Educational materials


 Ipoteka kreditlari asosida uy-joy qurilishini moliyalashtirish



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/231
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#831803
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   231
Bog'liq
Educational materials

 
26.3. Ipoteka kreditlari asosida uy-joy qurilishini moliyalashtirish.
Mamlakatimizda aholining yashash sharoitini yaxshilash, ularni uy-joylar 
bilan ta’minlash maqsadida ko’plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 
2020 yilning 1 may kuni imzolangan Prezidentimizning “Aholining uy-joy 
sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid 
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” qarori ipoteka krediti asosida aholiga 
aholiga uy-joy berilishi tizimida eng muhim hujjatlardan biri desak adashmagan 
bo’lamiz. 


Ushbu qaror koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida 
aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, ipoteka krediti bozorini yanada 
rivojlantirish, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joylar qurilishiga keng jalb qilish 
hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi. 
Hozirgi vaqtga qadar mamlakatizda ipoteka krediti asosida aholi uy-joy 
bilan ta’minlash bo’yicha qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Ularda 
ipoteka krediti nima ekanligi alohida belgilab qo’yilgan. Ya’ni, ipoteka krediti bu – 
qonun xujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy 
loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilgan 
xolda yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruktsiya qilish uchun, yakka 
tartibdagi uy-joyni yoki ko’p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun 
jismoniy shaxslarga ajratiladigan kreditlar majmuasi hisoblanadi. 
Prezidentimizning 1 maydagi qarori bilan bozor tamoyillariga asoslangan 
ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy 
qilindi. Shuningdek, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan o’z mablag’lari va 
tijorat banklarining kreditlari hisobiga qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy 
bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat etildi. 
Ushbu qarorda 2020 yil 1 maydan boshlab 2022 yil 1 yanvarga qadar 
jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish 
shartisiz qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka 
kreditlarini ajratishga ruxsat berilganligi belgilandi. 
Qarorda ipoteka kreditining yangi tartibi bilan jismoniy shaxslarga uy-joy 
berilishi nazarda tutilgan. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 sentabrdagi 
qarorida ipoteka krediti berilishining yosh chegarasi belgilab qo’yilgan. Ya’ni, 
ipoteka krediti 18 yoshga to’lgan va 60 yoshdan oshmagan O’zbekiston 
Respublikasi fuqarolariga beriladi. Kredit olish uchun yosh chegarasi 
belgilanishining asosiy sababi bu ushbu ipoteka kreditini olish muomala layoqatiga 
etishi hamda to’lovga qobiliyatliligi hisobga olingan. Qonunchilikda shaxs 18 
yoshga to’lganda istisno holatlarni hisobga olinmaganda to’liq muomala layoqatiga 
etgan hisoblanadi va o’zining yuridik ahamiyatga ega bo’lgan harakatlari uchun 
o’zi javob beradi. 
Fuqarolar ushbu qaror bilan uy-joy olish uchun o’zlari xohlagan joydagi 
xususiy qurilish tashkilotlariga murojaat qilishlari mumkin. Bunda ular o’rtasida 
shartnoma tuziladi. Keyin fuqaro tijorat banklariga murojaat qilishi mumkin va 
ariza hamda boshqa hujjatlarni taqdim etgan holda ipoteka kreditlarini olishlari 
mumkin bo’ladi. Bunda fuqaro qarz oluvchi hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilanxususiy pudrat 
tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni, shuningdek, tayyor holda 
topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni 
birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan 
ipoteka kreditlarining eng ko’p miqdorlari quyidagi tartibda amalga oshirilishi 
belgilandi: 
– qishloq joylarida 2 xonali kvartiralar uchun 174 million so’mdan 240 
million so’mgacha, 3 va undan ko’p xonali kvartiralar uchun 224 million so’mdan 
320 million so’mgacha; 


– shaharlarda 2 xonali kvartiralar uchun 180 million so’mdan 240 million 
so’mgacha, 3 va undan ko’p xonali kvartiralar uchun 232 million so’mdan 320 
million so’mgacha; 
– Toshkent shahrida 2 xonali kvartiralar uchun 198 million so’mdan 264 
million so’mgacha, 3 va undan ko’p xonali kvartiralar uchun 255 million so’mdan 
352 million so’mgacha. 
Bu nima degani? Shu vaqtga qadar mamlakatimizda tijorat banklari 
tomonidan ipoteka kreditlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2500 va 3000 
barobarigacha miqdorlarda berilar edi. Shuningdek, aniq miqdorlari belgilanmagan 
edi. Ya’ni, ayrim ko’plab tijorat banklari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 
1100 barobarigacha miqdorda berilishini va undan ortiq so’mmadagi uy-joylar 
uchun ipoteka krediti berilishi bizda mavjud emas degan fikrlarni bildirishar edi. 
Endilikda, birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga 
ajratiladigan ipoteka kreditlarining eng ko’p miqdorlari belgilandi hamda endi 
fuqarolar ushbu belgilangan eng ko’p miqdorgacha ipoteka kreditlarini olishlari 
mumkin bo’ladi. Ayrim fuqarolarda tushunmovchilik Bu bilan birlamchi bozordagi 
uy-joylarning narxlarining eng ko’p miqdorlari belgilanmadi. Faqatgina ipoteka 
kreditining eng ko’p miqdorlari belgilandi xolos. 
Yangi tartib bo’yicha ipoteka kreditining muddati qanday? 
Mazkur qarorda belgilab qo’yildiki, yangi tartib doirasida aholiga 
ajratiladigan ipoteka kreditlari (shu jumladan, bugungi kunga qadar ajratilgan 
ipoteka kreditlari) muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytirildi. 
Bu bilan ipoteka kreditlarining muddati 20 yilgacha uzaytirildi. Ushbu tartib 
bilan fuqarolar endilikda 15 yildan 20 yilgacha bo’lgan muddat bilan ipoteka 
kreditlari olishlari mumkin bo’ladi. 
Shuningdek, yangi tartib doirasida tijorat banklarida joylashtirgan kredit 
resurslari muddatini 15 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi. 
Bundan tashqari tijorat banklari bir oy muddatda yangi tartib doirasida 
jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlari muddatini 15 yildan 20 yilgacha 
uzaytiradi hamda tuzilgan shartnomalarga tegishli o’zgartirishlar kiritadi. 
Bunda 15 yildan 20 yilgacha muddatning oralig’ida bo’lishi ham mumkin. 
Ya’ni, 16, 17 yoki 19 yilgacha ham ipoteka kreditlarini olish mumkin. Eng kam 
muddati 15 yil va eng ko’p muddati 20 yil. 
Subsidiyalar qanday belgilandi? 
Mazkur qarorda belgilab qo’yildiki, 2020 yil 1 maydan boshlab 2022 yil 1 
yanvarga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor 
holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan 
kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini 
ajratishga ruxsat berilishi va belgilangan ipoteka kreditlarining eng ko’p miqdorlari 
hamda ipoteka krediti berishning 15 yildan 20 yilgacha uzaytirilishi 2022 yil 1 
yanvarga qadar amal qiladi va yangi tartibga muvofiq O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining mablag’lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditlariga 
nisbatan tatbiq etiladi. 
Shuningdek, mazkur qarorda shaharlarda va Toshkent shahrida belgilangan 
ipoteka kreditlarining eng ko’p miqdorlari nazarda tutilgan kvartiralarni sotib 


olishga ajratilgan ipoteka kreditlari bo’yicha dastlabki badalning bir qismini to’lash 
bilan bog’liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi 
hamda Qurilish vazirligi tomonidan belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining 
10 foizi miqdorida to’lanadi. 
Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, 2020 yil 1 martdan boshlab 
subsidiyalar olish uchun arizalar O’zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari 
markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali berilmoqda. 
Bundan tashqari, mazkur qaror bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 2020-2021 yillar davomida 
uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni manzilli qo’llab-quvvatlash 
maqsadida mahalliy byudjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan
Prezidentimizning 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini 
takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni bilan 
tegishli hudud uchun belgilangan subsidiyalar sonini 1,3 baravarga va summasini 
40 foizgacha oshirishga ruxsat berildi. 
Yangi tartib bo’yicha ipoteka kreditining foizi va uy-joyning umumiy bahosi 
qanday? 
Ushbu qarorda ipoteka kreditining foizi o’zgarishi haqida norma 
belgilanmagan. Ya’ni, Prezidentimizning 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti 
mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 
Farmonida belgilangan quyidagi foizlarda beriladi: 
– qishloq joylarda — uy-joy hisoblangan qiymatining 90 foizidan 
oshmaydigan miqdorda 15 yildan 20 yilgacha bo’lgan muddatga va dastlabki 
badali sotib olinadigan kvartira qiymatining 10 foizidan kam bo’lmagan miqdorda; 
– shaharlarda — uy-joy hisoblangan qiymatining 80 foizidan oshmaydigan 
miqdorda 15 yildan 20 yilgacha bo’lgan muddatga va dastlabki badali sotib 
olinadigan kvartira qiymatining 20 foizidan kam bo’lmagan miqdorda. 
Shuningdek, uy-joyning qiymati uy-joylarning hisoblangan qiymati har yili 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va sanoat 
vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda kvartira bir kvadrat metrining 
tegishli hududdagi o’rtacha bozor qiymati hamda ikki va uch xonali kvartiralar 
maydonining eng kam me’yorlarini inobatga olgan holda belgilanadi. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish