139
yoki “
bilimlarga asoslangan iqtisodiyot
–
knowledge-bazed economy
” ga o‘tish
sifatida tushuniladi. Postindustrial iqtisodiyotga
kirib kelayotgan bunday
yangiliklarning
mohiyatini
tushunish
information
texnologiyalarning
ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida butunlay yangi bilimlar hosil qilib, yangi
ko‘rinishdagi faoliyat turlarini yaratishini talab qiladi. Keyingi yillarda jahon
iqtisodiy adabiyotida keng tarqalgan “
Bilimlarga asoslangan raqamli
iqtisodiyot
” yoki “
Intellectual iqtisodiyot
” tushunchasi ilmiy bilimlar majmuasi
va ular (
bilimlar, texnologiyalar, chizmalar, usullar va boshqalar
) yozilgan
moddiy ma’lumot tashuvchilar (
disketlar, fleshkalar, internet resurslari va
boshqalar
) moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy
o‘sishning asosiy manba’i bo‘lib qolishini anglatadi. Xuddi shu tufayli ilmiy-
amaliy, ishbilarmon va professional davralarda raqamli iqtisodiyot rivojlanishi
nuqtai-nazaridan bilimlar, ma’lumotlar, yangiliklar va ilmiy-texnologik
innovatsiyalar har tomonlama chuqur o‘rganila boshlandi. Yangi ixtirolar, ilmiy-
texnik ma’lumotlar va innovatsiyalar esa O‘zbekiston iqtisodiyoti asosiy
sektorlarining raqamli iqtisodiyot nuqtai-nazardan qayta tuzilishi va
rivojlanishini aniqlab bera boshladi.
Eng avvalo, bilim va ma’lumotlarning zamonaviy raqamli iqtisodiyot
rivojlanishidagi o‘rni o‘rganiladi, so‘ngra bilim va ma’lumot yaratadigan tizim
va uning tuzilishi hamda funktsiyalari ko‘rib chiqiladi. Raqamli iqtisodiyot
uchun hizmat qiladigan bilimlarga asoslangan
tizimning kuchli va kuchsiz
tomonlari o‘rganilib, uning infratuzilmasi tadqiq qilinadi.
Jamiyatning mahsulot ishlab chiqarish infratuzilmasini o’rganilganda unda
ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki hizmatlarda qanday bilimlar aks etishi va
bu bilimlarning pirovard natijalari qanday bo’lishiga ahamiyat beriladi. Bu yerda
asosiy diqqat-e’tibor bevosita bilimlar hosil bo’ladigan va uning shart-
sharoitlariga bog’liq bo’lgan raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi tushunchasiga
qaratiladi. Undan so’ng, uning zamonaviy sharoitlarga bog’liq alohida
hususiyatlari viloyatlararo miqyosda o’rganiladi. Bilimlarning biror bir moddiy
yoki ma’naviy ne’mat yaratadigan tashuvchisi, saqlovchsi
va foydalanuvchisi
You created this PDF from an application that is not licensed to print to novaPDF printer (
http://www.novapdf.com
)
140
inson bo’lgani tufayli, jamiyat uchun kerakli bo’lgan amaliy bilimlar asosan
ta’lim tizimida hosil qilinadi.
Shuning uchun ham bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotda sifatli
mahsulotlar ishlab chiqarishning asosi - ta’lim muassasalaridagi zamonaviy
sifatli ta’lim jarayonida hosil bo‘ladi, deyishimiz mumkin. Ishlab chiqarish va
ta’lim tizimi orasidagi asosiy bog’liqlik va munosabatlar majmui ham xuddi shu
bilan aniqlanadi. Raqamli iqtisodiyotni bilimlardan foydalanish asosida tahlil
qilib chiqqanda ishlab chiqarish tizimi,
ishlab chiqarish potentsiali, bilimlarga
asoslangan iqtisodiyotning ishlab chiqarish jarayoni, bu bilan bog’liq iqtisodiy
munosabatlar sub’ektlari, innovatsion tizim, innovatsion potentsial, innovatsion
amaliyot sub’ektlari va boshqa tushunchalar o‘rganiladi.
Yangilik kiritishlar va uning raqamli iqtisodiyotdagi ahamiyatini Y.
Shumpeter aniqlab, ularning man’bai sifatida raqobatning asosiy faktori bo‘lgan
korporatsiyalarning ilmiy faoliyatini ko‘rsatgan.
Ammo bu holda ham asosiy
dominanta sifatida yangi g’oyalarni samarador iqtisodiy yechimlarga aylantira
oladigan novator-tadbirkor insonning ijodi hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushidan
so‘ng, Amerika iqtisodchisi R. Solou AQSH iqtisodiyotidagi quyidagi qiziqarli
bog’liqlikni aniqladi: ishlatilayotgan kapitalning ko‘paytirilishi mahsulot
o‘sishining 12,5% gagina sabab bo‘ladi, qolgan 87,5 % li o‘sish esa texnologik
o‘zgarishlarga bog’liq bo‘lar ekan.
Solou iste’molga bo‘lgan talab investor va xaridor tomonidan belgilanishini
taklif qildi. Bundan tashqari, muvozanat holatida yaratilgan mahsulotlar to‘liq
to‘lanadi va omborlarda moddiy va ishlab chiqarish zaxiralari qolmaydi.
)
(
Do'stlaringiz bilan baham: