4- mavzu: O‘zbekistonda oila pedagogikasi fanining rivojlanishi tarixidan. Reja


Millatning joni uning axloqu odobida



Download 182,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana22.07.2022
Hajmi182,59 Kb.
#839581
1   2
Bog'liq
4-M

Millatning joni uning axloqu odobida.
Shuning uchun har bir millat o‘z urf-
odatlari, insoniy fazilatlarining jonkuyari, shu fazilatlar uchun o`zini o`tgaham, 
suvgaham urib, boringki, xayotning barcha achchg`і-chuchuk qismatlariga bardosh 
beradi. Millat boshiga eng og‘ir kulfat tushgandaham u o‘zining ma‘naviyatini 
bozorga olib chiqmaydi, nomusini sotib, vijdonini poymol etib kun ko‘rmaydi. 
Tarixning barcha issiq-sovuq zarbalari, tabiatning barcha yorug, qora kunlariga 
millat o`zining axloqiy-ma‘naviy boyligi ila bardosh beradi. Ana shunga ko‘ra 
biror kimsa orttirgan obro‘, biror inson erishgan yorlig, biror odam keltirgan 
shuxratham, kimlarningdir qing`ir ishlari, noba-korning fisqu fujuri, dilozorning 
tuxmat xanjari—hamma~ hammasi el-yurt, millat yuragiga, ruhiga ta‘sir qiladi. 
Oxirgi paytlarda keksalarimiz orasida «yoshlarning odobi buzilib ketdi» degan 
ta‘nalarni eshitadigan bo`lib qoldik. Birovlarning molu mulkiga va joniga qasd 
qiladigan past nusxalar ilondek izІib qolganini ko`rib, eshitib yuribmiz. Bir paytlar 
darvozasi qulf bilmagan, bir necha oylab uy-joyini quni-qushnilarga ishonib dala 
hovlilariga ko`chib ketadigan o`zbegim bugun kelib eshik taqqillasa avval 
derazadan muralaydigan bulib qoldi. Shunga o`xshash kasalliklarning ijtimoiy 
sabablari bulsa-da axloq-odob borasida yul quyilgan kamchiliklarham ularga sabab 


bo`lmoqda. Bir paytlar onalar yelkasiga ag`darilgan «erkinlik» yuki ularning 
oiladagi birinchi navbatdagi tarbiyachi ekanliklarini chippakka chiqardi. Onalar 
mamlakat iqtisodiy, moddiy boyligini kupaytirish uchun shunchalik dadil va keng 
jalb yetildiki, pirovardida ularham jismonan,ham ma‘naviy,ham ruhiy boyligidan 
judo bulib qoldilar. Bir necha bolani voyaga yetkazish, tarbiyalash va oyoqqa 
turg`azishning o`zi ulkan ijtimoiy, milliy va umumbashariy boylik ekaniga 
ahamiyat berilmadi. Ayollarning o`zlariga qarashga vaqti bo`lmagach, bolalari 
tarbiyasiga vaqti bo`larmidi? Ayrim yoshlardagi beandishalik, behayolik va 
bezoriliklarning ildizi ana shunda. 
Oilada yosh avlodni ota-ona namunasi oila an‘analari, shajarasi, kasb-kori, 
axloqiy-ma‘naviy qadriyatlari asosida tarbiyalash, ular ongida oilaga sadoіat, 
o`zaro mehr-muhabbat, hurmat hissini shakllantirish vositasida ularni oilaviy 
hayotga tayyorlash kutilgan natija beradi. Buning uchun ota-onalarni tarbiya 
jarayoniga tayyorlash maqsadida ota-onalar universitetlari ishini tiklash va 
takomillashtirish, umumta‘lim maktablari, oliy va o`rta maxsus ta‘lim mazmuniga 
«Yoshlarni oilaviy hayotta tayyorlash» kursini kiritish maqsadga muvofiіdir. Ota-
onalarga oila tarbiyasida metodik yordam beruvchi «Oila kutubxonasi» 
seriyasidagi kitobchalar va maxsus «Oila» jurnalini nashr qilishni yo`lga qo`yish, 
barcha yo`nalishlardagi oliy va o`rta maxsus ta‘lim muassasalariga «Oila 
psixologiyasi va pedagogikasi» kursini joriy etish oilani namunali tarbiya 
maskaniga aylantirish vositasidir. 
Balog‘atga yetayotgan yigit-qizlarimiz o‘tkazilayotgan ta‘lim, islohotlaridan 
mamnun bo‘lishi tabiiydir. Shuning uchun, respublikamizning barcha viloyatlari, 
tumanlari va qishloqlaridagi o‘quv dargohlari zamonaviy uslubda jixozlanishi, 
ta‘lim tizimiga esa yangicha ruh kiritilishi, Xalq ta‘limi, Oliy va o‘rta maxsus 
ta‘lim vazirliklari, umumta‘lim maktablari, oliy va o`rta maxsus o‘quv yurtlarida 
ta‘lim-tarbiya mazmunini, oila ta‘linmi va tarbiyasi bilan hamohang ravishda 
amalga oshirish zarur. Buning uchun esa: 


-ta‘lim-tarbiya shakllari, usul va vositalarini jahon andozasi talablariga mos 
tarzda rivojlantirish;
ta‘lim, madaniy-ma‘rifiy muassasalarni yangi zamonaviy 
texnika va texnologiya asosida jihozlash; 
-o‘qituvchi-murabbiylarning, 
ota-onalarning 
ijodiy 
izlanishlarini 
va 
mahoratlarini oshirishning samarali yo‘llarini topish; 
-
qishloq 
yoshlariuchunta‘lim-tarbiyamuassasalariningilg‘ormodellarini 
hayotgakengjoriyetish; 
-
oila – mahalla - maktab tizimida ta‘lim-tarbiya samaralimazmunini va usullari 
amaliyotga keng joriy etish; 
- yoshlarning bush vaqtlarini oila-maktab va jamoatchilikhamkorligida qiziqarli, 
maqsadli tashkil etishga erishish zarur.
 
Sharq mutafakkirlarining oila tarbiyasiga doir fikrlari. Oila tarbiyasidagi 
bolalar xayotini to‘gri uyushtirish, ularni vaktdan tugri va unumli foydalanishning 
asosiy garovi ekanligini ota-onalar o‗z farzandlariga uqtirishlari lozim. Oila 
tarbiyasi masalalari bo‗yicha maxsus Abu Ali Ibn Sino «Tadbir al-manozil» nomli 
asarini yozgan. Unda olim ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini 
yoritgan. Asarda oilada ota-onaning vazifasi va burchiga va oila munosabatlariga 
to‗xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mexnatsevarligi bilan farzandlarini 
ham kasb va hunarga o‗rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi. 
Ibn Sino tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy masalalarigakeng o‗rin 
berilgan. 
Ota oilada o‗z farzandlarigaxar tomonlama yurish-turishda, nutk odobida, 
so‗z madaniyatida, o‗zaro muomala jarayonida eng muhimi amaliy ish faoliyatida 
to‗g‗rilik va xaqqoniylik, samimiylikka namuna bo‗lmog‗i kerak. Oilada farzand 
tarbiyasining to‗g‗ri yo‗lga qo‗yishning asosiy vositasi uningma‘naviy olamida 
e‘tiqodni shakllantirish, deb hisoblagan edi olim. 
Muhammad Sodiq Qoshg‗ariy«Odob as-solixan» asarida uylanadigan yigit 
nikoxdan oldin uylanmoqchi bo‗lgan qizini ko‗rmog‗i, uylanadigan qizining bokira 
bo‗lmog‗i hamda to‗rt narsa umrda, komatda, molda va nasabda erdan past va to‗rt 
narsada, husnda va jamolda, xulqda, adabda va iffatda erdan yuqori bo‗lishi 


