kelgan. Avtoritar tuzumdagi xalqlar diktatorlarga bo‘ysunib,
siyosat
va geosiyosatning subyekti emas, balki obyekti sifatida namoyon
bo‘lganlar. Aynan mana shu sabablar 1960-yildan so‘ng Afrikadagi
beqarorlikni yuzaga keltirdi va buning natijasida qit’ada 100 ga yaqin
harbiy to‘ntarishlar bo‘lib o‘tdi.
Afrika qit’asi geosiyosiy holatini o ‘zgartiruvchi yana bir omil-bu
turli xalqlar o ‘rtasidagi munosabatlar hisoblanadi.
Afrikaning etnik
tarkibi - rang-barang xalqlar va qabilalar mozaikasiga o ‘xshab ketadi.
Qit’ada taxminan 50 ta millat va elatlar, ming xil tilda so‘zlashuvchi 3
mingga yaqin qabilalar istiqomat qiladilar.
Afrika davlatlarining ko‘pchiligi tabiiy geografik chegaralarga
bo‘linib, aniq demarkatsiya qilinmagan. Afrika qit’asi davlatlarining
chegaralaridan 44 foizi meridian va parallel bo‘yicha chegaralangan,
30 foizi to‘g ‘ridan-to‘g‘ri va yoysimon shaklda belgilangan. Hudud-
laming bunday tarzda bo‘linishi xalqlar o‘rtasidagi nizolar va urush-
lar asosi hisoblanadi.
Afrika qit’asidagi barqarorlikning ta’minlanishi,
bugun nafaqat
qit’a davlatlari, balki butun dunyo uchun asosiy muammolardan biri
bo‘lib qoldi. Xususan, Afrika qit’asidagi barqarorlikni ta’minlashda
tahdid solayotgan bir necha omillami ko‘rsatib o ‘tish mumkin:
• davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar;
• fuqarolar urushi;
• xavfsizlik darajasining pastligi va jinoyatchilikning yuqoriligi;
• davlat chegarasidan yashirincha, boj to‘lamasdan mol o‘tkazish
(kontrabanda bilan shug‘ullanish);
• ekologik jinoyatchilik;
• noqonuniy qurollar savdosi bilan shug‘ullanish;
• terrorizm;
• qaroqchilik va neftni bunkerlash;
• noqonuniy narkotik moddalari savdosi bilan shug‘ullanish.
Bu omillaming har biri qit’adagi davlatlaming o ‘zaro nizolariga
ham olib kelmoqda. Omillami tahlil qiladigan bo‘lsak, masalan,
davlatlar o ‘rtasidagi o ‘zaro nizolar asosan
qabilalar orasidagi jang-
ovor kuchlarga asoslanadi. Bunday holatlarda ko‘pgina hukumatlar
qabilalardagi ko‘ngilli lashkarlarini proksi sifatida jo ‘natadilar yoki
156
hukumatlar qo‘zg‘alonchilarga qarshi kuchli operatsiyalar o‘tkazib,
qo‘zg‘alonchilaming harakatlarini kuch bilan bosib,
fuqarolik ba-
zalarini hukumatlarni qo‘llab-quvvatlashga chorlaydilar. Bunday
holatlarga Darfurdagi Janjavid va 1998-yildagi Efiopiya va Eritreya
o‘rtasidagi chegaraviy urushlarni misol qilishimiz mumkin.
“Afrikadagi fuqarolar urushi o ‘zining
shavqatsizligi bilan mash-
hur. Shuningdek, ulaming etnik, hududiy va diniy jihatlardan tashkiliy
ko‘rinishlarining murakkabligi o ‘ziga xos ahamiyatga ega. Fuqarolar
hukumatlar va nohukumatlardagi qo‘zg‘alonlar uchun qo‘llab-quv-
vatlovchi kuch sifatida xizmat qiladi”103. Fuqarolar urushini olib bo-
rishida har ikki tomon maqsadlari biri-biriga qarama-qarshi bo‘ladi.
Afrikadagi ko‘pgina fuqarolar umshining qo‘zg‘alonchilar
uchun
manfaatini ko‘radigan bo‘lsak, ular asosan, tuzumlar aldov yoki maj-
burlash yo‘llari orqali erishgan boyliklar, mol-mulk va chorva molla-
rini qaytarish uchun tuzumga qarshi chiqadilar. Hukumatlar esa fuqa-
rolarga nisbatan “kollektiv jazolash” strategiyasini qo‘llash orqali
qo‘zg‘alon yetakchilarini o‘z vaxshiyliklari uchun javobgarlikka tor-
tishga urinadi.
Fuqarolar urushining tashkil etilishida albatta,
tashqi kuchlami
ham hisobga olish lozim. Qit’aning resurslarga boy ekanligi tashqi
kuchlami o‘ziga jalb etadi. Masalan, tashqi kuchlar u yoki bu davlat
o ‘rtasida nizolami uyushtirish orqali faol ishtirokchilami ta ’sir da-
rajasini pasaytirish yo‘li bilan resurslarga
ega boig an holatlari ham
kuzatiladi.
Afrikada kontrabanda va odam savdosi bilan shug‘tillanuvchi
uyushgan jinoyatchilikning bir necha ko‘rinishlari mavjud. BMTning
narkotik moddalari vajinoyatchilikbo‘yichaboshqarmasi (YuNODK)
ning m a’lumotlariga ko‘ra, “Afrika davlatlari orasidaNigeriya, Gana
va Marokash kontrabanda va odam savdosi bilan shug‘ullanishda
asosiy generatorlar vazifasini о‘tab kelmoqda. Bu davlatlar odam
savdosi va kontrabanda orqali yiliga taxminan 32 milliard AQSH dol-
lari miqdorida foyda ko‘radilar. Bunday holda Sharqiy va Janubiy
Do'stlaringiz bilan baham: