Deskriptiv lingvistika (ing.descriptive – tasviriy) – amerika strukturalizmi, ya’ni til tuzilishi
shakliy unsurlarini distributiv usullar yordamida tadqiq etish, o‘rganish.
Determinant – gapning boshlanishida mustaqil tarkibiy qism sifatida kelib, o‘zidan keyingi
qismga bir butun shaklda taaluqli bo‘lib, uning yaxlitligicha kengaytiradigan ikkinchi darajali
bo‘lak.
Deetimologizatsiya (lot. de – ayirish ma’noli old qo‘shimcha plyus etimologiya) – so‘zda
etimologik bog‘lanishning yo‘qolishi
Dialektologiya (yun. dialektos – sheva, lahja – logos – tushuncha, ta’limot) – filologiyaning
dialekt, lahja va shevalarini o‘rganuvchi bo‘limi
Diaxroniya (yug. dia – orqali + chronos – vaqt ) – ayrim til hodisalarining, yaxlitligicha til
tizimining tarixiy izchil rivojlanish bosqichlari lingvistik tadqiq etish
Do'stlaringiz bilan baham: |