9.5. Nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar tafakkuri
Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shakli bo'lib, insonga
atrof borliqni bilish quroli sifatida xizm at qiladi. Tafakkur inson
amaliy faoliyati vujudga kelishining asosiy shartidir. Tafakkur nutq
bilan cham barchas bog'liq. N utq bo'lmasa, til vositalari bo'lmasa,
inson fikr qilolmaydi. Tafakkur bo'lmasa, nutq, tilning ham bo'lishi
m u m k in emas. Bular o'zaro bog'liq kategoriyalardir. Tafakkur bu
bilish jarayonidir. Bosh miyaning bilish jarayonlarini t a ’minlaydigan
m arkazlarining shikastlanishi tafakkur jarayonlariga salbiy t a ’sir
ko'rsatadi. Bu esa, o'z navbatida, nutqqa ta ’sir ko'rsatmay qolmay-
di.
Nutq buzilishlarini o'rganishda va tuzatishda logopediya va
logopsixologiya fanlari nutq va fikrning o'zaro bog'liqligi konsepsi-
yasiga, bolaning rivojlanishidagi um um iy va maxsus qonuniyatlar-
ning o'zaro munosabatlari.to'g'risidagi nazariy qoidalarga, nutq va
faoliyatning hamkorlikda rivojlanishi haqidagi, ichki ha m d a tashqi
o m illarning o'zaro t a ’siri haqidagi, ruhiy rivojlanishning harakat-
lantiruvchi kuchlari haqidagi nazariyalarga tayanadi.
XX asrning boshlaridayoq bosh miyada «alohida nutq markaz-
lari» mavjud va nutq funksiyasi m ana shu m arkazlarda lokallashgan
176
degan nuqtayi n azar keng tarqalgan edi. Rus olim i I.P. Pavlov bu
qarashga yangi yo'nalish berdi. U bosh miya qo b ig'ining nutq funk-
siyalari lokalizatsiyasi m urak k ab bo'lib qolmay, balki o'zgaruvchan
xususiyatga ega ekanligini ham isbotlab berdi va uni «din am ik loka-
lizatsiya» deb atadi.
I.P. Pavlov t a ’limotiga muvofiq nutq bosh m iyaning m urakkab
psixofiziologik funksiyasini, uning ikkinchi signal sistemasini o'zida
nam oyon etadi. Bu esa signallarning signali sanaladi. Birinchi va
ikkinchi signal tizim lari bir-biri bilan uzviy bog'langandir. Ikkinchi
signal tizim i birinchi tizim asosida shakllanadi. A m m o keyincha-
lik 2-signal tiz im in ing 1-signal tizim ini tartibga soluvchi t a ’siri
nam oyon bo'ladi. So'z alohida xususiyatning signali, u m u m lash ti
rish, m avhum lashtirish qurolidir. 1- va 2-signal tizim lari orasidagi
o'zaro m urak k ab aloqalarni hisobga olish nutq buzilishini tuzatish,
buzilgan nutq va nutqsiz funksiyalarning o 'rn in i bosish ustida sa-
m arali logopedik ish olib borish uchun imkoniyat yaratadi.
Hozirgi vaqtda P.K. Anoxin, A .N . Leontev, A.R. Luriya va boshqa
rus olim la rin in g olib borgan tadqiqotlariga ko'ra, h a r qanday psixik
funksiyalarning asosi alohida m arkazlarda bo'lmay, balki markaziy
asab sistemasining turli joylarida joylashgan m u rakkab funksiyalar
tizim i hisoblanadi.
Nutq rivojlanishi jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari,
tafa k k u r qobiliyatlari shakllanadi. So'zning ah am iyati o 'z -o 'z id a n
um um lashtiruvchi hisoblanadi va shu m unosabat bilan o'zida na-
faqat nutq birligini, balki tafakkur birligini h am nam oyon qiladi.
Ular ay nan o'xshash em as va m a ’lum darajada bir-biriga bog'liq
bo'lm ag an holda paydo bo'ladi. Lekin bolaning ruhiy rivojlanishi
jarayonida m urakkab, sifat jih a td a n yangi birlik, nutqiy tafakkur,
nutqiy fikrlash faoliyati paydo bo'ladi. Nutqiy m u om ala qobiliyatini
o'zlashtirish o'ziga xos insoniy ijtimoiy aloqalar uchu n za m in hozir-
laydi. U tufayli bolaning atrof-m uhit haqidagi tasavvurlari shaklla
nadi va oydinlashadi, uni aks ettirish shakllari takom illashadi.
S huning uchun nutq buzilishiga ega bo'lgan shaxslarning tafak
kur xususiyatlari m uam m o si logopsixologiya va neyropsixologiya
fan larin ing m u h im m u am m o la rid a n biridir. N utq va ta fa k k u rn in g
c h am barch as o'zaro bog'Iiqligini tushunish uchun bolalar psixik
177
funksiyalarining rivojlanishi va buzilishining ichki qonuniyatlarini
e ’tiborga olish kerak.
Rus olimlari (L.S.Vigotskiy, S.L.R ubinshteyn, A .N .L eo ntev
va b.) tom onidan tafakkurning psixik strukturasi masalasi har t o
m onlam a ishlab chiqilgan. Um um qabul qilingan tasnifga ko'ra bi
lish faoliyatining uchta asosiy shakli mavjud: ko'rgazmali-amaliy,
ko'rgazmali-obrazli va verbal-mantiqiy (nutqiy) tafakkur.
Tafakkur sensor alaliya va afaziyaning barcha turlarida m iya
ning organik buzilishlari natijasida tafakkur qo'pol buzilgan bo'ladi.
Boshqa nutq nuqsonlarida esa (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish)
tafakkur buzilishi logopsixologiyada c h uqur o'rganilm agan va tax-
m inim izga ko'ra bu nuqsonlarda tafak kurnin g qo'pol buzilishlari
kuzatilmaydi, lekin o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi.
Afaziyaning turli shakllarida bem orlarning n utq-tafakkur faoli-
yatida u m um an olganda buzilishlar kuzatilmaydi, balki bu faoliyat-
ning ayrim bo'yinlari buzilgan bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda,
miya katta yarim sharlaridagi turli bo'lim larn ing shikastlanishi
so'zlar m a ’nolarini farqlashda m uam m o la r keltirib chiqaradi. Bunda
so'zlarning analitik-sintetik tahlili buzilgan bo'ladi. Sensor alalik
va sensor afazik bolada tovushlarning sintetik-analitik tahlili buzil-
gani sababii u o'zgalarning nutqini tushunm aydi. U ko'p bo'g'inli
so'zlarni idrok eta olmaydi, fonetik jih a td a n yaqin so'zlarning
m a ’nolarini farqlamaydi (masalan, sim -shim , uka-ukki).
V.A. Kovshikov, Y.A. Elkin m otor alalik bolalarning tafakkurini
tadqiq qilar ekanlar, bir nechta tu shunchalarni ajratib ko'rsatdilar:
bilim - borliqni bilishda o'tgan zam on tajribasi natijalarida shakl-
langan va fikrlash operatsiyalari uchun m anba bo'lib xizmat qiladi
gan obrazlar, tasavvurlar, tu sh u n ch alar majmuyi; psixik faoliyatning
o'z-o'zini tashkil qilishi — bilish faoliyatini va uni boshqarishni
faollashtirishga qaratilgan yaxlitlik bo'lib, tafakkur jarayonining ke-
chishi va m uam m oli vaziyatlarni hal qilib berishi uchun kerakli
sharoit yaratib beradi; shaxsiy tafakkur — m uam m oli vaziyatlarni
hal qilishga yo'naltirilgan jarayon.
Nutq kamchiliklariga (duduqlanish, dizartriya, rinolaliya, ala
liya, afaziya va h.k.) ega bolalarda bilish jarayonining kamchiliklari
tafakkur jarayoni va natijalariga va o 'z-o'zin i boshqarishning buzi-
lishiga ko'proq t a ’sir qiladi. U larda atrofdagilar to'g'risida yetarli
h ajm da m a ’lum otlar bo'lmaydi, borliqdagi predm etlarn ing xususi
yatlari va funksiyalari haqida noto'g'ri tasavvurlar, hodisalarning
sabab-oqibat aloqalarini o'rn atish da qiyinchiliklar tug'iladi. O 'z-
o'zini bo shq arish ning buzilishiga hissiyot-iroda doirasidagi k am -
chilik lar sabab bo'ladi. Bolalar, o d atd a, o'zlariga ta k lif qilingan
m u am m o li vaziyatga uzoq vaqt kirisholmaydilar, yoki, aksincha,
vazifani bajarishga juda tez kirishib ketadilar, lekin bunda vazi-
faning h a m m a jih atlarini hisobga olmasliklari tufayli, uni to'g'ri
baholay olm aydilar va to'liq bajarishga qiynaladilar. Ayrim bolalar
esa vazifani bajarishga tez kirishadilar, lekin unga qiziqishlari xuddi
shunday tez yo'qoladi, hatto vazifa to'g'ri bajarilayotgan bo'Isa ham ,
ishni tu g atm a sd a n uni bajarishdan bosh tortadilar. B unda nutqi
rivojlanmagan bolalar fikrlash operatsiyalarini to'g'ri bajara ola-
dilar, lekin ularda psixik jaray o n larnin g (xotira, diqqat, tasavvur,
tafakkur) rivojlanishi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgani sababli
fikrlash operatsiyalari to'liq amalga oshm ay qoladi (V.A. Kovshikov,
Y.A. Elkin).
Nutqi rivojlanmagan bolalarda a n iq obrazli fikrlashning k a m c h i
liklari faqat ikkilam chi emas, balki birlamchi xarakterga ega bo'lishi
m u m k in . Bu holat bosh miya po'stlog'i tepa qism ining jaro h a tla n -
ganligi bilan bog'liq. Og'ir nutq nuqsoniga ega bolalarda ko'pchilik
hollarda n u tq n in g rivojlanmaganligi aniq-obrazli fikrlashning
shakllanm aganligi bilan bog'liq bo'ladi (T.A. Fotekova, 1993). Nutqi
to'liq rivojlanmagan ko'pchilik bolalar uchun fikrlashning sustligi
xos bo'ladi (L.I. Belyakova, Y.F. G arg u sh a, O.N. Usanova, E.L. Fi-
geredo).
M u am m o li bolalar tafakkur rivojlanishi orqada qolish bilan ta s
niflanadi. A .R .L u riy a , L.S.Svetkova, I.T.Vlasenko o'z tadqiqot
larida so'z -m a ntiq tafakkur buzilishi m ex an izm lari m u am m o la rin i
yoritib berdilar.
S o'z-m antiq tafakkur nutq vositasida amalga oshiriladi. A.N . Le-
ontev t a ’kidlashicha, so'z m a ’nolarida predm et dunyosi, xossalari,
aloqalari, m unosabatlari o 'zining moddiy ifodasini topgan. L.S. Vi
gotskiy bu bog'liqlikni tafakkur va nutq birligi deb atagan. Tushun-
cha tafakku r jarayonida vujudga keladi.
179
Tafakkur qanchalik to‘liq rivojlangan bo'lsa, so'z m a ’nosi
shunchalik to'liq bo'ladi, ya’ni tafakkur jarayonlari, so'z m a ’nosi
ortida turib, shaxsiy fikrlash darajasida kechadigan analiz va sintez
bilan bog'langan.
Nutq bilan tafakkurning birligini l.P. Pavlovning ikkinchi signal
sistemasi to'g'risidagi ta ’limoti ham isbotlab beradi, ikkinchi signal
sistemasi birinchi signal sistemasi bilan bir-biriga ta ’sir qilgan holda
n utqning ham , tafakkurning ham nerv-fiziologik negizini tashkil
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |