Umumiy xulosa va tavsiyalar.
O‘z mazmuni hamda vazifalariga ko‘ra integrativ kun integrativ darsga yaqin
turadi. Adabiyotlarni tahlil qilish va tajribalarni o‘rganish asosida o‘quv kuni
integratsiyasining uchta modelini ajratish mumkin. Birinchi modelning mohiyati
shundan iboratki, bir kunning o‘zida umumiy kompleks muammoni hal qilish
orqali birlashgan, darslararo aloqalari mavjud bo‘lgan bir necha dars o‘tkaziladi.
O‘quv kunining bunday tashkil qilinishi o‘quvchilar bilimining sintezlanishiga,
turli fan o‘qituvchilari harakatining o‘quvchilar bilimini shakllantirishdagi
birlashuviga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘qituvchilarning darslarga
tayyorgarlik ko‘rish jarayonida hamkorlik qilishlari natijasida ta‘minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |