Mazkur ma'ruzalar kursi 5340500 Qurilish materiallari, buyumlari va


Polimerlar fizik, mexanik xossalarining ta’siri va ahamiyati



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/51
Sana21.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#834638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР КУРСИ. Polimer materiallari

Polimerlar fizik, mexanik xossalarining ta’siri va ahamiyati
Polimerlarning fizik xossalari. Polimerlarning to‗ldirgichlar bilan
armaturalangan plastinkalarda ta‘sirlashish tabiati juda murakkab bo‗lib, uning 
mexanizmi hali oxirigacha o‗rganilmagan. 
Chet el tadqiqotchilari aniqlashlaricha, polimerlarni mustahkamlash va 
chidamliligini oshirish, asosan, kompozitsiyalarning xossalarini aniqlovchi
polimer-to‗ldirgich sirtidagi fizik kuchlarga (ishqalanish, bosim kuchlari)
bog‗liq. Ushbu kuchlar qanday hosil bo‗ladi? Olimlarning fikricha, to‗ldirgich va
polimer aralashmasining qotishi uning hamma yerida teng ketsa to‗ldirgichning 
zarrachalari polimerning matritsasiga mustahkam bog‗lanadi. Shuningdek, bunda 
polimerning to‗ldirgich sirtida adgeziyalanishining sezilarsiz bo‗lishi kimyoviy
bog‗lanishning hosil bo‗lishini kamaytiradi. 


18 
Bog‗lanishga kimyoviy yondashilsa yopishishning mustahkam bo‗lishida 
to‗ldirgich sirtiga polimerning adgeziyalanishi asosiy rol o‗ynaydi. Polimer 
kompozitsion materiallarni polimer va to‗ldirgichning qavatlaridan iborat deb 
qarash mumkin. Bunday modelga tajriba kuzatuvlari ham to‗liq javob bera 
oladi: kompozitlarning mustahkamligi komponentlarning faol sirtlari oshgan sari 
oshadi. Bunda bog‗lovchi tolani yelimlaydi va polimerning mustahkamligida 
birinchi navbatda adgeziya jarayoni muhim ahamiyaga ega bo‗ladi. 
Buni quyidagi fakt bilan tushuntirish mumkin: tolasimon PKMga kuch ta‘sir 
qilsa u cho‗zilish bilan bir vaqtda yon tomondan siqilishga uchraydi. To‗ldirgich 
esa har tomonlama bog‗lovchi bilan bog‗langan bo‗ladi va tola deformatsiyasi 
poli- merning deformatsiyalanishiga olib keladi. Ko‗ndalang siqishda polimerning 
plyonkasi cho‗zilishi bilan birga uzilishi ham mumkin. Bundan quyidagi xulosani 
aytish mumkin: PKMni uzish uchun butun tolaning armaturasiga yetarli kuch 
emas, balki ko‗ndalang siqish uchun ham kerakli kuch zarur bo‗ladi. Demak, 
adgeziya katta bo‗lsa, polimer muhitning mo‗rtligi ham oshadi. Demak, polimer 
matritsa hajm birligida ma‘lum mustahkamlikka ega bo‗lsa, yupqa qavatda ham 
ma‘lum darajada mustahkam holda bo‗ladi. 
Qurilish materiallari – quvurlar, kranlar, o‗tkazgichlar uchun PKMlar, 
asosan, polimer-plastiklardan tayyorlanadi. Tadqiqotchilarning ta‘kidlashicha, 
polimerlarning mustahkam bo‗lishi kauchuk va plastiklar uchun muhimdir (3-
rasm). 
Polimer bog‗lovchilar yelimlanish qavatlarining qalinligi kamaysa, 
mustahkamligi avvaliga ko‗payadi, keyin esa kamayishi kuzatiladi. 
Hozirgi vaqtda polimer tola bilan armaturalangan PKMlar texnikaning turli 
sohalarida keng ishlatilmoqda. Shuning uchun PKMlardagi tarkibiy qismlarning 
o‗zaro ta‘sirlashish nazariyalarini ishlab chiqish, polimer kompozitlarning 
xossalarini boshqarish kelajakdagi muhim vazifalardan biridir. 
Polimerlarning mexanik xossalari polimerlarga tashqi ta‘sir kuchlari ta‘sir 
etganida ularning mexanik holatlarini aniqlovchi umumiy xossalaridir. 
Polimerlarning mexanik xossalariga quyidagilar taalluqlidir: 


19 
1. Tashqi mexanik kuchlar ta‘sirida qaytma deformatsion kuchlarning katta 
bo‗lishi (yuqori deformatsion kuchlar). 
2. Materiallar mexanik ta‘sirga uchrashining relaksatsion xarakteri – 
kuchlanganlik va deformatsiyalanish chastotasining ta‘sir davomiyligi. 
3. Polimer mexanik xossalarining uning olinish sharoitiga, ishlov berilishiga 
va qayta ishlanishiga bog‗liqligi. 
4. Anizotrop mexanik ta‘sir natijasida kuchli anizotrop mexanik xossaga ega 
bo‗lishi va tashqi ta‘sir tugaganidan keyin ham uni saqlay olishi qobiliyati. 
5. Kimyoviy o‗zgarishlarning mexanik kuchlar ta‘siriga chidamliligi. 
3-rasm. Turli sharoitlarda ishlatishga mustahkam, elastik polimer 
kompozitsion qurilish materiallari: quvurlar, kranlar, o‗tkazgichlar. 
Polimerlar, asosan, uch xil amorf holatga ega: shishasimon, yuqori elastik, 
oquvchan. 
Ushbu holatlarning ikkitasida (shishasimon va yuqori elastik) 
polimerlar uch o‗lchamli (fazoviy, choklangan) bo‗ladi. 
Polimerlarning ishlatilish sohasi, asosan, uning ishlatilish harorat intervali 
bilan aniqlanadi (odatda –40°C dan +40°C gacha). Bu intervallarda yuqori elastik 
holdagi polimerlar elastomerlar deyiladi. Ulardan texnikada rezinalar ishlab 
chiqariladi. Ishlatilish vaqtida shishasimon holatda bo‗lgan polimerlar plastik 
massalar deyiladi. Ulardan hajmga ega bo‗lgan buyumlar va plyonkalar ishlab 
chiqariladi. 
Polimerlarning deformatsion va friksion mustahkamligi muhim hisoblanadi. 
Polimerlarning deformatsion xossalari deganda, uchuvchanlik va yuqori 
elastiklik, qattiqlik va yumshovchanlik, majburiy yuqori elastiklik, plastiklik, 
oquvchanlik, polimerning qovushqoqligi, ichki ishqalanish tushuniladi. 


20 
Polimerlarning mustahkamlik xossalari deganda esa, qattiqligi, uzoq 
vaqtgacha yaroqliligi, mo‗rtligi, zarbaviy qovushqoqligi, charchashga 
mustahkamligi tushuniladi. 
Friksion xossalariga ishqalanish koeffitsiyenti, yedirilishga qarorliligi kiradi. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish