TOSHKENT
2017
UO‘K: 94(079.1)
KBK: 63/3
Sh – 26
Sharipova, Tojixon
Tarix fanidan testlar va savol-javoblar to‘plami / Tojixon
Sharipova. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017. – 320 b.
ISBN 978-9943-20-231-3
Mazkur kitob maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari,
oliy o‘quv yurtlarining kirish imtihonlariga tayyorlanuvchi
abituriyentlar, universitetlarning tarix yo‘nalishida tahsil
olayotgan talabalar uchun bilimlarini oshirish va mustahka-
mlash maqsadida tavsiya etiladi.
UO‘K: 94(079.1)
KBK: 63/3
Taqrizchilar:
Sh.A. HAYITOV,
tarix fanlari doktori, professor
Yu.A. SHUKRULLAYEV,
tarix fanlari nomzodi, dotsent
R.N. TURSUNOV,
tarix fanlari nomzodi, dotsent
Mazkur kitob Buxoro Davlat Universiteti Ilmiy-texnik ken-
gashining 2016-yil 29-noyabrdagi 2-sonli qarori bilan nashrga
tavsiya etilgan.
ISBN 978-9943-20-231-3
© Tojixon Sharipova, «Tarix fanidan testlar
va savol-
javoblar
to‘plami». «Yangi asr avlodi», 2017-yil.
SO‘ZBOSHI
Sharipova Tojixon Mirzohid qizi 2000-yil 20-martda
Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. «Kamo-
lot» yoshlar ijtimoiy harakatining Mustaqilligimizning 25
yilligiga bag‘ishlab «Biz buyuk yurt farzandlarimiz» shiori
ostida o‘tkazilgan yoshlar festivalining «Hokim va yoshlar»
loyihasida faol ishtirok etgan. 2012-yil «Bilimlar sinovi»-
da tarix fanidan viloyat bosqichida 2-o‘rinni egallagan.
2012-yilda «Kamalak yulduzlari» bolalar ijodiyoti festi-
valining «Nasr va nazm» yo‘nalishida faol ishtirok etgan-
ligi uchun diplom bilan taqdirlangan. 2013-yil «O‘zginang-
dan aylanay o‘lkam» Respublika ko‘rik tanlovining viloyat
bosqichida 1-o‘rinni, 2013-yil «Ajdodlar merosi – kelajak
poydevori» Respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichi-
da faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
2016-yilda tuman va viloyat bosqichlarida «Orasta qizlar
va erta turmush» festivalidagi faol ishtiroki uchun tuman xo-
tin-qizlar qo‘mitasining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.
Tojixon muntazam ravishda har bir o‘quv yilida mak-
tab ma’muriyatining «Maqtov yorlig‘i»ga sazovor bo‘lgan, u
o‘zining bilimga chanqoqligi, tanlovlardagi ishtiroki ham-
da turli to‘garaklardagi ishtiroki bilan ajralib turadi.
E’tiboringizga havola etilayotgan mazkur kitob esa yosh
iqtidor egasining bir necha yillik mehnatlari samarasidir.
Hozirda tarix fani ikki yo‘nalishda – Jahon tarixi va
O‘zbekiston tarixiga ajratilgan holatda umumiy o‘rta
ta’lim maktablari (6–9-sinflar) hamda akademik litsey,
kasb-hunar kollejlarida (keyingi bosqichlarda) – uzluksiz
ta’lim tizimida asosiy o‘quv fani sifatida o‘qitiladi. Shu sa-
babli ushbu qo‘lingizdagi kitob umumiy o‘rta ta’lim mak-
tablari darsliklarida keltirilgan tarix fani darsligi asosida
mukammal darajada tuzilgan.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |