Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/132
Sana21.07.2022
Hajmi4,37 Mb.
#834759
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   132
Bog'liq
kimyo oʻqitish

Nazorat savollari. 
1.
Axborot texnologiyalariga misollar ayting. 
2.
Axborot texnologiyalaridan kimyo darslarida foydalanish afzalliklarini ayting. 
3.
Virtual kimyoviy laboratoriyalardan foydalanish afzalliklarini ayting 
 
15-
§

Kimyo fanini o’qitishda axborot texnologiyalarini qo’llash xususiyatlari 
Kimyo 
ta`lim 
jarayonida 
axborot-kommunikasiya 
texnologiyalaridan 
foydalanishda quyidagi bosqichlarga e`tiborni qaratish kerak: 
-ta`lim oluvchilarga o`quv materiallarini taqdim etishi va tushuntirish 
bosqichi; 


103 
-komp`yuter bilan o`zaro muloqot jarayonida o`quv materiallarini 
o`zlashtirish bosqichi; 
-o`zlashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalarni takrorlash hamda 
mustahkamlash bosqichi; 
- erishilgan yutuq va natijalar asosida o`zini - o`zi tekshirish orqali, nazorat 
o`tkazish bosqichi; 
- oraliq va yakuniy nazorat bosqichi; 
-o`zini-o`zi, shuningdek, oraliq va yakuniy nazorat bosqichlari natija va 
xulosalariga ko`ra o`quv materiallarining taqsimlanishi, tasniflanishini, tizimga 
solinishini muvofiqlash, tuzatishlar kiritish bosqichi. 
Axborot texnologiyalarini qo`llash bo`yicha yaratilayotgan o`quv reja va 
dasturlarni yaratish, tuzish, yuqorida keltirilgan bosqichli yo`nalishlarni alohida - 
alohida modеllashtirish, loyihalashtirish yaxlit natijalarga olib keladi. 
Ta’lim bosqichlarida kimyoning amaliyotda qo’llanilishining yorqin misoli 
sifatida bir nechta kimyoviy ishlab chiqarishlar asoslari bilan o’quvchilar 
tanishtiriladi. Buning ta’limiy vazifasi o’quvchilarning kimyo amaliyoti asoslari 
to’g’risidagi bilimlarni egallashi bo’lsa, tarbiyaviy vazifasi o’quvchilarda mehnat 
tarbiyasini shakllantirish, kimyogar kasbiga bo’lgan qiziqishlarini orttirib, kasbga 
yo’naltirish masalalarini amalga oshirishdir. Respublikamizda kimyoviy va 
metallurgik ishlab chiqarishlar sanoati yuqori darajada rivojlanganligi uchun 
kimyogar ixtisosi beruvchi akademik litseylarda kimyoviy mahsulotlar ishlab 
chiqarishlar asoslarini chuqurlashtirib o’qitish o’quvchilarni kasbga yo’naltirish 
masalalarini amalga oshiradi. Shuning uchun kimyoviy ishlab chiqarish asoslarini 
ilg’or pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilib o’qitish muhim ahamiyatga egadir. 
Yuqorida ta’kidlangan va shu kabi mavzularni tushuntirishda ilgor 
pedagogik texnologiyalar va komp`yuterdan foydalanish dars jarayoniga ijobiy 
ta`sir ko`rsatadi. Masalan, metallurgiya sanoatini tushuntirish ilgarilari faqatgina 
kitob va rasmlardan foydalangan holda o’tilar edi. Bu esa o’sha jarayondagi 
haqiqiy holatni o’quvchilar to’liq va yetarli darajada tasavvur qilishlariga 
qiyinchiliklar tug’dirgan. 


104 
Hozirda komp`yuterdan foydalanib, metallurgiya sanoatida cho’yan va 
po’lat olish jarayonlarining dinamik modellari xom ashyo tanlash, uni qazib 
olishdan boshlab cho’yan va po’lat olish jarayonigacha bo’lgan jarayonlarni 
animatsiya qilib ko`rsatilmoqda. Ta`lim jarayonida zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni tashkilashtirish uchun ma`lum bir 
shart-sharoitlar mavjud
.
Shu bilan birga o`quvchilar bilimini umumlashtirish, mustahkamlash 
maqsadida ham axborot texnologiyalarini qo`llash ham yaxshi samara beradi. 

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish