4. Iste’molchilarning tovar sifati haqida ma’lumot olish xuquqi va sifatli
yoki sifati lozim darajada bo’lmagan tovarlar (ish xizmatchilar)ni topshirish
oqibatlari.
Iste’molchi tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir
kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlangan takdirda sotuvchi (ishlab chiqa-I
ruvchi) uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga etti kunlik muddatda,
tovar sifatini qo’shimcha ravishda tekshirish zarur bo’lganida èsa, iste’molchi talab
qo’ygan paytdan è’tiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart.
Ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar bo’lmagan taqdirda,
iste’molchining almashtirib berish xususidagi talabi da’vo qilingan paytdan
è’tiboran bir oy ichida qondirilishi kerak. Cho’l va olis joylarda, tovarlar vaqti-vaqti
bilan olib boriladigan joylarda iste’molchining bunday talabi ushbu joylarga
navbatdagi tovar etkazib berish uchun ketadigan muddat ichida, lekin ikki oydan
kechiktirmay qondirilishi lozim.
Ana shu muddatlarning o’tkazib yuborilgan har kuni uchun sotuvchi (ishlab
chiqaruvchi) iste’molchiga almashtirilgan tovarni berish bilan bir vaqtda tovar
bahosining bir foizi mikdorida neustoyka (penn) to’laydi.
Iste’molchining roziligi bilan sotuvchi nuqsonli tovarni boshqa markali
(modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib berib, xarid narxini tegishincha
qayta hisob-kitob qilishi shart.
Mazkur modda mazmunan 13-moddani to’ldirishga xizmat qilib, u nuqsonli
tovarni almashtirib berish tartibiga bag’ishlangan.
1.Moddaning 1-qismi iste’molchi tovardagi ishlab chiqarish bilan, tuzilishi
tarkibi bilan bogliq kamchi-liklarni yoki boshqa puqsonlarni aniklagan taqairda
sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) uii ayni shunday markali (modelli, artikullk) tovarga
etti kunlik muddatda, tovar snfatini qo’shimcha ravishda tekshirish zarurati
bo’lganida iste’molchi talab qo’ygai paytdan è’tiboran yigirma kun ichida
almashtirib berishi shartligi hakida norma belgilaydi.
Tovarnnng ishlab chiqarilishiga doir kamchiliklari uning texnologik
jarayonlari bilan bog’liq bo’lib, unda tovar ancha ma’naviy èskirgan, ibtidoiy ishlab
chiqarish (usullari yoki bo’lmasa sanitariya-gigiena talablariga nomuvofiq
sharoitlarda ishlab chiqarilishi bilan bog’liq kamchilnklar nazarda tutilmoqda.
Masalan. kolbasa mahsulotidan temir moddasiniig (uskunaning deyilmoqchi) hidi
kelib turishi, spirtli ichimlikdan kerosin hidining anqib turishi yoxud oziq-ovqat
mahsulotlaridan hasharotlarning chiqib kelishi kabi. Bular — tabiiyki, oddiy
iste’molchining ham (garchi u zodagon bo’lmasa ham) ta’bini tirriq qiladi,
ishtahasini bo’g’adi.
Tovarning tuzilishiga doir kamchiliklari uning shakl-shamoyili, miqdori,
o’lchami, fasoni, gabariti bilan bog’liq kamchiliklardir. Masalan, 1-sinf o’quvchisi
uchun ishlab chiqarilgan «O’qish kitobi»ning o’ta mayda shriftda yozilishi yosh,
hali go’dak uquvchini ancha qiynab qo’yadi.
Tovarning tarkibiga doir kamchiliklari uning sifati, sifat ko’rsatknchlari bilan
bog’liq kamchiliklardir. Masalan, iste’mol uchun mo’ljallangan yog mahsulotida
30
inson salomatligi uchun ancha zararli bo’lgan moddalartning (xususan. xolesterin
modlasining) ortiqligi, kostyum-shim materialinint tarkibi uning artikulida yozilgan
nisbatga to’g’ri kelmasligi kabi.
Sharhlanayotgan moddaning 2-qismiga ko’ra, ayni shunday markali (modelli,
artikulli) tovar bo’lmagan takdirda iste’molchining almashtirib berish xususidagi
talabi da’vo
qilingan paytdan è’tiboran bir oy ichida, cho’l va olis joylarda, tovarlar
vaqti-vaqti bilan olib boriladigan joylarda iste’molchining bunday talabi ushbu
joylarga navbatdagi tovar etkazib berish uchun ketadigan muddat
ichida, lekin ikki
oydan kechiktirmay qondirilishi lozimligini belgilaydi.
Sharhlanayotgan moddaning 3-qismi iste’molchining mavqeini yanada
mustahkamlaydi. Unga ko’ra, yuqoridagi muddatlarnnng o’tkazib yuborilgan har bir
kuni uchun sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) iste’molchiga almashtirilgan tovarni berish
bilan bir vaqtda tovar bahosiniig bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to’laydi.
Vaqg — oliy hakam. Vaqtning o’tishi kimning foydasiga ishlaydi? Bir qarashda,
iste’molchining foydasiga. Aslida haqiqiy iste’molchi bundan manfaatdor èmas. U
huquqi buziltanligi darholga bartaraf qilinishiga ko’rilgan zararlarning qoplanishiga
odatlangan bo’lsa masala yanada chigallashadi.
Qonun sharhlanayotgan moddaning 4-qismida sotuvchiga yana bir imkoniyat
beradi. Bu faqat iste’molchining roziligi bilan ro’y beradi. Ya’ni, sotuvchi nuqsonli
tovarni boshqa markadi (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib berib, xarid
narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilishi (bunda narx o’rtadagi tafovutga
mutanosib ravishda bo’ladi. Ya’ni, yo ko’payadi yoki kamayadi) shartligini
belgilaydi. Iste’molchilarning xukuklarini ximoya kilish tugrisidagi konunning 14-
moddasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |