E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi


Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari



Download 9,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/64
Sana22.07.2022
Hajmi9,39 Mb.
#839134
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64
Bog'liq
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

9.4. Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari
Keksalik davriga 75-90 yoshdagi erkak va ayollar (buva va buvilar) kiradi 
va bunday odamlaming boshqa yosh davrlaridagi odamlardan keskin 
farqlanadigan xususiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Keksalami jismoniy va 
aqliy faollikka moyil hamda passiv turmush tarziga ko‘nikkan qariyalar 
guruhlariga ajratish mumkin. Ijtimoiy faollik fahriyalar jamoasida, kasbiy 
jamoalar faoliyatida qatnashishda o‘z ifodasini topadi.
Keksalik davrida foniy dunyodan umidsizlik tuyg‘usi paydo bo‘ladi va bu 
hoi faollikni, istiqbol rejalarini tuzishga intilishni susaytiradi. Lekin “0 ‘g ‘lir.ini 
uylantirsam, dunyodan armonim yo*q” qabilidagi mulohazalar doimiy odatga 
aylanib qolgan. Keksalikning ikkinchi muhim xususiyati betoblikda vasiyat 
qilish, 
qarindosh-urug‘lardan rozi-rizolik tilashishdir. 
Jismoniy 
harakat 
imkoniyatiga ega bo‘lgan qariyalar mehnat qilishga intiladilar, biroq uning 
mahsulidan ko‘ngillari sira to‘lmaydi. Ular tarixiy voqealami tirik guvoh sifatida 
batafsil bayon qilib beradilar. Nutqdagi ju z ’iy kamchiliklami hisobga olmaganda 
(ayrim mantiqiy bog‘lanishdagi nuqson, talaffuzning buzilishi) keng ko‘lamdagi 
axborotlami o'zgalarga uzatish imkoniyatiga ega.
Biologik qarish psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar va xatti- 
harakatlarda keskin o'zgarishlami vujudga keltiradi. Aksariyat sezgi organlari 
zaiflashadi, asab sistemasi kuchsizlanadi, ma’lumotlami qabul qilish (xotira) va 
ulami qayta ishlash, mohiyatini anglash (tafakkur), u yoki bu holatlarga nigohini 
to‘plash va unda muayyan muddat tutib turish (diqqat) qiyinlashadi... Irodaning 
kuchsizlanishi og‘riq sezgilariga nisbatan bardoshlilik tuyg‘usini yemira 
boshlaydi. Natijada tashqi ta’simi qabul qilishda diqqatni saralash xususiyati o ‘z 
ahamiyatini yo‘qotib borishi sababli qari odam bola tabiatli arazchan, ko‘ngIi 
bo‘sh, hissiyotga beriluvchan xarakterli boMib qoladi. Shuning uchun ular bilan 
muloqotga kirishishda mazkur shaxsning sifatlarini hisobga olish maqsadga 
muvofiqdir. Xotiraning zaiflashuvi qariyalarda xayolparastlik illatini keltirib 
chiqaradi, ko‘pincha esda olib qolish, esda saqlash va esga tushirish o ‘rlasida 
ko‘pgina sabablarga ko*ra nomutanosiblik tug‘iladi, natijada unutish jarayoni 
kuchayadi. Diqqatoi muayyan ob’ektga to‘play olmaslik oqibatida biron faoliyat 
turi ustida uzoq mashg‘ul bo‘la olmaslik vujudga keladi. Narsa va jism lam i 
noto‘g ‘ri idrok qilish, ya’ni illyuziyalar ko‘proq o‘rin egallaydi. Monokulyar va
240


binokulyar ko'rishda xilma-xillik yuzaga keladi. Xarakter xislatlarida chekinish, 
hadiksirash, ishonchsizlik hislari yetakchi rol o'ynay boshlaydi.
Psixologlardan I.Baylash va D.Zabeklar keksalarda xotira, idrok, mantiqiy 
tafakkur, eruditsiya, nutq sur’ati kabilami tadqiq qilib, ular o‘rtasidagi 
korrelyatsion bogianishni (xotira - 0,20, idrok - 0,28, mantiqiy tafakkur - 0,37, 
eruditsiya - 0,33, nutq tezligi - 0,40 ligini) aniqlaganlar. Amerikalik psixologlar 
Frend va Zabeklar keksalik davrida tafakkuming tanqidiyligini o‘rganishda 
deduksiya va sillogizmlardan foydalanib, keksalikda tafakkuming ob’ekti 
torayishi va keskin rad qilish kuchayishini aniqlaganlar. D.Bromley qariyalarda 
ijodiy tafakkuming pasayishi, o‘ta qiyinchilik bilan yangi sharoitga moslashuvini 
va dogmatizmga asoslanishini topgan.
B.A.Grekov so‘z assotsiatsiyasi metodi asosida keksalarda xotira 
jarayonining xususiyatini tekshirgan. Uning ma’lumotlarini quyidagicha 
ifodalash mumkin:
1) 70-80 yoshlardagi keksalikda xotira (ayniqsa mexanik esda olib qolish) 
zaiflashadi;
2) 70-89 yoshlarda mantiqiy-ma’noli xotirada miqdoming ahamiyati 
saqlanadi;
3) obrazli xotira zaiflashadi;
4) 70-89 yoshlarda xotiraning barqarorlik negizida ma’noning ichki 
aloqasi yotadi;
5) uzoq muddatli xotira kuchsizlanadi;
6) 90 yoshda nutqning ichki bog‘lanishi buziladi;
7) xotiraning obrazli, hissiy turlari nutqning tuzilishiga bo‘ysunmay qoladi.
Psixologiyada qariyalarda aqliy faollikni o‘rganishda korreksion sinov va
Krepilin sinovidan foydalaniladi. Kamolotning umumiy modeli U. Shayening uch 
omilli variantlari yordamida yaratiladi.
Hozirgi zamon psixologiya fanida keksalikni uchta tomondan: ontogenez 
psixologiyasi, psixogerontologiya va tibbiyot psixologiyasi yo'nalishlarida 
o‘rganish zarur ma’lumotlar to‘plash imkoniyatini bermoqda.
Sog‘lom qariyalarda donishmandlik umming oxirgi nafasiga qadar 
saqlanishi tajribalarda qayd qilindi. Psixopatologik holatlar barcha qariyalar 
uchun majburiy bosqich emasligi ham tasdiqlangan.
Keksalik 
davrida, 
umuman 
ayollar 
bilan 
erkaklar 
o‘rtasidagi 
donishmandlikda farq mavjud bo‘lsa ham, 
lekin qariyalar orasidagi 
donishmandlik, donolik xislatlari ham ikkala ham jinsga xosdir. Shuning uchun 
ikkala jins o‘rtasida biologik qarishda tafovut mavjud bo‘lsa-da, lekin ruhiy 
jihatdan zaiflashuv jarayonida o‘zaro yaqinlik hukm suradi.
Psixogerontologiyada yuksak ijodiy faoliyatning o‘ziga xos ko‘rinishlarini 
tadqiq 
qilish 
rassomlar, 
yozuvchilar 
va 
bastakorlaming 
ijodini, 
huquqshunoslamiig qobiliyati va mahoratini hisobchilaming kasbiy malakalarini 
o‘rganish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan.
241


G.Leman o‘ztadqiqotlarida turli sohalardagi mutaxassislar faoliyatini tahlil 
qilib, ulaming o‘ziga xos xususiyatlarini atroflicha ifodalagan. Masalan, fransuz 
rassomi Klod Mone 50 yoshda 86 yoshigacha ijodiy quw atini sira 
bo‘shashtirmay, sermahsul mehnat qilgan. Uning ijodida hech qanday tushkunlik 
ro‘y bermagan. Ijodiy mahsuldorlik evolsiyasi Titsian, L.Kronax, O.Tian, 
Mikelanujelez kabi o‘nlab ijodkorlarga xosdir.
G.Leman o‘z tadqiqotlarida ijodiy faollikning o ‘ziga xos ko*rinishlarini 
yozuvchi misolida o‘rgangan. Muallif hind yozuvchisi R.Tagoming ijodiyotini 
tahlil qilib, uning ijod chuqqisi 69 yoshda bo‘lganini aniqlagan (yozuvchilar 
ijodiyot chuqqisi 34 yoshda, 43 yoshda ham uchraydi). R.Tagoming 25 yoshida 
yozgan “Kelin” she’ri bilan 78 yoshda yozgan “Sarob” asari o ‘rtasidagi 
o4xshashlik va ustunlik chuqur ifodalangan.
G.Leman bastakor I.S.Bax (1685-1750) ijodiyotini tekshirib, uning 
durdona asarlari keksalikda yaratilganini aniqlagan. G.Leman o‘z tajribalarida 
huquqshunoslik, hisobchilik kasblaridagi shaxslami o‘rganib, ular ijodiyotini 
muhim jihatlarini ochib bergan.
A.RXuriya xotiraning o‘ziga xos xususiyatini jum alist misolida o‘rganib, 
keksa kishilar psixikasi bo'yicha ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan 
ma’lumotlar to‘plagan.
Keksalik yoshidagi chol va kampirlarda o*z shaxsiyatiga yangicha 
munosabatlar paydo bo‘ladi. Ko'pincha ular o‘zlarini kamroq bezovta qilishga, 
jismoniy kuch-quwatni 
ayashga, 
ehtiyotkorlik bilan 
harakat qilishga 
odatlanadilar, organizmlarining toliqishiga yo‘l qo‘ymaydilar, iloji boricha nutq 
faoliyatiga kamroq murojaat qiladilar, ortiqcha axborotlami qabul qilmaydilar. 
Shuning uchun keksayganda “jon shirin bo‘lib qoladi”.
Keksalikda er-xotin o‘rtasidagi munosabat yanada mustahkamlanadi, yangi 
shakl va yangi sifat kasb etadi. Muloqot kezida barcha taassurotlar, ma’lumotlar, 
kechinmalar, his-tuyg‘ular yuzasidan fikr almashadilar. Bir-birlarini qumsash, 
hamdardlik kabi yuksak tuyg‘ular totuvlikni yanada mustahkam lay di.
Keksalik davrining yana bir xususiyati boshqa kishilarga, begonalarga ham 
xayrixohlik bildirishdir. Ana shu yuksak insonparvarlik hissi tufayli ular yer 
yuzidagi jamiki inson zotiga yaxshilik tilaydilar. Bu so'nggi yuksak tuyg‘u 
baynalmilalchilikning tabiiy ko(rinishidir. Qariyalardagi rahmdillik, poklik, 
orastalik, muloyimlik, samimiylik singari tuyg‘ulaming ifodalanishi boshqa yosh 
davridagi odamlar tuyg‘usiga aslo o ‘xshamaydi. Shuning uchun “qari bilganni -
pari bilmas”, - degan naql bor.

Download 9,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish