AQSH neokonservatizmining Yaqin Sharqdagi geostrategiyalari-
ning geoiqtisodiy manfaatlari borasidagi vazifalari bir vaqtning o‘zida
siyosiy va xavfsizlik vazifalari bilan chambarchas bog‘liqdir. E ’tibor
beradigan bo‘lsak, neokonservator nazariyotchilar
tomonidan asos-
langan iqtisodiy manfaatlari ijrosi oxirgi Respublikachilar hukumati
davrida deyarli amalga oshirildi.
AQSH o‘zining barcha mintaqalardagi geoiqtisodiy manfaatlarini
harbiy kuch yordamida va mintaqalardagi jarayonlarga siyosiy arala-
shuv orqali amalga oshirishga harakat qiladi. Ko‘pchilik mutaxassis-
lar e’tirofiga ko‘ra, bunga yaqqol misol sifatida AQSHning oxirgi Iro-
qqa nisbatan harbiy operatsiyasini keltirish mumkin. Ko‘pchilik mu-
taxassislar tomonidan Iroq liderini ag‘darishga asosiy ichki undov-
lardan biri-bu Iroq nefti bo‘lganligi ta’kidlanayotganligi ham AQSH
neokonservatorlari oldida turgan asosiy vazifa-iqtisodiy barqarorlik
uchun imkoniyatlar izlash ekanligini tushunish mumkin. Bundan
tashqari, Bahrayn, BAA Saudia Arabistoni neft mintaqalariga boigan
tahdidni bartaraf etish va mintaqa davlatlari iqtisodiyotiga faol arala-
shuvga (asosan dunyo neft narxi ustidan nazorat qilish) chek qo‘yish
ham asosiy masalalardan biri bo‘lib keladi.
2000-yildan keyingi voqealar rivojiga e’tibor bersak,
yangi hu-
kumatning kelishi, hukumat a ’zolari va asosiy tashqi siyosiy qaror-
lar qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokchilaming neokonservativ
kayfiyatdagi komandaning tuzulishi bilan Iroq tuzumini ag‘darish
maqsadlarini oqlovchi axborot urushlari avj oldirila boshlangan edi.
Bundan tashqari, shu kabi maqsadlami qo‘llab - quvvatlovchi davlat
lar kaolitsiyasiga bo‘lgan intilish ham kuchaygan edi. 2001-yil aprel-
da Bush hukumatiga Ommaviy siyosat institutidan J.A. Beykeming
“energetik xavfsizlik” dokladi taqdim etildi.
Taniqli neokonservator
Beyker katta J.Bush hukumati davrida davlat kotibi bo‘lib xizmat qil
gan edi. Dokladda ta ’kidlanishicha: «Iroq AQSHning Yaqin Sharqda
gi ittifoqchilariga nisbatan beqarorlashtiruvchi ta ’sirini o ‘tkazishda
davom etmoqda. Bundan tashqari, xalqaro va dunyo tartibotiga va
Yaqin Sharqdan dunyo bozoriga neft yetkazib berish jarayonlariga
tahdid solmoqda. AQSH bevosita Iroqning bugungi harbiy, energetik
va siyosiy-diplomatik holatini siyosiy tahlil etishi lozim.
Bu kabi
179
fikrlami AQSH olimlaridan biri M.Kleming “Manbalar uchun kurash”
kitobida ta’kidlagan quyidagi jumlalar bilan to‘ldirish mumkin: «Iroq
ustidan nazorat neftni kuch sifatida e’tirof etishga olib keladi. Fors
ko‘rfazi ustidan nazorat Yevropa, Yaponiya va Xitoy ustidan nazorat
qilishga va neft jo ‘mraklarini o ‘z qo‘limizda qolishiga imkoniyat-
ni beradi». Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, mintaqadagi iqtisodiy
manfaatlaming naqadar dolzarb ekanligi 2001-yil 20-sentabrdagi
PNACning Bushga yo‘Hagan maktubi mazmunidan ham yaqqol
seziladi. Masalan,
unda hatto, 11-sentabrdagi terroristik hurujlarga
Iroqning to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri aloqasi to ‘g ‘risida dalillar topilmagan
holatda ham Iroqdagi S.Husayn tuzumini ag‘darish kerakligi ochiq-
dan-ochiq e’tirof etilmoqda.
Afg‘onistondan keyin Yaqin Sharqda tartib o ‘rnatish vaqti kel-
ganligi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy aralashuvlami qo‘llash
lozim-
ligini ko‘pchilik AQSH siyosiy elita vakillari ta’kidlasha boshlashdi.
Muayyan ijtimoiy guralilar - siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: