3.8. Tayanch iboralar tijorat banklari zamonaviy bank bank resurslari «umumiy zaxiralar» «maxsus zaxiralar» taqsamlanmagan foyda I darajali kapital II darajali kapital «kapitalning yetarliligi» likvidlikni boshqarish bankning oltin qoidasi aktivlarni boshqarish passivlarni boshqarish ssuda foizi marjali ssudalar «to‘lovga layoqatlilik» bank likvidligi gudvil leveraj «Kuk koeffitsiyenti» likvidli aktivlar aktivlar me’yori «yaxshi» aktivlar «standart» aktivlar «substandart» aktivlar «shubhali» aktivlar «umidsiz» aktivlar bank daromadi bank xarajatlari foydalilik koeffitsiyentlari bank kapitalining yetarlilik koeffitsiyenti bankning o‘z kapitali bank aktivining sifati
196
bankning likvidlik koeffitsiyentlari lahzalik likvidlik koeffitsiyenti aktivlarning diversifikatsiyalanishi «qaynoq pullar» ishonchsiz mablag‘lar barqaror mablag‘lar aktiv hisoblar passiv hisoblar aktiv-passiv hisoblar nomoddiy aktivlar depozitlar sifati likvidlikni boshqarish likvidlikni baholash likvid ko‘rsatkichlar bank hisoboti bank balansi sintetik hisob analitik hisob mablag‘lar manbasi mablag‘larni immoblizatsiya qilish 3.9. Test topshiriqlari va masalalar 1. Tijorat banki: a) davlat bankining tarkibiy qismi hisoblanadi; b) nodavlat bank hisoblanadi; c) noto‘g‘ri javob yo‘q; d) to‘g‘ri javob yo‘q. 2. Mulkchilik shakliga qarab tijorat banklari quyidagi turlarga bo‘linadi: a) davlat banklari; b) aksioner banklar; c) kooperativ banklar; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 3. Tijorat banklari mulkchilik shakliga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: a) xususiy banklar; b) qo‘shma banklar; c) xorijiy banklar; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 4. Bajariladigan operatsiyalariga qarab banklar: a) universal banklarga; b) maxsus banklarga; c) viloyat banklariga bo‘linadi; d) a + b. 5. Quyida qayd qilingan funksiyalarning qaysi biri bank kapitalining funksiyasi hisoblanadi?
197
a) kreditorlarning manfaatini himoya qilish; b) bank faoliyatining barqarorligini ta’minlash; c) bank faoliyatini muvofiqlashtirish; d) a + b + c. 6. Leveraj – bu: a) bank jami aktivlarining kapital bilan ta’minlanganlik darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir; b) firmaning moddiy o‘lchov ta’siriga tushmaydigan sarmoyasi, masalan, obro‘-e’tibor, kasbiy omilkorlik, aloqalar, marketing va boshqalardir; c) moddiy va jismoniy shaklga ega bo‘lmagan nomonetar, identi- fikatsiyalanadigan aktivlardir; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 7. «Kuk koeffitsiyenti»: a) bank barqarorligiga berilgan umumiy bahoni va bankning riskka bardoshlik darajasini ifodalaydi; b) bank kapitalining balansdagi va balans orti aktivlari o‘rtasidagi minimal nisbatni belgilaydi; c) bank jami aktivlarining kapital bilan ta’minlanganlik darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 8. Tavakkalchilik koeffitsiyenti 20 foiz bo‘lgan aktivlar: a) o‘rtacha tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar toifasiga kiradi; b) yuqori tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar toifasiga kiradi; c) minimal tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar toifasiga kiradi; d) tavakkalchilikdan xoli bo‘lgan aktivlar toifasiga kiradi. 9. Quyida qayd qilingan aktivlarning qaysi bir turi yuqori darajadagi likvid aktivlar tarkibiga kiradi? a) bir yilgacha qaytarish sharti bilan so‘mda va chet el valutasida bank tomonidan berilgan kreditlar; b) garovdagi qimmatli qog‘ozlar; c) yaqin 30 kun ichida qaytarish sharti bilan so‘mda va chet el valutasida berilgan kreditlar; d) naqd pullar va unga tenglashtirilgan mablag‘lar. 10. Quyida qayd qilingan aktivlarning qaysi bir turi likvid aktivlar tarkibiga kiradi?
198
a) Markaziy bank schyotidagi mablag‘lar; b) yaqin 30 kun ichida mazkur bank schyotiga o‘tkazilishi kutilgan to‘lovlar; c) davlatning qarz majburiyatlari; d) 50 foiz kafolat sharti bilan bir yildan ko‘proq muddatda qaytarish sharti bilan berilgan kreditlar.