395
Hozirgi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalari, axborot-
kommunikatsiya
texnologiyalarining tez sur‘atlarda rivojlanayotgani ta‘lim
muassasalarida ta‘lim-tarbiya sifati va mazmunini
muntazam ravishda yangilab,
boyitib borishni talab etmoqda.
Quyida umumta‘lim maktablarida o‗qitilayotgan tabiiy fanlarni o‗qitilishiga
ta‘sir qiluvchi omillarni ko‗rsatib o‗tishni lozim topdik:
-
Pedagogik texnologiyalar, o‗qitishning innovatsiyaviy metod va usullari,
didaktik materiallar, mediaresurslarini tabiiy fanlarni o‗qitish jarayonida
samarali qo‗llash;
-
Davlat ta‘lim standartlarini o‗quvchilar tomonidan o‗zlashtirish darajasini
monitoring qilib borish, ular bilimidagi aniqlangan bo‗shliqlarni to‗ldirishda
eng maqbul o‗qitish metodlarini qo‗llash;
-
davlat ta‘lim standarti va o‗quv dasturi talablari doirasida qo‗shimcha
mashg‗ulot, to‗garaklarni olib borish monitoringini o‗qituvchi
tomonidan
ijodiy yondashgan holda olib borish va samaradorlikni oshirish choralarini
ko‗rish;
-
Globallashuvning salbiy oqibati bo‗lgan ma‘naviy tahdidlar – insonlarning
ma‘naviy olami, ruhiyatini izdan chiqarishga qaratilgan turli shakldagi
g‗oyaviy, mafkuraviy, axborot xurujlariga qarshi immunitetni shakllantirish,
ijtimoiy intellekt, o‗z xatti-harakati va qarorlari uchun javobgarlik hissini
tarkib toptirish;
-
O‗quvchilar va ularning ota-onalari uchun Internet
tizimining imkoniyatlari
va axborot xavfsizligi bo‗yicha davra suhbatlari tashkil etish;
-
Mahorat maktablari o‗quvlarida o‗qituvchilardan test, turli so‗rovnomalar
olish orqali ularning kasbiy faoliyatidagi bo‗shliqlar, metodik ehtiyojlarini
aniqlash va chuqur tahlillar asosida tajriba almashishni yo‗lga qo‗yish;
396
-
Maktab, tuman (shahar), viloyat miqyosida o‗quvchilarning davlat ta‘lim
standartlarini o‗zlashtirish monitoringi natijalarini tahlil qilish, aniqlangan
bo‗shliqlar va o‗zlashtirish murakkab bo‗lgan mavzulari bo‗yicha metodik
tavsiyalar ishlab chiqish
-
Metodik
birlashmalar
rahbarlarining
elektron
pochtalariga
o‗qituvchilar ehtiyojlariga ko‗ra metodik mahsulotlarni jo‗natish,
doimiy
ravishda ma‘lumot almashish.
Tabiiy fanlarni o‗qitilishiga ta‘sir qiluvchi omillarga bevosita ta‘sir qiluvchi
mezon-ko‗rsatkichlarni ko‗rib chiqish mumkin:
-
O‗qituvchilarning kasbiy kompetentligi.
-
Nazariy, ilmiy-amaliy bilimlarini ta‘lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etilishi.
-
Dars mashg‗ulotlarini kompetensiyaviy yondashuvdan kelib chiqqan holda
takomillashtirish.
-
Doimiy ravishda fan olimpiadalari va bilimlar bellashuvi g‗oliblari bilan
uchrashuvlarni tashkil qilish.
-
Avgust kengashlarining didaktik maqsadini oshirish.
-
Muntazam ravishda metodik yangiliklarni ommaviy axborot vositalarida
nashr etish.
Bugungi kunda ta‘limda Davlat umummilliy dasturi doirasida yaratib berilgan
moddiy-texnik va o‗quv-metodik
shart-sharoitlardan oqilona, maqsadli foydalanish,
moddiy boyliklarni avaylab-asrash, ta‘lim-tarbiya sifati, samaradorligini yuqori
ko‗rsatkichlarga ko‗tarishda maktab pedagogik jamoasi va o‗qituvchilarning roli,
mas‘uliyati hamda shaxsiy javobgarligini oshirish dolzarb vazifalardan biriga
aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: