Microsoft Word 2-декабрь конф-2019 doc



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/123
Sana21.07.2022
Hajmi8,04 Mb.
#834272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
773-Текст статьи-1813-1-10-20200106

ЙИЛГА 
ҚАДАР 
ИЖТИМОИЙ-ИҚТИСОДИЙ 
КОМПЛЕКС 
РИВОЖЛАНТИРИШ 
КОНЦЕПЦИЯСИДА 
РАҚАМЛАШТИРИШ МАСАЛАЛАРИ 
365 
МАДЖИДОВ Р.Р. 
ЎЗБЕКИСТОНДА 
ЭЛЕКТРОН 
ҲУКУМАТ 
ДИНАМИКАСИ 
371 
МАДЖИДОВ Р.Р. 
НАБИЕВА Д. 
ЯШИРИН 
ИҚТИСОДИЁТНИНГ 
ЖАМИЯТГА 
ТАЪСИРИ ВА БАРТАРАФ ЭТИШ ЙЎЛЛАРИ 
375 
АКБАРОВА С.Ш. 
ОЧИЛОВА Г.О.
 
БЎЛАЖАК 
РАҲБАР 
ХОДИМЛАР 
ТАЙЁРЛАШГА 
ҚЎЙИЛАДИГАН 
ИЖТИМОИЙ-ИҚТИСОДИЙ 
ТАЛАБЛАР 
381 
ҲАКИМОВА М.Ф. 
ДЖУРАЕВА М.Т. 
МУСАХАНОВА Г.М. 
ОЛИЙ 
КАСБИЙ 
ТАЪЛИМ 
ТИЗИМИДА 
ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ҚЎЛЛАШ 
386 
СУВОНКУЛОВ А 
АКМЛАРДА 
ИЖОДИЙ 
ТАШАББУСЛАР 
МАРКАЗЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ УСУЛЛАРИ 
ТАҲЛИЛИ 
392 
IBRAGIMOVA G.H 
SHOMUROTOVA N.N. 
OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING 
MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISHNING MAZMUNI 
VA SHAKLLARI 
394 
UMARALIEVA F. F. 
AVTORITET FAYLLAR MA’LUMOTLAR BAZASINI 
YARATISH USUL VA VOSITALARI 
397 
MIRHODJAEVA N. SH. 
QURBONOV O. T. 
OMONOV A. T. 
IQTISODIY MASALALARNI YECHISHDA MATEMATIK
METODLARDAN FOYDALANISH 
404 
АБДУЛЛАЕВА Р.М. 
КАРИМОВА Қ.А. 
ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА ИНТЕРФАОЛ УСУЛЛАРДАН 
ФОЙДАЛАНИШ САМАРАДОРЛИГИ 
409 
ҚУРБОНОВ О.Т. 
ДИФФЕРЕНЦИАЛ 
ТЕНГЛАМАЛАР 
НАЗАРИЯСИНИНГ 
ИҚТИСОДИЁТДАГИ 
БИР
ТАДБИҚИ ҲАҚИДА 
412 
 
You created this PDF from an application that is not licensed to print to novaPDF printer (
http://www.novapdf.com
)



1-шўъба. РАҚАМЛИ ДАВРДА ИҚТИСОДИЁТ ВА 
БОШҚАРУВНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ЗАМОНАВИЙ 
ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ, 
ИЖТИМОИЙ ВА ХУҚУҚИЙ ЖИХАТЛАРИ
 
 
 
MAMLAKAT INVESTITSION MUHITINI SHAKLLANTIRISHDA 
RAQAMLI IQTISODIYOTNING MOHIYATI 
i.f.d., prof. N.M.Maxmudov
TDIU “Makroiqtisodiyot” kafedrasi professori 
N.R.Avazov 
TDIU “Iqtisodiyot” fakulteti talabasi 
 
Raqamli iqtisodiyot hamda investitsiya masalalari bugungi kunda 
mamlakat iqtisodiyoti oldida turga eng dolzarb masalalardan bo‘lib hisoblanadi. 
Chunki hozirgi kunda aynan mana shu ikki masala iqtisdiyotni rivojlanishini 
belgilab bermoqda. Bu haqida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich 
Mirziyoyev quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan edilar:

Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida 
yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab 
chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini hayotga 
tatbiq etishimiz zarur. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 
foizga o‘stirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli 
xalqaro tashkilotlar o‘tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda.

Xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun mamlakatimizning 
investitsiya salohiyatini to‘la namoyon etish choralarini ko‘rishimiz kerak. Biz 
iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va 
tarmoqlar bo‘yicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu 
masalada ijobiy natijaga erishish mumkin
1

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalar muhim rol o‘ynaydi. 
Investitsiyalar asosida mamlakat iqtisodiyotini jadal rivojlantirishga erishish 
mumkin. Investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb qilish uchun esa mamlakatda eng 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “2019-yil uchun mo‘ljallangan eng muhim 
ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi”.// Xalq so’zi, 2018 yil 29 dekabr.
You created this PDF from an application that is not licensed to print to novaPDF printer (
http://www.novapdf.com
)



avvalo investitsion muhit shakllangan bo‘lishini talab qiladi.Investitsion muhitga 
esa hozirda raqamli iqtisodiyot o‘zining katta ta’sirini ko‘rsatadi. Raqamli 
iqtisodiyot asosida eng avvalo mamlakatda korrupsiya darajasini keskin 
tushirish mumkin. Ma’lum-ki, investitsion muhitga eng katta salbiy ta’sir 
qiluvchi omillardan biri bu mamlakatdagi korrupsiya darajasi hisoblanadi. 
Qanchalik mamlakatda korrupsiya darajasi past bo‘lsa, unda bu mamlakatda 
investitsion muhit shakllanishi tez amalga oshadi. Natijada mamlakat 
iqtisodiyotiga kirib kelyotgan investitsiya hajmi oshadi. 
O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot dasturini hayotga tadbiq 
qilish eng kami bilan quyidagilarga erishishga imkon beradi:

Yangi texnologiyalar yaratishga halaqit berayotgan huquqiy 
to’siqlarni yangi normativ-huquqiy baza yaratish yordamida to’liq bartaraf 
qiladi;

Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish, shu 
jumladan, tarmoqlar, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, texnik va dasturiy 
ta’minotning zamona talablariga mos ravishda rivojlanishiga imkon beradi; 

Ta’lim tizimining har tomonlama rivojlanishini va yangilanishini 
ta’minlaydi;

Mamlakatdagi turli-tuman kompaniyalarning, firmalarning, davlat 
korxonalarining hamda biznesning rivojlanishiga puxta asos yaratadi;

Raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat ko’rsatadigan ko’plab 
tashkilotlar hosil bo’lishiga olib keladi.
Ushbu raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi quyidagi maqsadlarini 
amalga oshirish uchun hizmat qilishi kerak:

O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ekotizimini 
yaratish; 

Mamlakat 
raqamli 
iqtisodiyot 
tizimining 
institutlari 
va 
infratuzilmasini yaratish; 
You created this PDF from an application that is not licensed to print to novaPDF printer (
http://www.novapdf.com
)


10 

Respublikaning barcha tarmoqlarini qamrab oluvchi information 
jamiyat tashkil qilish uchun kerakli bo’lgan barcha chora-tadbirlarni amalga 
oshirish; 

Global 
miqyosda 
va 
global 
bozorlarga 
respublikamizning 
raqobatbardoshliligini oshirish.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boshqa mamlakatlar kabi, O‘zbekiston 
uchun ham uning dunyo miqyosidagi raqobatbardoshligini belgilab beradigan 
strategik ahamiyatga molik masalalardan biri hisoblanadi. Shuni ham tan olish 
kerakki, O‘zbekistonga bugungi kunda maqbul keladigan tadbir qisqa davrda – 
birinchi navbatda, texnologik ortda qolishdan qutulishdir. Hosirda esa 
mamlakatimizda zarur miqdordagi to’laqonli iqtisodiyot sub’ektlari yo‘qligi 
tufayli yetuk va to’laqonli raqamli iqtisodiyotni o‘z-o‘zidan shakllantirish uchun 
shartsharoitlar yo‘q. Bu esa davlatimizga raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini 
uchun shart-sharoitlar yaratish, uni eng kerakli sohalarga yo’naltirish va bu 
jarayonni imkoniyat darajasida rag‘batlantirish zarurligi demakdir.Milliy 
iqtisodiyotimizning yana bir muhim ajralib turadigan jihati shundaki, YIM 
asosiy qismi davlat korporatsiyalari (yoki davlat ishtiroki ulushi katta bo‘lgan 
kompaniyalar) tomonidan yaratiladi. Ishlab chiqarishning ko‘plab tarmoqlarida 
davlat ishtirokidagi o‘yinchilar bozorning 80% gacha bo‘lgan qismini tashkil 
qilishi mumkin. Bunday sharoitlarda profilli vazirliklar yoki davlat 
korporatsiyalari rahbarligi ostida industrial raqamli platformalar yaratish eng 
oqilona qadam bo‘lib hisoblanadi. Bunday platformalar raqamli iqtisodiyotning 
tez rivojlanishi va unga mos keluvchi texnologiyalarning keng tarqalishi uchun 
zarur infratuzilma bazisini yaratadi. Raqamli iqtisodiyot platformalari tuzishda 
asosiy e’tiborni quyidagi yo‘nalishlarga qaratish zarur: telekommunikatsiyalar, 
energetika, transport, sog‘likni saqlash, soliq va soliqqa tortish, dori-darmonlar 
logistikasi,ma’lumotlarni qayta ishlash, turizm, tashqi iqtisodiy faoliyat, 
ko‘chmas mulk savdosi va ishlab chiqarish. Aynan shu sohalarning rivojlanishi 
infratuzilma va texnologik bazis yaratishga imkon beradi.So‘ngra ularni boshqa 
sohalarga ko‘chirgan holda O‘zbekiston yetuk raqamli iqtisodiyotni maksimal 
You created this PDF from an application that is not licensed to print to novaPDF printer (
http://www.novapdf.com
)


11 
darajada tez rivojlantirishi mumkin boladi. Bunday yondashuv bugungi kunda 
respublikamiz uchun eng maqsadga muvofiq bo‘lib ko‘rinadi, lekin u ham 
kamchiliklardan xoli emas, albatta. Ammo mos keluvchi strategiya unga 
asoslanishi lozim bo‘lgan raqamli iqtisodiyot konsepsiyasini shakllantiish uchun 
taxmin qilingan yo‘l risklarini ham, raqamli iqtisodiyot risklarini ham hisobga 
olish lozim. 
Mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rvojlantirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida 
quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: 

davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat organlarining joylarda zarur 
axborot tizimlari va resurslarini, dasturiy ta'minot va elektron xizmatlarning 
joriy qilinishini muvofiqlashtirishlarini belgilab olish; 

mamlakatda raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari bozorini, 
jumladan davlat xususiy sherikchiligi asosida texnopark va kovorking-markazlar 
faoliyatini tashkil qilish orqali xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun qulay 
sharoit yaratish; 

zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi, aloqa texnologiya va 
tarmoqlarini 
rivojlantirish, 
zamonaviy 
telekommunikatsiya 
xizmatlarini 
rivojlantirishni joriy qilishni muvofiqlashtirish; 

davlat boshqaruvida va iqtisodiyot sohalarida elektron xizmatlarni joriy 
qilish, elektron tijorat va dasturiy ta'minot bozorini rivojlantirish orqali raqamli 
iqtisodiyotni yuksaltirish; 

Internetning milliy segmentini, raqamli media-kontentni tashkiliy, 
moddiy-texnik va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash orqali rivojlantirish bo‘yicha 
takliflar ishlab chiqish; 

shahar va hududiy infratuzilmani boshqarishda foydalanish, xususan 
turar-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish, transport logistikasi, xavfsiz va «aqlli 
shahar» uchun «aqlli tizim»larni ishlab chiqish; 

malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Xulosa o‘rnida aytish mumkin-ki, raqamli iqtisodiyot mamlakat 
investitsion muhitiga bevosita o‘zining ta’sirini o‘tkazib keladi. Investorlar ham 
You created this PDF from an application that is not licensed to print to novaPDF printer (
http://www.novapdf.com
)


12 
investitsiya tikishdan avval mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holatini 
o‘rgangan holda investitsiya kiritishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu holatda ham 
mamlakatda raqamli iqtisodiyot holati yaxshi bo‘lsa, bu investor uchun juda 
katta qulayliklar yaratib beradi. Eng avvalo investorning vaqti hamda ortiqcha 
harajatlari tejaladi. Bu o‘z-o‘zidan ham davlatga ham investorning o‘ziga va ens 
asosiysi mamlakat aholisiga juda katta foyda keltiradi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish