SINDOR USKANOV-PU3-PP/592 PPS-120
Mavzu: Sinaps mediatorlari
Sinaps
(
qadimgi yunoncha
:
synapsis
— ulanish, tutashish) — nerv hujayralari
(
neyronlar
)ning oʻzaro va ijrochi organlar hujayralari bilan tutashgan joyi. Sinaps
signallarni
impulslarga
aylantiradi va uzatadi. „Sinaps“ terminini birinchi boʻlib ingliz
fiziologi
Charlz Sherrington
neyronlararo aloqani tushuntirish uchun qoʻllagan (1897).
Sinaps yordamida neyronlar bir-biri bilan bogʻlanadi. Natijada nerv sistemasining
aktivligi va bosh miyaning integrativ faoliyati kuchayadi. Sinaps sinaptik uchlar, ikki
hujayra oraligʻidagi sinaptik tirqish
(bu 200
Å
, baʼzi sinapslarda 1000
Å
va undan ortiq)
?
va
sinaptik uchlarga tegib turuvchi hujayra qismi kiradi. Neyronlararo sinaps, odatda, bir
nerv xujayrasi
aksonining
tarmoqlari va tana,
dendritlar
yoki boshqa neyron aksoni
vujudga keltiradi; hujayralar oraligʻida sinaps tirqishi boʻlib, bu tirqish orqali qoʻzgʻalish
mediatorlar (kimyoviy sinaps), ionlar (elektr sinaps) yoki ikkalasi (aralash sinaps)
yordamida uzatiladi. Sinaps funksional ahamiyatiga koʻra, hujayra faoliyatini
aktivlashtiradi yoki tormozlaydi. Elektrotonik Sinapsda quyi molekulyar birikmalar bir
hujayra sitoplazmasidan ikkinchisiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtish imkoniyatiga ega.
Elektrotonik sinaps signallarning tez va oʻzgarmasdan, kimyoviy sinaps esa faqat bir
tomonga uzatilishini taʼminlaydi. Hujayrani tormoz holatiga olib keladigan sinaps ham
bor. Bular tormozlovchi sinaps deb ataladi va shular yordamida qoʻzgʻalgan holat goʻyo
„yoʻqotiladi“. Bu bilan nerv hujayralari oʻta qoʻzgʻalishdan saqlanadi. Hujayralar
oʻrtasidagi sinaptik aloqa nerv hujayralarining funksional birlashishida, qoʻzgʻalish va
tormozlanish jarayonlarining yoʻnalishini, shuningdek, organizmning taʼsirlovchiga
nisbatan boʻlgan reaksiyasini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi.
Mediatorlar
(
lotincha
:
mediator
— vositachi) yoki
neyrotransmitterlar
— fiziologik faol
moddalar, nerv qoʻzgʻalishining kimyoviy vositachilari.
Molekulalari
hujayra
membranasining
maxsus
retseptorlari
orkali reaksiya koʻrsatish va membrananing mu-
ayyan ionlarni oʻtkazish xususiyatini oʻzgartirish xossasiga ega boʻlib, taʼsirot potensiali
— faol elektr signalini hosil qiladi (generatsiyalaydi). Mediatorlar
nerv impulslari
taʼsirida
ajralib chiqib, ularning nerv uchidan ishchi aʼzoga va bir
nerv hujayrasidan
boshqasiga
oʻtishida ishtirok etadi. Istalgan aʼzo yoki toʻqima taʼsirlanganda teri, shilliq qavatlar,
muskullar, boʻgʻimlar va barcha ichki aʼzolarga kirgan nerv oxirlarida nerv impulsi —
signal hosil boʻlib, u sezuvchi tolalar orqali
markaziy nerv sistemasi
(
orqa
va
bosh
miya
)ga yetkaziladi. Undan impuls harakatlantiruvchi nervlar orqali muskullarga keladi va
ularni javob reaksiyasiga chorlaydi. Impulsning miya hujayralarini qoʻzgʻatishi va soʻng
harakatlantiruvchi nerv oxiridan
muskullarga
oʻtishi uchun kimyoviy vosita — mediator
zarur.
Avstriya
fiziologi va farmakologi O.Levi nervlar qoʻzgʻalganda biologik faol
moddalar ajralib chiqib tegishli aʼzoni faol holga keltirishini tajriba yoʻli bilan aniqladi
(1921-yil). Elektron mikroskopik tekshirishlardan Mediatorlar
nerv oxirlarining
nerv
xujayra tanasi bilan tutashgan joyda —
sinapslarda
mavjud boʻlgan koʻp sonli
pufakchalarda hosil boʻlishi maʼlum boʻldi. Nerv qoʻzgʻalganda (qarang
Qoʻzgʻalish
)
sinaptik pu-fakchalarning bir qismi yoriladi va ulardagi omil nerv yoki muskul
xujayrasining membranasi bilan oʻzaro taʼsirlanib, ushbu xujayrani qoʻzgʻatadi. Bu
sekretor jarayonni nazorat qilishda S" ionlarining ahamiyati katta. Faqat qoʻzgʻalishda
emas, balki markaziy va periferik
nerv sistemasining
barcha boʻlimlari tormollash anda
ham (qarang
Tormozlanish
) Mediatorlar ajralishi aniqlangan. Mediatorlar qatoriga
atsetilxolin,
dofamin
,
adrenalin
,
noradrenalin
,
serotonin
,
gistamin
, simpatii,
qator
neyropeptidlar
(
ensefalinlar
va boshqalar), maʼlum
bir
aminokislotalar
(
glutamin
,
asparagin
,
glitsin
va boshqalar) kiradi. Mediatorlarni
oʻrganish fiziologiya (
gumoral regulyasiya
),
farmakologiya
(markaziy va
vegetativ nerv
sistemasining
faoliyatini kuchaytiradigan va susaytiradigan trankvilizatorlar,
ganglioblokatorlar sintez qilinishi), neyrojarrohlikda muxim klinik ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |