2-chizma. О‘zbekistonda Mahalliy byudjetlarning soliqli daromadlarini
prognozini tashkil qilish jarayoni tahlili
194
3/2022
Солиқ ва солиққа тортиш
Byudjet qonunchiligida hokimliklarning moliya bo‘limlariga mahalliy byudjetlarning
soliqli daromadlarini prognozlash jarayoni uchun mas’ul idora sifatida, asosiy o‘rin
berilgan. Mahalliy byudjetlarning soliqli daromadlarini prognozida soliq, bojxona va
boshqa davlat idoralari ham faol qatnashadi. Xususan, soliq obekti, bazasi hamda soliq
tushumlariga oid aksariyat ma’lumotlar soliq inspeksiyalari hamda soliq boshqarmalari
tomonidan tegishli hokimliklarning moliya bo‘limlariga va boshqarmalariga taqdim
qilinadi. Soliqli tushumlarni prognoz jarayonida ishtirok etuvchi boshqa davlat idoralari,
jumladan soliq idoralari ma’lumot taqdim etuvchi subekt vazifasini bajarada.
Mahalliy byudjetlarning soliqli daromadlarini prognozlash uchun zarur bо‘lgan
ma’lumotlar hokimliklarning moliya bo‘limlariga, soliq idoralaridan tashqari, boshqa
davlat idoralari ham taqdim qilishi mumkin. Masalan, Toshkent shahar davlat boshqaruvi
organlarining bo‘linmalari shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga, ma’muriy-
hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognoziga
oid ma’lumotlar taqdim etadilar.
Davlat byudjetining soliqli daromadlari byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasida o‘zaro
taqsimlanganligini kuzatamiz. Ayrim soliq turlari to‘liqligicha mamlakat respublika
byudjetiga tushsa, ayrimlari mahalliy byudjetlarga to‘liqligicha tushadi.
Davlat byudjetining soliqli daromadlarini prognozlashni tashkil qilish jarayonini
tizimli tahlil qilganimizda, ushbu jarayonni tashkil qilish hamda boshqarish vazifasi
moliya idoralariga tegishli bo‘lsada, respublikamizning boshqa davlat idoralari ham
bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini ko‘rdik.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy moliya organlari Davlat
byudjetining soliqli daromadlari prognozi ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish uchun mas’ul
subekt hisoblanadilar. Bunda, hududiy moliya organlari mahalliy byudjetlarning soliqli
daromadlarini prognozini ishlab chiqadilar.
Davlat byudjetining soliqli daromadlarini prognozlash jarayonini tashkil qilish
bevosita O‘zbekiston Respublikasining fiskal strategiyasini ishlab chiqish jarayoni bilan
bevosita bog‘liqligini ko‘ramiz. 3-chizmaga qarang. O‘rta muddatli davr uchun fiskal
strategiyani ishlab chiqish jarayonida soliq va byudjet siyosatining o‘rta muddatli davr
uchun asosiy yo‘nalishlari hamda kelgusi moliya yili uchun byudjet tizimi byudjetlari
daromadlari prognozini va ular asosida kelgusi ikki yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli
mo‘ljallari ishlab chiqiladi.
Shu o‘rinda aytish joizki, soliq va byudjet siyosatining o‘rta muddatli davr uchun
asosiy yo‘nalishlari Davlat byudjetining soliqli daromadlarini prognozlash natijalariga
ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Kelgusi moliya yili uchun byudjet
tizimi byudjetlari daromadlari prognozini va ular asosida kelgusi ikki yil uchun ishlab
chiqilgan maqsadli mo‘ljallarining katta qismini Davlat byudjetining soliqli daromadlarini
prognozlash tashkil qiladi.
Mahalliy hokimiyatlarning moliya bo‘limlaridan tashqari davlat hokimiyatining
boshqa idoralari ham ishtirok etishi mumkin. Prognozni tashkil qilishdagi ularning ishtiroki
turli xil tavsiflanadi. Shu sababli, to‘liq ishonch bilan aytishimiz mumkinki, mamlaktning
fizkal strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlashda ishtirok etuvchi barcha subektlar
195
Do'stlaringiz bilan baham: |