zarurligini, ta‘kidlaydi. Bu fikr turmushda tinch va totuv yashash, oiladaer-xotin 
munosabatlarida katta ahamiyatga ega.
Davoniyningfikricha:«Ota-ona bolagajamiyatda mavjud bo‗lgan xulq-odob 
qoidalarini singdirishga, yurish-turishga, yeyish-ichish, o‗z qilmishi uchun 
ma‘suliyatni sezish, shirinsuxand bo‗lish, yaxshilik, ezgulik kabi axloq qoidalarini 
egalllashiga yordam berishi lozim». Rudakiy oilada bola tarbiyasi, yosh avlod 
kamolotda ota-onaning burchi haqida ham muhimfikrlarni ilgari suradi. Chunonchi 
ruboiylari zamonasidagi aksariyat odamlar, xatto ma‘rifatli zotlar ham 
farzardlarining tarbiyasiga e‘tiborsizlik bilan qarab, donishmandning bolasi joxil 
bo‗lib qolayotganligidan afsuslanadi.
Inson tug‗ilgan paytidanoq tarbiyaga muhtojdir. Uning ilk tarbiyachilari 
albatta ota-onasidir. Buning uchun oila muhitidaota-onalar bilan bolalar 
o‗rtasidao‗zaro hurmat bo‗lgandagina tarbiyada yaxshi natijalarga erishi mumkin 
bo‗ladi. Bolalarga oilada ta‘lim-tarbiya berish jarayonida, kerakli o‗rinlardasharq 
mutafakkirlarining asarlarida berilgan fikr mulohazalaridanoqilona foydalanilsa 
maqsadga muvofiq bo‗ladi
Forobiy o‗z davrining buyuk olimi sifatida ko‗pgina fanlarga oid asarlar 
yozish bilan birga Sharqda qadim yunon falsafasi, qadimiy dunyoning eng 
mashhur olimi Aristotelning asarlarini o‗rganish ularga sharhlar yozish o‗oyalarini 
taro‗ib etadi va faylasuf o‗oyasini yanada rivojlantirishga ulkan hissa qo‗shadi, 
butun Sharqda "Ikkinchi muallim" unvoniga sazovor bo‗ldi. U yunon olimlari 
Platon, Galen, Evklid, Parafiy, Suqrot kabi olimlar risolalariga sharhlar yozdi. 
Forobiyning fikricha, mavjudotning eng buyuk va eng etuk mahsuli-bu 
odamdir. Inson o‗zining ongi, aqli, sezish qobiliyatiga egadir. Inson o‗z aqli 
yordamida o‗zini o‗rab olgan mavjudotning mohiyatini tushunadi.Forobiyning 
pedagogik ta‘limotlari o‗z davri uchun ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo‗lib, 
insonparvarlik o‗oyalari bilan suo‗orilgan. 
Forobiy insonparvarligi uning ta‘lim-tarbiya, inson shaxsiyatini kamol 
toptirishning yo‗l-yo‗riqlari, ilm-ma‘rifatiga erishuvning usullari, ijtimoiy 


muammolarni echish masalalari asosida yotadi. Bu esa bugungi pedagogikaning 
metadologik asoslarini yaratishda o‗z o‗rni bor. 
Xalq og‗zaki va yozma ijodiyoti, xalq yodgorlik obidalari taraqqiyot 
jarayonida paydo bo‗lgan, rivojlangan qadriyat darajasiga ko‗tarilgan an‘analar, 
urf-odatlar, rasm-rusmlar, amaliy faoliyatda katta ahamiyat kasb etadi. 
Qomusiy mutafakkirlar va mashhur pedagoglarning o‗rni diqqatga sazovordir. 
Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Rudakiy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, 
Voiz Koshifiy, chex olimi Yan Amos Komenskiy, shveysariyalik pedagog Iogann 
Genrix Pestalotsi, nemis pedagogi Adolf Disterverg, rus pedagogi K.D.Ushinskiy 
kabilar o‗z ijodiyotlarida pedagogikaning metodologik asosini yaratdilar. 
Pedagogika fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari, tamoyil, uslub va vositalari, 
umuman xar bir inson uchun zarur bo‗lgan tarbiyaviy ta‘sirlar yangicha asosga ega 
bo‗lishi kerak. 
Avvalo,maqsad va vazifalari, yangi yo‗nalishlari, ta‘lim va tarbiya mazmuni, 
shakl va metodlari hamda boshqa qator muammolar yangicha yondashuv milliy 
istiqlol o‗oyalari va milliy mafkura asosida yaratilishi muhim. Shuningdek, 
I.A.Karimov o‗z risola, nutq va suhbatlarida ilgari surgan fikrlar, o‗oyalar, ana shu 
fikr va qarashlar asosida yaratilgan "Milliy istiqlol o‗oyasi: asosiy tushuncha va 
tamoyillar" pedagogika fanining metodologik asosi sanaladi.
Shu bilan birgafanining ham o‗z ildizlari, sarchashmalari mavjud. Ma‘lumki, 
ta‘lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz moziyda ham eng muhim, bosh 
masala inson, uni barkamol etib tarbiyalash bo‗lganligining guvohi bo‗lamiz. Eng 
qadimgi manbalardan boshlab, keyinchalik paydo bo‗lgan ta‘limiy-axloqiy 
asarlarda ham nazariy, ham amaliy masalalar tahlil etilganki, uning asosida inson 
shaxsini ma‘naviy-axloqiy shakllantirish muammosi markaziy muammo bo‗lgan. 
Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‗u bilig" asaridan boshlab, Kaykovusning 
"Qobusnoma", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-Haqoyiq", Sa‘diyning "Guliston", 
Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub", Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston 
yohud axloq" va boshqa juda ko‗p didaktik asarlarning har birini bir pedagogik 


darslik desak yangilishmagan bo‗lamiz. Biz ana shu asarlarga tayangan holda 
tadqiqot ishlarini olib borgan taqdirdagina oila asoslarini boyitgan bo‗lamiz. 
I.A.Karimov bu borada shunday degan edi: 
O‗zbekistonni yangilash va rivojlantirishning yo‗li o‗z to‗rtta asosiy negizga 
asoslanadi. Bu negizlar: 
-umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 
-Xalqimizning ma‘naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; 
-insonning o‗z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 
- vatanparvarlik‖ 
O‗zbekistonda mustaqillikni saqlab qolish va uni mustahkamlashda oila 
pedagogika fani va uning metodologik asoslariga bevosita bog‗langan holda har bir 
pedagog masalaga ijodiy, rivojlanuvchi nuqtai nazaridan yondashishi zarurdir. Ana 
shunda mazmunan yangilanayotgan zamon talablari asosida shakllanayotgan 
pedagogika - inson ruhiyatiga ta‘sir etuvchi zamonaviy metodlar asos 
bo‗lgandagina haqiqiy, milliy va zamonaviy tarbiyashunoslik faniga aylanishi 
muqarrar. 
Adabiyotlar 
1.Musurmonova O. Oila ma‘naviyati -milliy o‘quv qo‘ll. T.: ―O‘qituvchi‖, 1999 
2.Safarov O., Maxkamov M. Oila ma‘naviyati. Uslubiy qo‘llan. T.: ‘‘Ma‘naviyat‖, 
2009. 
3.Xasanboyeva O. Oila pedagogikasi darslik T.: ―Aloqachi, 2007. 
4.Shoumarov F .B. va boshqalar. Oila psixologiyasi. Darslik T.: ―Sharq‖ 2008. 
5.Muxsiyeva A.Sh. Oila pedagogikasi. O‘quv qo‘llanma. T.: ―TDPU‖, 2017y. 

Download 182,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish