O‛zbekiston respublikasi oliy va o‛rta


Qon plazmasi, uning tarkibi va xususiyatlari



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/25
Sana29.12.2021
Hajmi0,73 Mb.
#83661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
odamlar qon plazmasidagi oqsillar xususiyatlarini zamonaviy usullar yordamida aniqlash

1.2. Qon plazmasi, uning tarkibi va xususiyatlari. 

 

     Qon  plazmasi  qonning  suyuq  qismi  bo‟lib,  u  murakkab  aralashmadir.  Uning 

tarkibida  oqsillar,  yog‟lar,  uglevodlar,  mineral  tuzlar,  gormonlar,  fermentlar, 

antitelalar  va  erigan  holdagi  gazlar  (kislorod,  karbonat  angidrid  kabilar)  bo‟ladi. 

Qon  plazmasi  tarkibida  organizmning  hayoti-o‟sishi  va  rivojlanishi  uchun  zarur 

barcha oziq moddalar bo‟lib, ular ovqat hazm qilish organlaridan qonga so‟riladi. 

Qonning  doimiy  harakati  natijasida  bu  moddalar  hujayralarga  o‟tadi  va 

o‟zlashtiriladi. Moddalar almashinuvi natijasida hujayralarda hosil bo‟lgan qoldiq 

moddalar  qonga  o‟tib,  ayirish  organlariga  yetkaziladi  va  tashqariga  chiqarib 

yuboriladi.  Plazma  tarkibidagi  vitaminlar,  fermentlar,  gormonlar  hujayralarda 

moddalar almashinuvi jarayoni normal o‟tishida va antitelalar organizmni yuqumli 

kasalliklardan himoya qilishida muhim ahamiyatga ega.  Qon va limfa (to‟qima va 

tomirlardagi)  organizmning  ichki  muhiti  deb  yuritiladi.  To‟qimalar  oralig‟idagi 




 

14 


suyuqlik  (limfa)  hujayralarni  to‟g‟ridan-to‟g‟ri  o‟rab  turganligi  sababli, 

organizmning  haqiqiy  ichki  muhitini  tashkil  etadi.  Qon  esa  organizmning  oraliq 

muhitini  tashkil  etadi,  u  tomirlarda  bo‟lib  hujayralar  bilan  to‟g‟ridan-to‟g‟ri 

aloqada  bo‟lmaydi:  Uning  ahamiyati  qon-tomirlar  tizimining  tashuvchilik 

funksiyasi  bilan  aniklanadi.  Qon  o‟ziga  xos  suyuq  to‟qima  bo‟lib:  boshka 

to‟qimalarga o‟xshash va hujayra  elementlarini qizil  qon,  oq qon  tanachalarni  va 

qon  plastinkalarini  saqlash  bilan  yana  hujayradan  tashqi  modda  (rang)  larni 

saqlaydi. 

To‟qima  limfasi  hujayralar  tomonidan tinimsiz  talab qilinadigan  kislorod va 

to‟yimli  moddalarni  qondan  oladi  va  unga  hujayralar  faoliyati  natijasida  hosil 

bo‟lgan  oraliq  va  oxirgi  moddalarni  beradi.  Qon  va  to‟qima  limfasi  orasida 

kuzatiladigan  bunday  almashinuv,  organizmni  xaqiqiy  ichki  muhitning  tarkibiy 

jihatdan  nisbatan  doimiyligini  ta‟minlaydi.  Qon  tarkibining  doimiyligini 

organizmdagi  qator organlar ta‟minlaydi va  ularning  ishtiroki tufayli  organizmda 

sarflangan  kislorod  va  to‟yimli  moddalarning  o‟rni  to‟ldiriladi  va  hujayralardagi 

almashinuv  mahsulotlavrini  ortiqcha  qismi  chiqarib  tashlanadi.  Nafas  organlari 

faoliyati  tufayli  qon  kislorod  oladi    va  karbonat  angidrid  gazini  beradi.  Boshqa 

almashinuv mahsulotlari asosan buyraklar va qisman ovqat hazmi organlari shilliq 

pardalari va teri orqali chiqariladi. To‟yimli moddalar qancha (asosan ichaklardan) 

hamda  qaysi  organlarda  depo  holida  (yog‟  to‟qimalari  va  jigardan)  saqlansa 

o‟shalardan oladi. 

Turli  organlarda  kechayotgan  almashinuv  jarayonlari  bir-biri  bilan  uzviy 

bog‟langan. Bitta organ faoliyatining mahsuloti qancha qonga tushsa u qon orqali 

boshqa  organga  tushadi, qaysiki  ular  almashinuv  jarayonlarida  kerakli  ishtirokchi 

bo‟lish  uchun  zarur  bo‟lsa,  ayrimlari  bu  jarayonni  tezlashtirishi,  ayrimlari 

parchalanishi yoki qayta sintezlanishi mumkin. Organlarning bunday gumoral yo‟l 

bilan o‟zaro aloqasi qon orqali bajariladi va bunda ichki sekresiya bezlaridan ishlab 

chiqiladigan  garmonlar  muhim  ahamiyatga  ega.  Qonning  yana  bir  funksiyasi  - 




 

15 


organizmni  hujayra  tanalarining  parchalanishi  natijasida  hosil  bo‟ladigan 

mahsulotlar,  hamda  yog‟  moddalarning  zararli  ta‟siridan  va  ayniqsa  kasallik 

chaqiruvchi mikroblar va ular ajratadigan zaharlardan himoya qilishdir. 


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish