Tayanch tushunchalar:
she`r, hikoya, nosir, kuychi,obraz, mavzu, g`oya, motiv,
munosabat, qomus, zabardast, folklor, mahorat.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Sulton Jo`raning hayoti va ijodi to`g`risida malumot bering?
2. “Uchqur poyezdlar” biografik qissasi qaysi ijodkor haqida yozillgan va uning muallifi
kim?
3. Oybekning bolalar adabiyotidagi o`rni?
4. “Qonli barmoqlar”da qaysi xorij bolalari hayoti aks etgan?
5. Biografik va avtobiografik asarlar haqida ma’lumot bering.
O`zbek bolalar adabiyoti yuksalish yo`lida
(1940-80 yillar).Quddus Muhammadiy- bolalarning
tabiatshunos shoiri
Reja:
1.
Quddus Muhammadiynig hayot yo`li.
2.
Quddus Muhammadiy – bolalar shoiri.
3.
Shoir she`rlarinig mazmun-mundarijasi.
Quddus Muhammadiy XX asr o`zbеk bolalar shе'riyatini mavzu mundarija hamda janriy
xilma-xillik bilan boyitgan zabardast shoir. Uning ijodi o`tgan asrning 30-yillaridan, to
yangi asr bo`sag`asiga qadar kеng qamrovli shakl va tamoyil kasb etdi. Shu davr mobaynida
shoir shе'rlarini bog`cha bolasidan tortib, maktabni tamomlayotgan o`spirinlargacha birdеk
sеvib o`qidi, qo`shiq qilib kuyladi. Q.Muhammadiyning alohida chop etilgan shе'riy
to`plamlari, ertak-dostonlaridan tashqari, birgina maktab darsliklariga kiritilgan asarlarining
o`ziyoq, uning ommabop va hammabop shе'rlar yozganidan dalolat bеradi. Muhimi, ana shu
ehtiros hali-hanuz sўngani yo`q. Shoir shе'rlari mustaqillik bolalari tomonidan ham birdеk,
sеvib o`qilmoqda. Shunga yarasha ijodkor badiiy olamining talqini o`zining yangi qirralari
bilan to`lishib bormoqda.
Quddus Muhammadiy butun umrini, ijodini kichkintoylarning katta adabiyotiga
bag`ishladi.
She`r yo`lin o`rgatgan quyoshim, oyim,
Kunduzim, yulduzim, ilhomim, so `zim,
Shu Vatan, shu xalqim, shu o`g`il-qizim,
She `rimning asosiy mavzui sizlar.
193
Asarim ovozi - parvozi sizlar,
O`zingiz ilhomim oltin o`zagi,
O`zingiz she`rimning husn-bezagi,
Haqiqatdan ham shoir she`rlarining mavzui bepoyon Vatan, uning mehnatsevar xalqi,
shirin «o`g`il-qizlari»dir. Asarlarining ovozi ham, «parvozi» ham, «ilhomi»ning «oltin
o`zagi», she`rining «husn-bezagi» ham shulardir. Shoir o`z asarlarida bolalarning yurak
tuyg`ularini, orzu va intilishlarini, o`qishdagi yutuqlarini aks ettirish bilan birga, ulardagi
kamchiliklarni qoralaydi, uni yo`qotish yo`llarini izlaydi, topadi, o`z o`quvchisiga
talabchan o`rtoq, qattiqqo`l ustoz sifatida yo`l ko`rsatadi.
Shoirni bolalarning hamma tomoni qiziqtiradi. U bolalarga nima xunigu nima
chiroylik, nima yaxshi-yu nima yomon, juda go`zal nima-yu juda qiziq nima ekanligi
haqida yozadi. U o`z she`rlari bilan bolalarda estetik didni o`stirishga, go`zallik haqida
tassavur hosil qilishga harakat qiladi.
To`qson yillik umrini bolalarga she`r, qo`shiq, doston, doston-ertak yaratishga
qaratgan Quddus Muhammadiy 1907 yilda Toshkent shahrida mehnatkash dehqon
oilasida dunyoga keldi. Bo`lajak shoirning otasi Muhammad Alibek Abdurahmonbekov
ancha savodli kishi edi. Shu sababii u dastlabki ma`lumotni otasidan oldi.
1925 yilda otasi vafot etgach, Quddus Muhammadiy awal amakisinikida, so`ngra esa
maktab-internatda tarbiya oladi. Internatda Q.Muhammadiyning birinchi she`ri «Chuvalachi»
maydonga keladi va bu yerda chiqadigan «Quyosh» nomli devoriy gazetada bosilib chiqadi.
Shu ilk mashqlaridayoq bo`lajak shoirning nafosat olamini kuzatish va badiiy idrok etish
talanti hamda umumlashtirish mahorati yaqqol ko`rinadi. U yetti yillik maktabni
muvaffaqiyatli tamomlab, Toshkent qishloq xo`jalik texnikumiga o`qishga kiradi. Bu
yerda u bolalar uchun she`rlar yoza boshlaydi. Uning «Tong o`yini», «Paranji», «Ahmad va
asalari», «Seleksiya stansiyasi» nomli she`rlari vaqtli matbuotda bosilib chiqadi.
1931 yildan Q. Muhammadiy maktabda botanika o`qituvchisi bo`Iib ishlaydi, shu bilan birga
O`rta Osiyo davlat univeisitetining biologiya fakultetida o`qiy boshladi.
Bolalar uyidagi va universitetdagi hayot, mehribon murabbiy va muallimlarning
g`amxo`rliklari Q.Muhammadiy qalbida bir umr o`chmas iz qoldiradi. Bu yerdagi o`zaro do`sflik
bo`lajak shoir qalbini tordek ko`tarib yuboradi.
Quddus Muhammadiy Oybek, H.Olimjon, G`.G`ulomlarni o`zi uchun ustoz deb bilgan,
ulardan o`rgangan, ular bilan doimo ijodiy muloqotda bo`lgan. Ilk she`rlaridan biri «Tong
o`yini» orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi. Oybek bu iste`dodli bolalar shoirini
hamisha qo`llab-quvvatlab, ijodiga g`amxo`rlik qulib kelgan.
Bir kuni Yozuvchilar uyushmasida mushoira bo`ladi. Mushoiraga raislik qilayotgan
Hamid Olimjon she`r o`qish navbatini Q.Muhammadiyga beradi.
Q.Muhammadiy zavq bilan «Sa`va sayrarkan» she`rini o`qiydi. Q.Muhammadiyning ijodiy
qobiliyatini payqagan H.Olimjon she`r tugashi bilan uni yoniga chaqirtiradi. Qachondan beri she`r
yozishini, qayerda ishlashini surishtirib, she`r ma`qul tushganini aytadi. So`ng, bolalar uchun
she`rlarning kamligi haqida to`xtalib, mana shunday ajoyib she`rlarni ko`proq yozishni
ta`kidlaydi.
Q.Muhammadiy ijodiga xos bo`lgan muhim xususiyatlardan biri hozirjavoblikdir.
Shoir asarlarida ona-Vatanga muhabbat, a`lo o`qish, xulq-odobda boshqalarga namuna
bo`lishga da`vat etish, fan va texnikani o`rganish muammolari asosiy mavzulardan
hisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushi davrida Quddus Muhammadiy Islom shoirga adabiy kotiblik
qiladi. Bu yerda и xalq og`zaki ijodi namunalari bilan yaqindan tanishadi. Islom shoirdan ko`p
narsalarni o`rganadi.
Shoirning birinchi she`rlar to`plami 1946 yilda «O`quvchiga esdalik» nomi bilan
bosilib chiqadi. Shundan keyin uning 60 dan ziyodroq turli nom va tillardagi kitoblari
bosilib chiqdi.
194
Quddus Muhammadiy doimo zarur mavzularda asarlar yaratib keldi. Har bir she`rni kundalik
hayotimizdan olib yozdi. Yozganda ham qiziq yozdi, qizg`in yozdi, soz yozdi. Bolalarni o`qishga,
hunar o`rganishga, odobli bo`lishga, mehnatga chaqirdi, qiziqtirdi, yordam berdi. Buni shoirning
«O`quvchiga esdalik» she`rida ko`rish mumkin. Asarda maktab o`quvchisining ma`naviy qiyofasi
va vazifalariga mufassal to`xtalib, o`qish, bilim o`rganish zarurligini ta`kidlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |