Microsoft Word 2-декабрь конф-2019 doc


RAQAMLI IQTISODIYOT VA «ELEKTRON HUKUMAT»



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/123
Sana21.07.2022
Hajmi8,04 Mb.
#834272
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   123
Bog'liq
773-Текст статьи-1813-1-10-20200106

RAQAMLI IQTISODIYOT VA «ELEKTRON HUKUMAT» 

Маджидов Р.Р.-ТДИУ "Эконометрика"


кафедрасининг катта ўқитувчиси 
Elektron hukumat (EH) – davlat organlarining jismoniy va yuridik 
shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash yo’li bilan davlat 
xizmatlari ko’rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron 
hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va 
texnik vositalar tizimi. EH an’anaviy hukumatning muqobil yoki analog shakli 
hisoblanmaydi, balki raqamli texnologiyalar orqali uning samaradorligini 
oshirish uchun yangi usul va vositalarni taqdim etgan holda to’ldiradi. 
Elektron hukumatni joriy etishdan ko’zlangan maqsadlar: 
• Davlat xizmatlarini ko’rsatish tartiblarini takomillashtirish; 
• Barcha saylovchilarning mamlakat boshqaruvi jarayonidagi ishtirok 
darajasini oshirish; 
• Aholining o’ziga o’zi xizmat ko’rsatish imkoniyatlarini kengaytirish va 
qo’llab-quvvatlash; 
• Texnologik bilim va fuqarolarning kasbiy mahoratlarini oshirish; 
• Geografik joylashuv omilining ta’sirini kamaytirish. 
Amalda EH shakllantirish davlat xizmatlarini elektron shaklga o’tkazish 
orqali ularning sifatini oshirish hamda aholi va biznes tomonidan foydalanish 
imkoniyatini yaratishdan iborat. 
Davlat xizmati – ariza beruvchilarning so’rovlariga ko’ra amalga 
oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish bo’yicha ular tomonidan 
ko’rsatiladigan xizmat. Agar qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari 
ko’rsatish funktsiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo’lsa, ular 
ham davlat xizmatini ko’rsatishlari mumkin. 
Elektron davlat xizmati (EDX) – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
qo’llanilgan holda ko’rsatiladigan davlat xizmati. Masalan: korxonalar 
tomonidan soliq va statistik hisobotlarni Internet orqali topshirish, pasport olish 
You created this PDF from an application that is not licensed to print to novaPDF printer (
http://www.novapdf.com
)


342 
uchun elektron ariza taqdim qilish, davlat reestr va arxivlaridan elektron 
ma’lumotnomalar berish va h.k. 
Davlat xizmatlarining aksariyat qismi bir nechta davlat organlari 
ishtirokida amalga oshirilib, bunda davlat xizmati natijasi uchun mas’ul bo’lgan 
davlat organining boshqa unga bo’ysunmaydigan davlat organlari bilan 
idoralararo hamkorlik qilishi ko’zda tutiladi. Bu jarayon hujjatlarni 
birxillashtirish (unifikatsiya) va davlat organlari o’rtasida ma’lumotlarni tezkor 
almashish, yagona identifikatorlardan foydalanish, axborot tizimlarini o’zaro 
biriktirish (integratsiya) va idoralararo aloqalarni muvofiqlashtirish orqali 
amalga oshiriladi. 
Idoralararo elektron hamkorlik (IEH) – davlat organlari o’rtasida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari vositasida ma’lumotlar almashish. 
Elektron hukumatning yagona identifikatorlari –har bir jismoniy va yuridik 
shaxsga, kadastr va ko’chmas mulk ob’ektlariga, geografik va boshqa 
ob’ektlarga beriladigan, ularni elektron hukumatda identifikatsiyalash imkonini 
beruvchi noyob kodlar. Ular davlat organlariga (va ularning axborot tizimlariga) 
davlat xizmatlarini ko’rsatishda, vazifalarini bajarishda va idoralararo 
hamkorlikda ishtirok etuvchi sub’ekt (fuqaro va tashkilotlar) va ob’ektlarni 
(ko’chmas mulk, avtotransport va h.k) bexato identifikatsiyalash imkoniyatini 
beradi.
EH yagona identifikatorlari sirasiga jismoniy shaxsning shaxsiy 
identifikatsiya raqami (JSh IIR) va soliq to’lovchining identifikatsiya raqami 
(STIR) kiradi. Keyinchalik, ushbu ro’yxatga avtotransport vositasining ro’yxat 
raqami, ko’chmas mulk ob’ekti kadastr raqami va boshqa identifikatorlar ham 
kiritiladi. 
EH 
loyihalarining 
samarali 
amalga 
oshirilishida 
idoralararo 
mutanosiblik(interoperabellik) muhim ahamiyat kasb etadi – davlat xizmatlarini 
ko’rsatish yoki boshqa davlat funktsiyalarini bajarishda ikki yoki undan ko’p 
davlat organlari (va ularning axborot tizimlari) tomonidan samarali o’zaro 
hamkorlik qilish qobiliyati tushuniladi.
You created this PDF from an application that is not licensed to print to novaPDF printer (
http://www.novapdf.com
)


343 
Interoperabellik bir nechta pog’onalarga bo’linadi: normativ-huquqiy 
(normativ hujjatlarning mosligi), tashkiliy (tartib-taomillarning mosligi), 
semantik (saqlanayotgan va almashinayotgan ma’lumotlar bo’yicha bir xil 
tushunchaga ega bo’lish) va texnik (ma’lumotlar almashinuvi standartlari, 
formatlari va protokollarining mosligi). 
Bugungi kunda mamlakatimizda elektron hukumatni rivojlantirish muhim 
vazifalardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda davlat organlari orasida elektron 
tizimning joriy etilishi hamda bu tizimning barcha fuqarolar uchun ochiq 
bo`lishi, shuningdek undan foydalanishning teng huquqlilik asosida amalga 
oshirilishi qaysidir ma’noda korrupsiyaning oldini olishi, hamda fuqarolarning 
siyosiy jarayonlarda bevosita ishtirok eta olishlari shuningdek, siyosiy 
jarayonlar borasida o‘z fikrlarini elektron tarzda havola etish va o‘z huquqlarini 
amalga oshirish yo`lida bevosita davlat organlari bilan ushbu tizimdan 
foydalangan holda muloqotga kirisha olish kabi qulayliklarning vujudga 
kelishiga olib kelishi tabiiydir. 
Mamlakatimizda Elektron hukumat tizimini rivojlantirish borasida salmoqli 
ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda butun dunyo hamjamiyati tomonidan 
shakllantirilgan qarashlarga muvofiq hamda D. Xolmsning “Elektron hukumat: 
hukumat uchun biznes strategiyadir” kitobida elektron hukumat to‘rt bosqichga 
bolinadi: 
Tashkillashtirish
-
elektron hukumat yaratilishini boshlab beradi. Ushbu 
jarayonda davlat muassasalari Internet tarmog‘ida veb saytlarini yaratadilar. 
O‘ziga xos “tashrif qog‘ozi” vazifasini bajaruvchi ushbu saytlarda, asosan, 
davlat tashkilotlarining vazifalari, uning vakolati doirasida mamlakatda yuz 
berayotgan voqealar va o‘zgarishlarni tavsiflovchi yangiliklar, manzil hamda 
bog‘lanish imkoniyatlari kabi umumiy ma’lumotlar joylashtiriladi. 
Axborot ta’minoti
 
bosqichida–davlat tashkiloti hamda fuqarolar va xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar o‘rtasida rasmiy veb-saytlar orqali “savol-javob” 
shaklidagi munosabatlar o‘rnatiladi. 
You created this PDF from an application that is not licensed to print to novaPDF printer (
http://www.novapdf.com
)


344 
Bunda murojaat etuvchilar o‘z so‘rovlarini saytdagi maxsus bo‘lim, forum 
yoki elektron pochta orqali yo‘llash imkoniyatlari yaratiladi. Davlat muassasasi 
tomonidan har bir so‘rov “qo‘lda”ko‘rib chiqiladi, qayta ishlanadi, javob 
tayyorlanadi hamda murojaatchiga yuboriladi. 
Tarmoq trankzaksiyalari
 
– elektron hukumat yaratishning uchinchi bosqichi 
bo‘lib, uning doirasida aholi va korxonalarga avtomatlashtirilgan xizmat 
ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi, ya’ni kelib tushgan har bir so‘rovnoma avtomatik 
tarzda ko‘rib chiqiladi, unga mos ravishda tegishli javob tayyorlanib 
murojaatchiga yo‘llanadi. 
Integratsiya – elektron hukumat yaratishning yuqori bosqichi bo‘lib, davlat 
xizmatlari ko‘rsatishning yagona integrallashgan axborot tizimining ishga 
tushirilishini taqazo etadi. 
Buning natijasida bir nechta turdosh bo‘lmagan davlat muassasalarining 
birgalikdagi ishlashlarini talab qiluvchi murakkab davlat xizmatlarini avtomatik 
ravishda ko‘rsatish imkoniyatlari yaratiladi. 
Barcha mamlakatlar elektron hukumat yaratish jarayonida turli davrda turli 
dasturlarni amalga oshiradilar. Bu mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga, 
iqlimiga, iqtisodiy o‘sish omillariga bog‘liq jarayon hisoblanadi. Shunga ko‘ra 
davlatlarning elektron hukumat yaratilishi hamda rivojlanishi turli bosqichlarda 
amalga oshadi. 
BMT tomonidan o‘tkazilgan hamda 2018-yilda chop etilgan Elektron 
hukumat rivojlanish reytingini o‘rganishlarga ko‘ra ushbu sohadagi yetakchi 
o‘nta o‘rinni tashkilotga a’zo 193 ta mamlakatdan: Koreya Respublikasi, 
Avstraliya, Singapur, Fransiya, Gollandiya, Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, 
Yangi Zellandiya, Finlandiya egallagan. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi 
mamlakatlari orasida Estoniya 16-o‘rinda, Rossiya 32-o‘rindan joy olgan. 
Rivojlanayotgan Afrika davlatlari esa ro‘yxatning so‘nggi qatoridan joy 
olgan. Shuni ta’kidlash joizki, elektron hukumat va mamlakatdagi fuqarolik 
jamiyatining rivojlanganlik darajasi o‘zaro bog‘liq va bir-biriga ta’sir 
o‘tkazuvchi jarayonlardir. 
You created this PDF from an application that is not licensed to print to novaPDF printer (
http://www.novapdf.com
)


345 
O‘zbekistonda Elektron hukumat tizimini rivojlantirish borasidagi ishlar 
jadal sur'atlar bilan olib borilmoqda. 
Elektron hukumat tizimi “Hukumatga hamma istalgan joydan hamda 
istalgan joyda murojaat qilishi mumkin” tamoyiliga asosan faoliyat olib boradi. 
Ya’ni elektron hukumat fuqarolar va davlat o‘rtasidagi aloqani kuniga 24 soat, 
haftasiga 7 kun mobaynida geografik joylashuv va yil faslidan qat’i nazar 
ta’minlab berishi kerak 
Hozirgi kunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 220 dan ortiq 
interaktiv xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Portalda loyiha guruhi tashkil etilgan 
(2014-yil may oyi) davrgacha joriy etilgan xizmatlarning aksariyat qismi 
axborot (ma’lumot) tarzidagi xizmatlardan iborat bo‘lgan. Interaktiv xizmatlarni 
joriy etishda optimallashtirishga e’tibor qaratilmaganligi va xizmatlardan 
foydalanish murakkabligi sababli ulardan foydalanish ko‘rsatkichi juda past 
bo‘lgan. Iyun oyidan buyon ishga tushirilgan 25 ta xizmatning barchasi 
interaktiv bo‘lib, ularni joriy etishdan oldin optimallashtirish, foydalanishni 
soddalashtirish va ularning reglamentlarini ishlab chiqish asosida amalga 
oshirildi. Joriy etilayotgan xizmatlarning aksariyati “Doing Business” xalqaro 
reytingiga ta’sir etuvchi xizmatlar bo‘lib, bu omilga alohida e’tibor berilmoqda. 
Hozirda bir kunda o‘rtacha 700 ga yaqin murojaat kelib tushmoqda. Bu esa 
mamlakatimiz fuqarolarining Elektron hukumat tizimiga bee’tibor emasliklarini 
bildiradi. Zero, Elektron hukumat tizimini rivojlantirishdan ko‘zda tutilgan 
asosiy maqsad ham davlat va fuqarolar o‘rtasidagi erkin muloqat o‘rnatishdan 
iboratdir. 
“Elektron hukumat” tizimi yil sayin takomillashib, talab yuqori bo‘lgan 
yangi interfaol xizmatlar bilan boyitilgan holda foydalanuvchilar uchun yanada 
qulay bo‘lib bormoqda. Ayni paytda, ushbu ishlar davomi sifatida Interfaol 
davlat xizmatlari yagona portalining yangilangan “IDXYaP 2.0” versiyasi 
sinovdan o‘tkazilmoqda. 
O‘zbekiston 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish 
vazirligining 
“Elektron 
hukumat” 
tizimini 
rivojlantirish 
You created this PDF from an application that is not licensed to print to novaPDF printer (
http://www.novapdf.com
)


346 
markazidan ma’lum qilishlaricha, ayni paytda yagona portalga 300 dan ziyod 
davlat xizmatini taqdim etadigan 600 dan ortiq davlat muassasasi va tashkilotlari 
ulangan. 
Texnik taraqqiyot va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya-
larining davlat organlari faoliyatiga jadal integratsiyalashuvi yagona portal 
taqdim etadigan interfaol xizmatlar sifati va miqdoriga bo‘lgan talabni 
o‘zgartirdi. Shu bois, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi “LG 
CNS UZBEKISTAN” kompaniyasi bilan hamkorlikda Interfaol davlat 
xizmatlari yagona portalining yangilangan “IDXYaP 2.0” versiyasini ishlab 
chiqdi. Unga ko‘ra, portal funksiyalari butunlay o‘zgartirildi, interfeys 
yangilanib, soddalashtirildi. Jismoniy va yuridik shaxslarning, kommunal 
xizmatlarni yetkazuvchilarning ma’lumotlar bazasi tizimi, to‘lov tizimi 
integratsiyalashtirildi. Portalda ro‘yxatdan o‘tish jarayoni ham sezilarli darajada 
soddalashtirilib, foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga o‘zgartirish kiritildi. Endi 
fuqarolarning o‘zi shaxsiy kabinetini xizmatlar bilan to‘ldirishi mumkin. 
“Elektron hukumat” tizimining takomillashuvi, talab yuqori bo‘lgan yangi 
interfaol raqamli xizmatlar taklif etilishi O‘zbekistonda kuchli fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish, davlat va xalq o‘rtasidagi muloqotning yanada 
kengayishi va mustahkamlanishiga xraizmat qiladi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish