Anvar Obidjon
-
bolalar shoiri,
adibi va dramaturgi. Tursunboy Adashboyev she`riyatida bolalik va tabiat
munosabati ifodasi. O`zbek bolalar adabiyoti
milliy istiqlol yillarida
Reja:
1.
Anvar Obidjonning hayot va ijod yo`li.
2.
Anvar Obidjon– bolalar shoiri.
3.
Adib qissalarining g`oyaviy-badiiy mundarijasi.
4.
Tursunboy Adashboyevning hayot yo`li.
5.
Bolalar she`riyati yolidagi izlanishlar.
6.
Shoir she`rlarining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari.
O`zbekiston xalq shoiri
Anvar Obidjon
1947-yilning 8 –yanvarida Farg`ona
viloyatining Oltiariq tumanida tug`ilgan. U o`zbek bolalar adabiyotini o`zining qisqa va
mazmunli she`rlari, qiziqarli hikoya, qissa, pesalari bilan boyitib kelayotgan adib va
dramaturgdir. A.Obidjon hozirgi O`zbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini
tamomlagan. U bir qator gazeta va jurnallarda xodim, bo`lim mudiri bo`lib ishlagan.
A.Obidjon sermahsul ijodkor. Uning “Ona Yer” (1974, she`rlar), “Bahromning
hikoyalari” (1980, she`rlar), “Ey, yorug` dunyo” (1983, qissa), “Olovjon va uning do`stlari”
(1983, qissa va hikoyalar), “Bezgakshamol” (1985, hajviy she`rlar), “Masxaraboz bola”
(1986, she`rlar), “Akang qarag`ay Gulmat” (1987, qissa va hajviyalar) , “Juda qiziq voqea”
(1987, she`rlar), “Oltin yurakli Avtobola” (1988, qissa va hikoyalar), “Dahshatli
Meshpolvon” (1989, qissa va pyesalar) , “Yerliklar”(1990, hajviyalar), “Alamazon va
Gulmat hangomasi” (1992, qissa, pyesa, she`r), “Ajoyibxona” (1993, she`riy taqvim),
“Meshpolvonning janglari” (1994, qissa va doston), “Alisher ila Husayn yoki uch dono va
o`g`ri” (1996, doston va she`rlar), “Alamazon va Gulmat” (1998, qissa va she`rlar), “Oltiariq
hangomalari”, (1999, hajviyalar), “Bulbulning cho`pchaklari” (2001, she`r va hikoyalar),
231
“Odobli bo`lish osonmi?” (2001, hikoya), “Meshpolvon” (2003, qissa), “Bezgakshamol-2”
(2003, hajviy she`rlar) kabi to`plamlari nashr etilgan.
Respublika yosh tomoshabinlar teatri hamda Farg`ona, Qarshi, Qo`qon, Guliston
teatrlarida Anvar Obidjonning “Qo`ng`iroqli yolg`onchi”, “Pahlavonning o`g`irlanishi”,
“Topsang, hay-hay”, “To`tiqul”, “Qorinbotir”, “Navro`z va Boychechak” pyesalari
sahnalashtirilagan. Uning asarlari asosida “O`zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan “Tilsimoy-
g`aroyib qizaloq ”, “Dahshatli Meshpolvon” komediyalari kino tasmasiga tushirilgan. Anvar
Obidjon she`rlariga bastalangan qo`shiqlarning asosiy qismi bolalarga bag`ishlangandir.
Uning «Kulchalar» va «Botirvoyning kundaligi» turkumlaridagi qahramonlarning dеyarli
hammasi turli yoshdagi bolalardir. Bu shе`rlarda bolalik tuyg`ularining sofligi, orzu-
umidlarining bеg`uborligi, tabiatan bir oz shumligi, quvnoqligi kata istе`dod bilan ochib
bеriladi, o`quvchini goh yayrab-yayrab kulishga, goh jimgina o`ylashga, fikrlashga,
xulosalar chiqarishga undaydi. Adibning mahorati shundaki, u bola dunyoqarashidagi
o`ziga xosliklarning tub-tubini ko`ra oladi. Ichki olamini, o`y-xayollarini, kichik
qalbida kеchayotgan ruhiy jarayonlarni nozik did bilan kuzatadi. Bir qaraganda, juda oddiy
ko`rinadigan kichik-kichik shе`rlarda inson tabiati shakllanishining dastlabki bosqich
jarayonlari kеng ko`lamda tahlil etib bеriladi. Samimiy yumor, yеngil hajv elеmеntlari
yorqin ko`zga tashlanadi. Shoirning «hali o`zim bolaman-ku!», «Sinchkov bola», «Shu ham
fil-mi?» kabi o`nlab shе`rlari shu jihatdan nihoyatda xaraktеrlidir.
Dadajonim, Axir kimga
Dadajon, «Ota»man?
Otim nеga Shuni o`yla-a-ab
Otajon? Yotaman.
Shе`rni o`qiganda endigina so`zlar ma`nosini anglay boshlayotgan bolakayning holati
koz o`ngimizga kеladi. Uning kutilmagan «muammo»li masala oldidagi o`ychanligi
o`quvchining labiga nurli tabassum paydo qiladi, qalbida kichkintoyga nisbatan issiq bir
tuyg`uni uyg`otadi.
Anvar Obidjonning «0099 - raqamli yolg`onchi», «Ey, yorug` dunyo», «Alomazon va
uning piyodalari» kabi qissalarida hamda, «Botinkaning tufliga xati» tipidagi turkum
shе`rlari ham o`quvchini befarq qoldirmaydi. O`zbеkiston xalq shoiri, ko`p qirrali adib,
shoir va dramaturg Anvar Obidjon faqat tabiatni tasvirlovchi, turfa xil ramziy, majoziy
obrazlar yaratuvchigina emas, balki ijodining kata qismida bolalar dunyosi, ruhiyatini ham
tasvir etgan.
She`r haqida so`zlab berish, aslida nochorlikning ishi. Yaxshi she`rni o`qiganga, undagi
voqea yoki mantiqni shoir qalbiga yaqinlashib his qilganga nima yetsin! Aslida, she`r shuning
uchun yoziladi. Bu bizning - shoirlikka ixlosmand odamning nuqtai nazarimiz.
Bolalar ham xuddi shunday. She`r haqidagi chuqur ilmiy mulohazalar, bahslar,
jimjimador fikrlar-u, balandparvoz ovozalar ular uchun mutlaqo ahamiyatsiz. Dunyoni
tanib kelayotgan yosh qalb atrofidagi hamma narsa, hodisa, munosabatlarga qalb ko`zlarini
katta-katta ochib qaragani, talpingani kabi, hayotning jonli parchalariga aylangan she`rga ham
do`st tutinadi. Bolalar she`riyatining mas`uliyati, o`ziga xosligi hambolalaming mana shu
xislatlandan kelib chiqadi. Qisqasi, bolalarga sodda, samimiy, qiziq, tabiiy, chiroyli, zavqli
she`rlar kerak. Xuddi mana bu she`r kabi: tabiat, ko`ngli daryo odamlarga mehru
muhabbatimiz rishtalarini bog`lagan o`tgan kunlarimizni sog`inamiz. Shu sog`inchning
ildizlari qalbimizda qanchalar chuqur bo`lsa, demak, taqdir bizni siylabdi. Tursunboy
Adashboyev she`rlarida hammadan oldin Vatanning muqaddas ostonasi bo`lgan ona
qishloqqa juda yoshligidan o`ychan termulgan, undagi har bir mavjudlikni ixlos bilan
ardoqlagan; sodda-yu to`pori, qismati mehnat va yana mehnat bo`lgan, odamlarni yoshiga
nisbatan ulug`roq nigoh bilan kuzatgan qalb manzaralari ko`zga tashlanadi.
1
Bo`lim shoira.
Muhtarama Ulug` bilan hamkorlikda yozilgan.
232
To`rg`ay yotar tuxum bosib,
Shuvoq bilan sirlashib.
Qora qo`ng`iz soqqa yasab,
Do`ngga tortar tirmashib.
Yumronqoziq serhadik
Ish bitirar yugurib.
Tursunboy Adashboyev o`zi tug`ilib o`sgan qardosh Qirg`iziston Respublikasi O`sh viloyati
tabiatini shu qadar mehr, samimiyat bilan tasvirlaydiki, ko`z oldingizda
beriladilarki, uning o`yinligini ham unutadilar. Yosh qalbda hali rostu yolg`on, soxta-yu
haqiqiy degan tushunchalar o`rtasida aniq chiziqlar tortilmagan. Ular hamma narsaga
ishonadilar, tabiiy deb qabul qiladilar. Hattoki, o`zlari o`yin uchun yaratgan narsalarni ham
tirik mavjudlik kabi yaxshi ko`rib qoladilar:
Taraqqiyot sari intilish — zamonlar uchun qonuniyat. Lekin taraqqiyot munis o`t-o`lanlar
o`sgan jaydari yerlarni bosib-yanchib o`tmasligi, bir-biriga oqibatli mehnatkash
chumolilarning uyini buzmasligi kerak. Fan-texnika nechog`li taraqqiy ctmasin, inson
bolasi, o`zini eng awalo ona tabiat bag`rida to`laqonli his etadi. Katta zamonaviy shaharlarda
tug`ilib o`sgan bolalar qishloqqa borib qolsa, mitti qo`ng`izcha bilan kun-tun o`ynab
zerikmasligida hikmat ko`p. Tursunboy Adashboyev she`rlarini o`qirkan, yaxshi shoir
bo`Imoq uchun, albatta, tabiatga yoshlikdan sirdosh, do`st bo`lish kerakligi takror-takror
dilingdan o`tadi. Misralardan bola qalbining quvonchi, hayratlari, beg`uborliklari ufurib
turadi:
Chaqmoq ko`kda yong`oq chaqdi,
Qizg`aldoqlar selda oqdi,
Quyosh yana kulib boqdi.
Tursunboy Adashboyev she`rlarining qahramonlari «Loyni bir oz tindirib suv zahrini
sindirib» g`isht quyayotgan, «Sapchib oqqan suv bilan kim o`zarga yugurgan», xolasiga
yordam uchun «... nonni botirib, qotirib qaymoq yegan», «Tog`dan ko`tarilgan quyoshni
onasi yopgan patirga» o`xshatgan, buvisining ajinlariga qarab «Dazmol bosib olsangiz,
tekis bo`lib ketardi», deb maslahat beradigan, kun bo`yi bog`dagi sirpanchiqda «vagon»
bo`lib uchishgach, «Oqshomuyga... Shimning orti suzilib» qaytadigan quvnoq, topqir,
xayolkash, mehnatkash, zavqi-yu ishtahasi tobida bo`lgan bolalar.
Ayrim she`rlardagi voqelik, tuyg`ular kechinmasidan shoir bu she`rni o`z boshidan
keehirganlari ta`siridanmi yoki kuzatganlari asosida yozganmi — bilinib turadi. Lekin
Tursunboy Adashboyev she`rlarida bunday chegara yo`q — oddiy chizgilardan salmoqli
voqealargacha lirik qahramonning yuragidan o`tgan.
Bu she`rlardagi kitobxonga eng yoqadigan xislat — samimiyat, xolislik. Shoir bolalar,
kattalar tabiatining, o`zligining yarq etgan bir qirrasini ko`rsatib qo`yadigan manzara,
voqea, bahsning suratini so`zlarda chizadi, lekin hech qachon qissadan hissa chiqarmaydi;
she`r qahramonlarini toifalarga ajratib, o`quvchini ham hakamlik chizig`ining u yoki bu
yog`iga da`vat qilmaydi. Xuddi shu usul bilan muxlislarini bag`ri kenglikka, mustaqil
mushohada yuritishga, hayotning o`ziday murakkab inson tabiatiga bir zarb bilan oq yoki
qora chiziq tortmaslikka o`rgatsa, ajabmas:
Bolalar arzimagan bir xasdan ham kashfiyot qilishlari, uni iangarcho`p deb miriqib
o`ynashlari mumkin. Ba`zan farzandlarimiz ertak qahramonlariga aylanadilar: gullar bilan
suhbatlashadilar, xazonlarni qayiq qilib sayohatga chiqadilar, nima uchun qushlar ularning
qo`liga qo`nmayotganidan ajablanadilar... Dunyo bolalar adabiyotida kichkintoylarning shu
xislatiga asoslangan ajoyib ertaklar bor.
Tursunboy Adashboyev ijodida ixcham, manzara she`rlar borki, bolalar uchun filmlar
yaratuvchi mohir rejissyor ular asosida ajoyib asarlarni suratga olishi mumkin. Mana bu
to`rt qator she`r go`yo multfflmday.
233
Boychechaklar nish urib To turguncha o`rnidan Bahor qishni
tarnovga Osib qo`ydi burnidan. Yoki
Tolning bargi suvga tushib
Qayiq bo`ldi.
Bu ayniqsa qumursqaga
Loyiq bo`ldi.
Qo`sh qirg`oqni to`lqin yalab
Ko`kkasapchir,
Eshkakni-chi, o`zi yakka
Eshar abjir.
Teng-tushlari qoldi gap-so`z
Tayinlashmay.
Qumursqa ham jo`nab ketdi
Xayrlashmay...
Tursunboy Adashboyevning turli davrlarni, ya`ni o`zining bolalik yillarini eslatuvclii
shc`rlarini, farzandlarining bolaligini tasvirlovchi she`rlarini — barchasini ichki bir yaxlit
tuyg`u — mehr, mehribonlik birlashtirib turadi:
Tursunboy Adashboevni kattalar qatoriga adashtirib olib kirdi, xolos. Lekin qalbi
bolalik beg`uboriiklari, samimiyati, soddaligi, yorqin hayratu quvnoq topqirliklari olamida
sobit turibdi. Ana shu sadoqat Tursunboy Adashboevga o`zbek bolalar adabiyotini yangi-
yangi betakror asarlar bilan boyitish baxtini nasib etaversin,
Hodisa bu davrda yangicha tafakkur in`ikosi sifatida ko`zga tashlandi. Milliy bolalar
adabiyotining mazmun va mohiyatidagi tub burilish yaqqol ko`zga tashlandi. Zamonaviy
bolalar adabiyotida yosh qahramonlar xarakteri tahlili masalasiga alohida e`tibor qaratildi.
Bolalar adabiyoti shakl va mazmun jihatdan-da yangi tamoyillar kasb eta bordi. Adabiy
tanqidchilikda bolalar adabiyotiga munosabat kuchaydi. Milliy bolalar matbuoti mavzu
material, g`oyaviy-badiiy jihatdan o`sdi, bolalar ijodkorligi namunalari ko`proq
ommalashtirildi va rag`batlantirib kelinmoqda.
Zero, istiqlolga erishgan ilk kunlardan boshlaboq, yoshlarimizni avvalo ma`naviy
sog`lom, barkamol qilib kamol toptirish masalasiga jiddiy e`tibor qaratilgani ular
adabiyotida ham o`z aksini topa bordi. Badiiy adabiyot, jumladan, uning alohida tarkibiy
qismi bo`lgan bolalar adabiyoti, ushbu g`oyat murakkab vazifani ado etishdagi eng muhim
vositalardan biridir. Bu ishga badiiy so`z qudrati bilan hissa qo`shib kеlayotgan istе`dodli
yozuvchilar soni orta borgani quvonarli holder. Istiqlol davrida jamiyat taraqqiyoti bilan
bog`liq g`oyalar S.Barnoyevning publistik maqola va hikoyalarida, A.Obidjon,
T.Adashboyev, M.A`zam, T.Malik, H.Imonberdiyev, K.Turdiеva, A.Akbar, D.Rajab kabi
shoirlarning shе`riy asarlarida o`z ifodasini topdi. Ularning aksariyatida ijtimoiy jamiyatdagi
yangilanishlar, bozor munosabatlarining ta`lim-tarbiyadagi o`rnini aks ettirishga qaratilishi
alohida e`tiborga loyiqdir. Shuningdek, «Gulxan», «Tong yulduzi», «G`uncha», «Yosh
kuch» kabi bolalar matbuot nashrlarida ham istiqlol g`oyalarini, badiiy adabiyot namunalari
o`z ifodasini topib kelmoqda.
Xulosa
qilib aytganda bolalar adabiyotining bola tafakkuri va dunyoqarashini
shakllantirishdagi muhim o`rni bu sohadagi yangi izlanishlar orqali asoslandi. O`zbek
bolalar adabiyotiga uzoq yillardagi bir yoqlamalik va uning salbiy oqibatlari ham inkor
etilmagani holda, milliy bolalar savodxonligi darajasini oshirish borasidagi sa`y- harakatlar
badiiy so`z vositasida qayta jonlanayotir. Qolaversa, o`zbek bolalar adabiyotini chet el, rus
va boshqa hamdo`stlik mamllakat bolalar adabiyotiga muqoyasalab o`rganish samarali
natija berayotir.
Do'stlaringiz bilan baham: |