13-mavzu. Yangi davrda va Maorif davrida Yevropada pedagogik fikrlarning
rivojlanishi.
Reja
1.Yan Amos Komenskiy – ilmiy pedagogikaning asoschisi.
2. D.Lokkning pedagogik konsepsiyasi.
3.Fransuz ma’rifatparvarlarining shaxsni shakl-lantirishda tarbiyaning o‘rni va roli
muammosi haqidagi qarashlari.
Asosiy tushunchalar:
Yevropa, Yevropa uyg‘oniy davri, feodalizm kapitalizm, gumanistlar,
utopistlar, toboroitlar, chex qardoshlari maktabi onalar maktabi, didaktika,
Yasnaya polaniya maktabi, akademiya, ilmiy tarbiya o‘qituvchilar seminariyasi,
Tarbiya jurnali.
Kapitalistik ishlab chiqarish usuli paydo bo‘lishi, manufaktura va savdo-
sotiqning taraqqiy qilishi, shaharlarning o‘sishi. Yevropa uyg‘onish davrining
xarakterli belgilaridir. Matematika, astronomiya, mexanika, geografiya, tabiiyot
ilmi taraqqiy qildi. Bu davr ilmning turli sohalarida buyuk ixtirolar va kashfiyotlar
qilingan davr bo‘ldi. Uyg‘onish davrida Yevropada kitob chop qilish ixtiro etildi,
Amerika kashf qnlindi, Hindistonga dengiz yo‘li ochildi.
Uyg‘onish davrining arboblari — gumanistlar (lotincha «gumanus»—
insoniy degan so‘zdan olingan) odamni eng oliy zot deb hisoblab, uni birinchi
o‘ringa qo‘ydilar va shaxsni bo‘g‘ib qo‘ygan cherkov diniy dunyoqarashiga qarshi
qattiq kurashdilar. Biroq ular o‘zlarining g‘oyalarini ilgari surganlarida, faqat
cheklangan doiradagi shaxslarni — jamiyatning yuqori tabaqasinigina nazarda
tutdilar. Gumanist pedagoglar ulug‘ zotlarning bolalarini jismoniy jihatdan har
tomonlama yetuk qilib o‘stirish, ularga estetik tarbiya berish kerak, ular antik
adabiyot yodgorliklarini o‘rganish uchun lotin va grek tillarini bilishlari shart deb
talab qildilar.
Gumanistlar matematika, astronomiya, mexanika, tabiiyot singari tabiiy-
ilmiy fanlarni aqliy ta’lim berish programmasiga kiritdilar.
Gumanistlar bolani izzat qilish kerakligini aytdilar: ular yodlash usulda
o‘qitishga va qattiq intizomga qarshi chiqdilar; bolaning bilimga qiziqishi va
havasini uyg‘otishga harakat qildilar. Gumanist pedagoglar rahbarlik qilgan
maktablardagi o‘qitishning mazmuniga cherkovning tasiri birmuncha susaydi.
Gumanistlarning pedagogikaga doir qarashlari ayrim mak-tablardagina, yani
aslzoda va badavlat kishilarning bolalari o‘qitilayotgan maktablardagina tatbiq
etildi. Ayni vaqtda shahar maktablari o‘sib bordi, bu maktablarda hunarmandlar va
savdogarlarning bolalari boshlang‘ich ta’lim olar edilar. Qizlar uchun ham
maktablar ochila boshlandi (odatda, bular xususiy maktablar bo‘lar edi). Shahar
maktablarining ko‘pchiligida o‘quvchilar o‘z ona tilida o‘qitiladigan bo‘ldi. XVI
asrda boshlang‘ich maktablar bilan bir qatorda (badavlat kishilarning bolalari
uchun), o‘qish muddati 8—10 yil bo‘lgan yuqori (lotincha) maktablar va o‘rta
maktablar (kollegiumlar, gimnaziya-lar) ochila boshladi. Katolik cherkoviga qarshi
kurashib kelgan bazi sektant jamoalar, O‘rta Yevropada anabaptistlar, Chexiyada
taboritlar va boshqalar o‘z sektalari (mazhablari) azolarining bolalari uchun ona
tilida o‘qitiladigan umumiy boshlang‘ich maktablar tashkil qildilar.
Uyg‘onish davrida turli mamlakatlarda pedagogika ilmi har bir
mamlakatning o‘ziga xos ruhini aks ettirib, turlicha taraqqiy qildi.
Chunonchi, Italiyada antik falsafadan yaxshi xabardor bo‘lgan mashhur
gumanist Vittorino da Feltre (1378—1446) «Shodlik uyi» deb atalgan maktab
ochdi. Bu maktabni tashkil qilishda gumanistlar pedagogikasining prinsiplari asos
qilib olindi.
Bu maktab xushmanzara tabiat quchog‘ida, juda yaxshi saroyda ochilgan
edi. Bu saroy binosi Vittorinoning ko‘rsatmasi bilan maktab ehtiyojlari uchun
moslanib, maxsus ravishda qayda jihozlandi. Yangi maktabning o‘rta asr
maktablaridan farqi yana shun-dan iborat bo‘ldiki, bu yangi maktabning xonalari
keng va yorug‘ edi. O‘quvchilarni jismoniy jihatdan chiniqtirishga ayniqsa katta
e’tibor berilardi. Bu maktabda klassik tillar va klassik adabiyot asosiy fan sifatida
o‘qitilardi, bolalar matematika, astronomiya bilan shug‘ullanar, ekskursiyalarga
borib, tabiat manzaralarini tomosha qilar edilar. O‘yinlarga, bolalarni jismoniy va
ruhiy jihatdan chiniqtirishga katta ahamiyat berilardi.
Gumanizm ideyalari Italiyadan Fransiyaga o‘tdi.
Gumanist-yozuvchi Fransua Rable (1494—1553) Uyg‘onish davridagi
pedagogika ilmining eng ko‘zga ko‘ringan namoyandalari-dan biri bo‘ldi. U
o‘zining satira tariqasida yozilgan mashhur «Gargantyua va Pantagryuel» degan
romanida o‘rta asrdagi sxolastik tarbiya usulini qattiq tanqid qildi va gumanistik
tarbiya usulini bu usulga qarshi qilib qo‘ydi. Bu gumanistik tarbiya usulida bolani
puxta o‘ylab tuzilgan rejim bilan tarbiyalashga, unga har tomonlama bilim
berishga, bolaning mustaqil tafakkurini, ijodkorligi va aktivligini o‘stirishga asosiy
e’tibor be-rildi.
Rablening romanida korol o‘z o‘g‘li Gargantyuani tarbiyalash uchun
sxolastika olimlarini taklif qilganligini, bu olimlar Gargantyuani hamma narsani
quruq yodlab olishga majbur qilganliklarini hikoya qiladi. Natijada Gargantyua
bazi sxolastika kitoblarini shunchalik yodlab oladiki, bu kitoblarni boshidan
boshlab oxirigacha va oxiridan boshlab boshigacha yoddan aytib beradigan bo‘lib
qoladi. Bunday noto‘g‘ri o‘qitish va tarbiya natijasida Gargantyua butunlay
fahmsiz kishi bo‘lib yetishadi.
Shundan so‘ng korol sxolast muallimlarni haydab yuborib, gumanist
muallimni tarbiyachi qilib chaqiradi, bu muallim bolaning tarbiyasini butunlay
o‘zgartirib yuboradi. Shundan so‘ng Gargantyua jismoniy mashqlar bilan ko‘proq
shug‘ullanadigan bo‘lib qoladi, fanni batafsil va to‘g‘ri o‘rgana boshlaydi.
Gargantyua dalalar va o‘rmonlarni kezib yurib, tabiatni kuzata boshlaydi;
o‘simliklarni to‘plab, gerbariylar tuzadi; yangi muallim yulduzlarni kuzatish yo‘li
bilan astronomiyani o‘qitadi. Suhbatlar olib borish, kitoblar o‘qish, ko‘rsatma
qurollardan foydalanish yo‘li bilan bolaga juda ko‘p fan o‘rgatiladi. Gargantyua bir
necha muzika asbobini chalishni va ashula aytishni o‘rganib oladi. Xullas, bilimlar
ongli ravishda o‘zlashtiriladi.
Rable o‘qitish ko‘rsatmali, hayotiy bo‘lsin degan ideyani himoya qildi. U
o‘qitishni turmush, atrof muhit bilan bog‘lab olib borishni maslahat beradi.
Yosh avlodni mehnat faoliyati jarayonida tarbiyalash haqidagi g‘oyani
biriichi bo‘lib ingliz gumanist-mutafakkiri Tomas Mor (1478—1535) aytdi.
Nazariy bilim berishni mehnat bilan qo‘shib olib borish didaktik prnispini ilmiy
asoslaydi.
«Yeng yaxshi tuzilgan davlat haqida va yangi Utopiya oroli haqida ham
foydali, ham qiziqarli oltin kitobcha» (1516) degan asarida Tomas Mor
Angliyaning adolatsizlik negiziga qurilgan tuzumini qattiq tanqid qildi va bu
adolatsiz tuzumga, o‘zi o‘ylab chiqargan «Utopiya» degan orolda vujudga kelgan
va xususiy mulk nimaligini bilmaydigan eng odilona tuzumni qarama-qarshi qilib
qo‘ydi. U «Utopiya» orolida o‘g‘il bolalarga ham, qiz bolalarga ham jamiyatning
o‘zi tarbiya beradi va bolalarning hammasini boshlang‘ich maktabda o‘qitadi, deb
yozadi; hamma keng bilim oladi. Darslar ona tilida olib boriladi. Maktablarda
o‘qish va yozishdan tashqari, arifmetika, geometriya, astronomiya, muzika,
dialektika, tabiiyot ilmi o‘rgatiladi. Utopiyaliklar ko‘rsatma qurollardan keng
foydalanadilar.
Tomas Morning jismoniy tarbiyaga katta ahamiyat beradi, bu ishda jismoniy
tarbiyaning Afina tizimini: gimnastika va harbiy mashqlar qilish yo‘li bilan inson
tanasini sog‘lom, baquvvat va xushbichim qilib chiniqtirish usulini asos qilib
oladi.
Tomas Morning yosh avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlashga alohida
ahamiyat berdi, va har bir kishi har tomonlama mukammal bo‘lib rn-vojlanishi
kerak, degan fikrni aytdi. U o‘z asarida, utopiyaliklarning hammasi albatta
shug‘ullanishi shart bo‘lgan bitta ish bor, u ham bo‘lsa dehqonchilikdir, deydi.
Bolalar dehqonchilikni maktablarda nazariy jihatdan o‘rganadilar va shahar
atrofidagi dalalarda dehqonchilik bilan amaliy shug‘ullanadilar. Utopiya orolidagi
har bir kishi, dehqonchilikdan tashqari, yana biror maxsus hunar bilan
shug‘ullanishi va bu hunarni puxta o‘rganib olishi shart. Jismoniy mehnat hamma
uchun majburiydir. Aqliy mehnat bilan shug‘ullanishni esa utopyyaliklar o‘zlari
uchun eng katta huzur bag‘ishlaydigan ishlardan biri deb hisoblaydilar. Juda oz son
kishilargina nuqul aqliy faoliyat bilan shug‘ullanadilar va jismoniy mehnatdan xoli
qilib qo‘yiladilar. Bular olimlar bo‘lib, o‘zlari uchun jamiyat tomonidan ajratilgan
alohida zallarda ilm-fan bilan shutullanadilar. Lekin ular ko‘ngildagiday ishlab,
samarali natijalar bermasalar, bunday olimlarni ilm sohasidan chetlatib, hunar va
dehqonchilik bilan shug‘ullanishga majbur qilib qo‘yadilar.
Utopiyaliklar bo‘sh vaqtlarini kutubxonalarda va muzeylarda o‘tkazadilar,
o‘z bilimlarini oshirish bilan astoydil shug‘ullanadilar. Istagan kishilarning
hammasiga davlat shu kutubxonalar va mueeylardagi kitoblar, asboblar va shu
kabilardan to‘la ravishda foydalanish huquqini berib qo‘yadi. O‘z bilimini mustaqil
ravishda oshirish yo‘li bilan chuqur bilim olgan oddiy fuqarolarning ko‘plari
olimlar qatoriga o‘tkaziladi.
Tomas Morning ta’limotining pedagogikaga doir tarixiy ahamiyati shundaki
u hammani yoppasiga o‘qitish (umumiy ta’lim) prinsipini il-gari surdi, erkaklar
bilan ayollar ilm olishda teng bo‘lishini mustaqil ravishda ilm o‘rganish, katta
yoshdagi kishilarga marifat berishni mehnat asosida tarbiyalash jismoniy mehnat
bilan aqliy mehnat uyg‘unligi tavsiya etdi. U o‘quvchilar o‘z ona tilida o‘qitishni
talab qildi, o‘qitiladigan fanlarnnng keng ro‘yxatini tuzib, bu ro‘yxatda tabiiyot
ilmini birinchi o‘ringa qo‘ydi.
Buyuk slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592—1670) «Chex
qardoshlari» jamoasining yo‘lboshchilaridan biri bo‘ldi.
Komenskiy «Chex qardoshlari» jamoasiga mansub bo‘lgan oilada tug‘ildi,
jamoa hisobiga o‘rta va oliy malumot oldi. U jamoasining ruhoniysi qilib saylandi
va qardoshlik maktabiga boshchilik qildi. Komenskiy xalqning nemis dvoryanlari
va katolik cherkovi zulmiga qarshi olib borgan kurashida faol qatnashdi. O‘ttiz
yillik urush vaqtida reaksiya kuchlari jamoaning boshqa azolari qatorida
Komenekiyni ham qattik. taqib qildi. Komenskiy vatanni tashlab ketishga majbur
bo‘ldi.
«Chex qardoshlari» ko‘chib kelib o‘rnashgan Polshadagi Leshno shahrida
Komenskiy qardoshlik maktabiga rahbar bo‘lib qoldi, keyinroq borib yepiskop
qilib saylandi.
Komenskiy 1631 yili «Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi» degan
darslik yoedi. Birinchi marta shu kitobda lotin tilini o‘zlashtirishni tevarak-atrof
dunyoni o‘rganish bilan qo‘shib olib borish masalasi qo‘yildi. Quvg‘inlik
hayotining qiyinchiliklariga qaramay, Komenskiy o‘zining pedagogikaga doyr
asosiy asari bo‘lgan “Buyuk didaktika” (1632) yozib tamomladi. O‘qitish
jarayoni "haqidagi fanga negiz asos solgan bu kitob ko‘p tillarga tarjima qilindi va
Komenskiyning nomini butun dunyoga tanitdi. Komenskiy maktabgacha tarbiyaga
doyr «Onalar maktabi» degan jahonda birinchi qo‘llanma asarini (1633) ham
pedagogika fanini rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
U qonli urushlar va qattiq siyosiy hamda di-niy nifoqlar hukm surgan bir
davrda yalpi tinchlikni saqlash, siyosat, fan va maorif sohasida xalqlar hamkorligi
o‘rnatishni tavsiya qildi. U insoniy munosabatlar va jamiyat hayotini yaxshilash
maqsadida jahonning hamma mamlakatlari bilan aloqa bog‘lab turuvchi universal
markaz tasis etishni taklif qildi. Komenskiy «Insoniy ishlarni tuzatish haqida yalpi
maslahatlar» nomli 7 tomli katta asar yozdi (u hayot ekanligi vaqtida 2 tomi bosilib
chikdi, qolgan tomlari esa fakat 1935 yilda topildi va Chexoslovakiya Sosialistik
Respublikasida chop qilindi). Bu asari da «hammani va hamma narsada har
tomonlama tuzatish»ning insonparvarona va demokratik g‘oyani belgilab chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |