N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

I0~rasm.
Bostirilgan tovuq tuxumida jo‘janing turli rivojlanish bosqichining
chizma (sxematik) tuzilishi:
1—2 
— amnion bo'rmasi va mezoderma; 3 — tuxum po ‘chog 4; 4 — amnion
bo 'rmalari; 5 — havo kamerasi; 6 — sellom; 7 — sariq modda xaltasi;
8 — allantois; 9 — amnion ichi; 10 — amnion pardasi; 11 — tuxum sarig'i.
43


ishtirok qiladi. Eng birinchi qon hosil qiluvchi orolchalar sariq 
xalta devorida paydo bo'ladi.
Inkubatsiyaning uchinchi kuni ichak endodermasining va 
mezodermaning o'smasi sifatida allantois paydo bo'ladi. Allantois 
(allantoides-hasipsimon) yoki siydik xaltasi tez o'sib, sariq xalta, 
amnion va seroz pardalari orasini to'ldiradi. Uning mezoderma! 
qavati seroz parda mezodermasi bilan yaqindan qo'shilib o'sadi, 
tuxum po'chog'i yaqinida qon tomirlarining to'rini hosil qiladi. 
Bu tom irlar to 'ri gazlar almashinuvida katta ahamiyatga ega. 
Allantoisda chiqindi modda — siydik kislota to'planib turadi. 
Allantoisning embrion tanasida qoladigan qismi keyinchalik siydik 
pufagini hosil qiladi.
Shunday qilib, em brion varaqlarining embriondan tashqi 
qismlari quyidagi to 'rt parda: amnion, seroz parda, sariq xalta va 
allantoisning shakllanishi uchun sarflanadi. Bu pardalar o'zlariga 
xos, embrion hayoti va taraqqiyoti uchun zarar vazifalarni bajaradi. 
Jo'janing tuxumdan ochib chiqishi oldidan bu pardalar teskari 
rivojlanishga uchraydi. Amnion burmalar qaytadan ajraladi, sariq 
xalta qoldig'i jo'ja ichiga tortilib kiradi, zardob parda va allantois 
qurib ketadi.
Inkubatorda jo'ja chiqarilganda embrional taraqqiyotning ayrim 
bosqichlari va ular uchun zarur bo'lgan sharoitlarni bilish katta 
ahamiyatga ega. Inkubatordagi harorat va havoning namligi 
embrionning taraqqiyot bosqichlariga qarab moslashtirilsa, ochib 
chiqqan jo'jalar sog'lom bo'lib, kam nobud bo'ladi, ochib chiqish 
koeffitsienti yuqori bo'ladi. Embrional taraqqiyotining nozik 
paytlari bo'lib, ular bir bosqichning ikkinchisi bilan almashinish 
paytiga to'g'ri keladi. Afsuski, bu masala chuqur o'rganilmagan, 
taraqqiyot bosqichlarini tasnif qilish qoidalari to'g'risida umumiy 
fikr yo'q.
N .P. Tretyakov va M.D. Popov embrional taraqqiyot bosqich­
larini quyidagicha tasnif qiladi:
1. 
Latebral oziqlanish davri — Inkubatsiyaning birinchi 30— 
36 soatini o'z ichiga olib, bu davrda hali qon aylanish vujudga 
kelgan emas. Embrion latebradagi karbonsuv (glikogen)ga boy bo'l­
gan sariq modda hisobiga oziqlanadi va kislorodga ehtiyoji kam;
44


2. Sariq modda hisobiga (sariqlik qon aylanish doirasi mavjud 
b o 'lg an holda) oziqlanish davri — Inkubatsiyaning 30—36 
soatidan 7—8 kunigacha b o lg a n vaqt. Q ushlar em brional 
taraqqiyotining muhim o‘ziga xos tomonlaridan biri qon tomirlar 
va yurakning erta hosil bo‘lib, faoliyat ko‘rsatishidir. 30 soatdan 
keyin yurak ishlay boshlaydi. Shuning bilan birga maxsus 
oziqlanish apparati — qon tomirlariga boy sariq xalta hosil boladi. 
Embrion tanasiga allantois orqali kislorod kela boshlaydi. Bu 
hoi oqsillar va yog‘laming o ‘zlashtirilishiga yordam beradi. Jigar 
ishga tushib, m ochevina sintezlana boshlaydi. Bu davrda 
embrionning barcha organlari sistemalari va embrion pardalar 
hosil boladi;
3. Atmosfera kislorodi bilan nafas olish va tuxum oqsili bilan 
oziqlanish davri — Inkubatsiyaning 7—8 kunidan 18—19 kunigacha 
bo lg an davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda qon tomirlariga boy, 
yaxshi taraqqiy qilgan allontois zardob parda bilan birgalikda tuxum 
p o ‘chog‘iga zich tegib turadi, em brionning kislorod bilan 
ta ’minlanishi yaxshilanib, yoglarni o ‘zlashtirish yengillashadi. 
Embrion jo'ja shakliga keladi. Oziqlanish uchun quyuqlashgan 
va seroz parda bilan o ‘ralgan oqsil ishlatiladi. Sintezlangan arnmiak 
m ochevinaga nisbatan inertroq siydik kislotaga aylanadi va 
allantoisga to'planadi. Siydik kislotasi suvda erimagani uchun 
mochevinaga nisbatan zararsizdir;
4. Jo‘janing havo kamerasidagi kislorod bilan nafas olish davri
— Inkubatsiyaning 18—21 kunlarini o ‘z ichiga oladi. Allantois 
teskari taraqqiyotining boshlanishi sababh kislorodga ehtiyoji ortgan 
jo ‘ja havo kamerasidagi kislorodni ishlatadi. Nafas olish o‘pka 
orqali amalga oshib, sof arterial qon paydo boladi. To'qimalaming 
kislorod bilan ta ’minlanishi va ularda m oddalar almashinuvi 
yaxshilanadi;
5. Ochib chiqish davri — Inkubatsiyaning 20—21 kunlarini 
o‘z ichiga oladi. Jo ‘ja sariq modda qoldigl hisobiga oziqlanib, 
allantoidal qon aylanish to ‘xtaydi, embrion pardalari qurib, jo ‘ja 
tuxum po£chog‘ini yorib chiqadi.
Parrandalarda Inkubatsiyaning davomliligi: tovuqlarda 20—21 
kun, g‘ozlarda 29—30 kun, o ‘rdaldar va kurkalarda 27—28 kundir.

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish