O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

sinonim 
bo‘ladi

bordilar-borishdi, o‘qidilar-o‘qishdi

 
9.3. Egalik kategoriyasi 
1-§. 
Muayyan narsaning uch shaxsdan biriga taalluqli ekanligini anglatuvchi umumiy 
ma’nolar va ularni ifodolovchi shakllar tizimi egalik kategoriyasi deyiladi. Tegishlilik, egalik 
ma’nosini ifodalash uchun xizmat qiladigan affikslarni esa egalik affikslari deymiz. Egalik affikslari 
grammatik shaxs ma’nosi bilan birga son ma’nosini ham ifodalaydi. Masalan: 
kitob+im, kitob+ing, 
kitob+i, kitob+imiz, kitob+ingiz, kitob+i 
so‘zlaridagi –im,- ing,-i,-imiz,-ingiz,-i affikslari o‘zakdan 
anglashilgan narsaning 1,2,3-shaxsga, ya’ni 
so‘zlovchi, tinglovchi va o‘zgaga
tegishli ekanini 
ifodalash bilan bir qatorda, mazkur narsaning bitta yoki bir necha shaxsga qarashliligini ham 
bildiradi. Demak, egalik affiksidan anglashilgan birlik va ko‘plik tushunchasi narsaga emas, balki 
so‘zlovchi, tinglovchi, o‘zga kabi grammatik shaxslarga dahldor bo‘ladi.
Egalik affikslari unli va undosh bilan tugagan so‘z va so‘z shakllariga qo‘shilib kelishiga ko‘ra 
ikki xil variantga ega bo‘ladi: 
Shaxslar 
Bir shaxsga tegishli 
Ko‘p shaxsga egishli 
Unlidan 
so‘ng 
Undoshdan 
so‘ng 
Unlidan 
so‘ng 
Undoshdan 
so‘ng 
1- shaxs 
(so‘zlovchi) 
olma+m 
kitob+im 
olma+miz 
kitob+im 
2- shaxs 
(tinglovchi) 
olma+ng 
kitob+ing 
olma+ngiz 
kitob+ing 
3- shaxs 
(o‘zga) 
olma+si 
kitob+i 
olma+si 
kitob+i 
Egalik affikslar ot va otdan boshqa so‘zlar bilan qo‘llanganda quyidagi xususiyatlarga ega 
bo‘ladi:
1. O‘zakka egalik qo‘shimchalari qo‘shish bilan tovush tushishi, orttirilishi yoki o‘zgarishi 
mumkin: 
og‘iz+im=og‘zim, bo‘yin+im=bo‘ynim, obro‘-obro‘+y+im, parvo+y+im, o‘rtoq+im-
o‘rtog‘im, eshik+im-eshigim. Ba’zi so‘zlarga egalik affiksi qo‘shaloq qo‘shiladi: bun+i+si, 
qay+si+si, singl+i+si 
2. Egalik affiksining 1,2- shaxsi asosdan anglashilgan narsa va belgini faqat kishilarga 
nisbatlaydi. 3-shaxs orqali esa asosdan anglashilgan narsa va belgi kishilardan boshqa narsalarga 
ham nisbatlanadi: 
Mening ko‘ylagim, sening ko‘ylaging, uning ko‘ylagi, dalaning havosi, qushlar 
ovozi kabi. 
3. Egalik qo‘shimchalari otdan boshqa so‘zlarga qo‘shilib keladi:
o‘qishing, hammang, 
qahramonim,qanaqasi, o‘qiganim, oqi, qorasi kabi. Barchasi, beshovi 
kabi so‘zlar tarkibida ular 
betaraf xususiyatga ega bo‘ladi. Kishilik olmoshlari esa egalik qo‘shimchasini qabul qilmaydi. 
4. Egalik qo‘shimchalari o‘zi qo‘shilgan so‘zning boshqa so‘z bilan bog‘lanishida ishlatiladi. 
Bu vaqtda egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan so‘z qaratqich kelishigi bilan aloqaga kirishadi. Biroq, 
egalik affiksi o‘zi qo‘shilib kelgan so‘zning sintaktik vazifasini ko‘rsatmaydi:
mening kitobim, 


82 
sening kitobing
kabi. Agar qaratqich kelishigidagi so‘z ko‘plikdagi kishilik olmoshi bilan ifodalansa, 
qaralmishda egalik affiksi qo‘llanmasligi ham mumkin: 
bizning xonadon, bizning oila
kabi.
5. Egalik affiksini olgan ot yoki otlashgan so‘z ba’zan chiqish kelishigidagi so‘z bilan ham
bog‘lanishi mumkin. Bunda egalik shaklidagi so‘z ko‘pincha otlashgan so‘zlardan bo‘ladi: 
tanishlardan bittasi, Mehmonlardan kattasi. 
6. Egalik affiksi bosh kelishikdagi so‘z bilan birikib, izohlovchi-izohlanmishli birikma hosil 
qilishi mumkin: 
Zarafshon daryo+si, chet tillar institut+i, sut kombinat+ii. 
7. Odatda, ot va otdan boshqa so‘zlarga avval ko‘plik affiksi, keyin egalik affiksi 
qo‘shiladi.Egalik affiksidan so‘ng kelishik affiksi qo‘shilishi mumkin: 
kitob+lar+im+dan, 
yaxshi+lar+i+ga.
Egalik affikslarini olgan qarindoshlik, yaqinlik ma’nosidagi otlar hurmat 
ma’nosini ifodalaganda esa, o‘zakka avval egalik keyin ko‘plik affiksi qo‘shiladi: 
dada+m+lar, 
uka+m+lar kabi. 
8.Egalik affikslari ba’zi so‘zlar tarkibida grammatik ma’nosini yo‘qotib, o‘zi qo‘shilgan so‘z 
bilan birga boshqa turkumga ko‘chishi mumkin:
ertasi, kechasi (ravish) chamasi, yaxshisi (modal 
so‘z).

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish