalishlar tilga olingan. Shu nuqtai nazardan
kelib chiqsak ,bugun jamiyatimiz, davlatimiz, kelajak avlod oldida ulkan vazifalar
turibdi. Bu vazifa, maqsadni amalga oshirish uchun yoshlarimiz nafaqat ilmiy
salohiyatli, intiluvchan bo`lmog`i, balki ma‘naviy jihatdan yetuk, yuksak axloqiy
fazilatlarga, ham ega bo`lishi kerak. Shu o‗rinda shaxsning ma'naviyatini
shakllantirishda tarbiyaning o‗rniga to‗xtalish lozimdir. Tarbiya insonni inson
qiladigan azaliy qadriyatdir. Aslida, ta‘lim ham, tarbiya ham ong mahsulidir, lekin
ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini belgilaydigan, ya'ni xalq ma'naviyatini
shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini
va shu asosda ongni o‗zgartirmasdan turib, ma'naviyatni yuksaltirib bo‗lmaydi.
Abdulla Avloniy ―Turkiy Guliston yoxud axloq‖ asarida ta‘kidlaganidek, bolaning
yetuk tarbiya topishida ijtimoiy muhit, oilaning o‗rni, shuningdek, sog‗lom insonni
tarbiyalash, tafakkurini rivojlantirish, o‗quvchini fikrlashga o‗rgatish, yanada muhimi
– axloq tarbiyasi – yaxshi xulq va odatlarni tarkib toptirish bugungi kunda dolzarb
masalalardan hisoblanadi. Bu haqda fikr yuritganda, Abdulla Avloniyning «Tarbiya
biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat
masalasidir» degan chuqur ma‘noli so‗zlarini yodga olish mumkin. Buyuk
ma‘rifatparvar bobomizning bu so‗zlari hozirgi vaqtda ham biz uchun muhim va
dolzarb ahamiyatga ega. Shoir, yozuvchi, dramaturg, pedagog Abdulla Avloniy
faoliyatining ilk bosqichidan to umrining so‗nggi damlarigacha o‗qituvchilik qildi,
pedagogika fanining ham nazariy, ham amaliy masalalari bilan muttasil shug‗ullandi,
darsliklar yaratdi.
2
Aytish mumkinki,u musulmon sharqi pedagogikasining katta bilimdoni, shu
bilan birga, XX asr zamonaviy o‗zbek pedagogikasining asoschilaridan, o‗zbek tili va
adabiyotini o‗qitish metodikasi fanining tamal toshini qo‗ygan mutafakkirlardan
biridir. Qadim zamonlardan boshlab barkamol insonni shakllantirishning asosiy
59
mezoni sifatida aqliy yetuklik, sog‗lom fikr, yuqori iste'dod, ijodkorlik, yaxshi
xulq, nafosat tarbiyasini shakllantirish tushunilgan. Har qanday jamiyat o‗z
rivojlanishining turli bosqichida muayyan tartiblarga rioya qilishning alohida
mexanizmlariga muhtojdir. Axloq ijtimoiy manfaatlar bilan bir vaqtda individual
manfaatlarning ham ta'minlanishini nazarda tutadi. Shuning uchun ham jamiyatning
axloqiy normalari bir paytning o‗zida ham ijtimoiy, ham individual taraqqiyot uchun
uyg‗unlashtiruvchi zaruriyat sifatida mavjuddir. Xalqimizning tarixiga nazar tashlasak,
eng qimmatli an'analar: halollik, rostgo‗ylik, or-nomus, sharm-u hayo, mehr-u oqibat,
mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar eng avvalo oilada shakllangan. Odobli,
bilimdon va aqlli, mehnatsevar, imon-e‘tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki
butun jamiyatning eng katta boyligidir. Demak bola oilada millatning qiyofasini
ko‗radi, shu muhitda uning tabiati, dunyoqarashi va axloqiy qiyofasi shakllanadi.
Kishilarning fe'l-atvori, yurish-turishi, xatti-harakati, gap-so‗zi ularning xulqiga
bog‗liq. Yaxshi xulq egasi bo‗lgan kishi odamlarga yaxshilik qila oladi. Abdulla
Avloniy yaxshi xulqlar qatoriga: matonat, diyonat, islomiyat, nazokat, g‗ayrat, riyozat,
qanoat, shijoat, ilm, sabr, hilm, intizom, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari
ibrat, iffat, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod, viqor, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik,
munislik, sadoqat, muhabbat, avf kabilarni kiritadi. ―Emdi bu yaxshi xulqlarni qo‗lga
olmak uchun ota-ona, muallim, ustodlarimiz hazratlarining hikmatli nasihatlarini jon
qulog‗i birla tinglab, doim xotirda tutmoq, axloqi yaxshi kishilar birla ulfat bo‗lmak,
axloqi buzuq, yomon kishilardan qochmoq lozimdur‖
(―Turkiy guliston yoxud axloq‖. Toshkent, ―O‗qituvchi‖, 1992-yil, 16-bet).
Abdulla Avloniy inson xulqini ikkiga ajratadi yaxshi xulq va yomon xulq deb.
Agar kishi yoshlikdan nafsi buzilib, tarbiyasiz bo`lib o`sdimi undan yaxshilik kutmak
yerdan turib yulduzga qo`l uzatmoq bilan barobar deydi- adib. Xulq ham birdan
shakllanib qolmaydi unga ham ma‘lum bir sharoit, muhit kerak. Abdulla Avloniy
qarashlariga ko`ra tarbiya xususiy ish emas, balki ijtimoiy masala.
Bugungi kundagi davlatimizda ham yoshlarni ma‘nan yetuk, yuksak axloqli
qilish uchun oila va maktab, oila va mahalla kabi jamoat tashkilotlari bilan birgalikda
farzandalarimiz tarbiyasiga alohida e‘tibor qaratilayapti. Adib fikr tarbiyasiga ham
to`xtalib o`tib bu tarbiya ustoz-muallimlarning yordamiga muxotoj, fikrning kengligi
va quvvati o`qituvchi tarbiyasiga bog`liq deb aytib o`tgan. Bu o`rinda Avloniy ustoz-
60
murabbiylarimiz haqida ham aytib o‘tgan, agar ustoz axloqli, tarbiyali, madaniyatli
bo‘lsagina o‘z shogirdlarini ham madaniyatli, axloqli qilib tarbiylaydi deb hisoblaydi.
Avloniy ma‘naviy-axloqiy qarashlarida iffat haqida ham bayon etilgan. Iffatli kishi
nafsini buzuq va gunoh ishlardan saqlaydi. Insonga til iffati juda muhim deb
hisoblaydi Avloniy. Insonning boshiga keladigan turli ofatlar , balolar insonning tili
orqali kelishini aytib o`tgan. Inson tilini yomon so‘zlardan, g‘iybatdan saqlasa, iffatli
bo`lsa qarindoshlariga yaqinlariga, va jamiyatga yaxshilik tilashi va bu orqali
gunohlardan ham holi bo`lishi ifodalangan. ―Iffat erkak kishidan ko`ra ayol kishiga
olmosdan qimmat, injudan qadrliroq hislatdir‖. Abdulla Avloniyning bu fikrlari
bugungi kunda ham o`z ahamiytini yo‘qotmagan, G`arbdan kirib kelayotgan ommaviy
madaniyatga ergashib millatimizga, jamiyatimizga xos bo`lmagan, yurish-turish
qoidalariga amal qilmagan yoshlarga qarata aytilgan bir chaqriq desak bo`ladi.
Abdulla Avloniy hifzi lison ya‘ni har bir millatning milliy tilini saqlamoq haqida
aytib o`tgan. ―Milliy tilni yo`qotmak millatni yo`qotmakdir‖- deb butn millat uchun
qayg`urib o‘z ona tilimizni asrab-avaylash kerakligini uqtiradi o`z qarashlarida
ma‘rifatparvar bobomiz. Rus tilini bilmoq hayot va saodat uchun kerak, ammo uni o`z
o`rnida qo`llamoq kerak deydi, zig`ir yog`i solib moshkichri qilganday aralash-
quralash qilmasdan o‘z o‘rnida ishlata bilish kerak so‘zlarni.
Adib adabiy til bilan birga og‘izdagi so‘zlarni ya‘ni, shevalarni ham asrash
kerak deydi. Insonning so`zi uning daraja va kamolini ilmini so‘zidan bilib olishgan.
Bugungi kunda yoshlarimiz o`rtasida ham boshqa tildagi so`zlarni qo`shib gapirish va
bu orqali o`z ona tilimizga hurmatsizlik qilishmoqda. Ma‘rifatparvar bobomiz
aytganlaridek bobolarimizga yetushg`on va yaragan til va adabiyot bizga ham yetadi.
Buning uchun o`z ona tilimizdan unumli foydalasak kifoya. Agar o`z ona tilimizni
asrab- avaylab, uning obro`sini yanada oshirib kelajak avlodga boyitib yetkazib bersak
biz yoshlar millatimiz, davlatimiz va kelajak avlod oldidagi bir qarzimizni uzamiz.
Adibning bizga qoldirgan boy merosi nafaqat talabalarga balki butun millat yoshlariga
aytilgan bir chaqriqdir. Ma‘rifatparvar bobomizning asarlarida axloqli kishining
sifatlari, fazilatlari juda ham keng va tushunarli qilib yoritib berilgan.
Muhtasar qilib aytganda, Komil inson bo‗lish, halollik va adolat bilan hayot
kechirish kabi olijanob fazilatlarning ma'no-mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki
ana shunday xususiyatlarga ega bo‗lish, ularga amal qilib yashash – odamzotning
61
ma'naviy boyligini belgilab beradigan asosiy mezondir. Uchinchi Renessans poydevori
bo‘lgan yoshlar nafaqat ilmiy salohiyatli, intiluvchan balki yuksak axloqli bo‘lishi ham
kerak. Shu ma‘noda Abdulla Avloniyning bizga qoldirgan adabiy merosi dastur-ul
amal bo‘lib xizmat qiladi. Yaxshi xulqlarga ega bo`lgan bunday yoshlar albatta o‘z
Vatanini sevib, sodiqlik bilan xizmat qilib, yurtimizni yanada rivojlantirib dovrug‘ini
olamga yoyadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |