Tayanch so‘zlar:
psixologiya, psixika, ruhiyat.
Nazorat savollari
1. Psixologiya so‘zining ma’nosi nima?
2. Sport psixologiyasi qanday fan va u nimani o‘rganadi?
3. Sport psixologiyasi yuzasidan kitob va qo‘llanmalar
qachon bosilib chiqa boshlangan?
4. Amerikaning mashhur psixologlaridan kimlarni bilasiz?
5. Rimda sport psixologlarining I Kongressi qachon bo‘lgan
va unda qanday hujjat qabul qilingan?
3-4 DARS
MAVZU: SPORT PSIXOLOGIYASI USLUBLARI
Reja:
1. Psixologiya fani uslublari.
2. Tashkiliy uslublar.
3. Empirik uslublar.
4. Tahlil uslubi.
5. Interpretatsiya uslubi.
Ilmiy tekshirishlar natijasida B.G. Ananyev sport
psixologiyasi uslublarini quyidagi 4 guruhga bo‘ldi:
1. Tashkiliy uslublar.
2. Empirik uslublar.
3. Ilmiy faktlarni son va sifat jihatdan tashkil qilish.
6
4. Interpretatsiya uslublari.
1. Tashkiliy uslublar ilmiy tekshirishning maqsadini,
strategiyasini belgilaydi va u ham o‘z o‘rnida 4 guruhga bo‘linadi:
a) taqqoslash
b) longitudinal
d) yoshga bo‘lib taqqoslash
e) kompleks metod.
Taqqoslash uslubi
psixik jarayonlarda shaxslarning psixik
holatlari, yoshi, jinsi, sport turi, malakasi, sport tayyorgarligi,
mashqlarni o‘tkazish sharoitiga qarab o‘rganiladi va
taqqoslanadi.
Longitudinal uslub
sportchining ko‘p yillik psixik va
psixomotor rivojlanishini kuzatish asosida olib boriladi. Bu
uslub sportchining bolalarda ularning psixik o‘zgarishlari va
harakatlarining o‘zgarishiga ta’sirini o‘rganadi.
Yoshga qarab taqqoslashda
bir xil yoshdagi sportchilarning
psixik va psixomotor rivojlanishlarini taqqoslab o‘rganadi.
Kompleks uslub ma’lum bir holatni har tomonlama
o‘rganishga asoslangan. Masalan, sportchi shug‘ullanayotgan
ma’lum bir vaqtda uning atrofda o‘zini his etishi, o‘zini turli
muhitga mos holda tuta bilishi, atrofni o‘rganish holati,
emotsional iroda kuchi, shaxsiy holati kuzatiladi.
Tayanch so‘zlar:
empirik, longitudinal, interpretatsiya,
taqqoslash, obyektiv kuzatish, psixodiagnostika, anketa uslubi.
Nazorat savollari
1. B.G. Ananyev sport psixologiyasi uslublarini necha
guruhga bo‘ldi?
2. Tashkiliy uslublarni tushuntiring.
3. Tashkiliy uslublar necha guruhga bo‘linadi?
4. Taqqoslash uslubini tushuntirib bering.
5. Longitudinal uslub qanday uslub?
6. Yoshga bo‘lib taqqoslash uslubini tavsiflab bering.
7. Kompleks uslub deganda nimani tushunasiz?
Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi
https://kitobxon.com/oz/asar/1678
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси
https://kitobxon.com/uz/asar/1678
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию
можно найти на сайте
https://kitobxon.com/ru/asar/1678