Book · February 020 citations reads 3,943 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Laboratoriya ishini bajarish tartibi



Download 324,39 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/23
Sana20.07.2022
Hajmi324,39 Kb.
#830874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Uslubiyqollanm Tuproqrekultivatsiyasi

Laboratoriya ishini bajarish tartibi. 
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari 
tuproqlarining ifloslanishi darajasini nazorat qilish uchun, ifloslash manbasining 
tavsiflari, ekiluvchi ekin turi va joyning relefiga bog‘liq holatda, har 0,5–20 ga 
hududda o‘lchamlari 10×10 metrni tashkil qiluvchi kamida 1 ta sinov–namuna 
olinuvchi maydoncha belgilanadi.
Sanoat miqyosida ishlab chiqarish manbasi joylashgan zonada tuproqlarning 
sanitariya holatini nazorat qilish uchun tuproq sinov–namunalari olinuvchi 
maydonchalar sanitariya–himoya zonasi o‘lchamiga nisbatan 3 marta katta 
hududga teng bo‘lgan zonada belgilanadi.
Bolalar bog‘chalari, o‘yin maydonchalari, ahlatxonalar, ahlat qutilari va 
boshqa uncha katta bo‘lmagan joyni egallovchi shu kabi ob’ektlar joylashgan 
hududlarda tuproqlarning sanitariya holatini nazorat qilish uchun, tuproq sinov–
namunalari olinuvchi maydonchalar o‘lchami 5×5 metr o‘lchamdan katta 
bo‘lmagan sohalar bo‘yicha belgilanishi tavsiya qilinadi.
Nuqtali tavsifga ega sinov–namunalari sinov maydonchalarida bitta yoki bir 
nechta tuproq qatlamlaridan yoki gorizontlardan konvert yoki diagonal uslubida 
olinadi, yoki har bir olingan tuproq sinov–namunasining berilgan genetik 
gorizontlar yoki tuproq qatlami uchun tipik tavsifga ega tuproq qatlami qismi 
bo‘lishi hisobga olinishi asosida, boshqa har qanday hoxlagan uslub yordamida 
olinishi mumkin. Nuqtali tavsifga ega tuproq sinov–namunalari 17.4.3.01–83 
Davlat standartiga muvofiq holatda olinishi talab qilinadi. 
Nuqtali tavsifga ega tuproq sinov namunalari pichoqcha yoki shpatel 
yordamida yoki tuproqni burg‘ulash asbobi yordamida olinishi mumkin. 
Birlashtirilgan tuproq sinov–namunalari bitta sinov namunalari olish 
maydonchasidan yig‘ib olingan nuqtali tavsifga ega tuproq sinov–namunalarining 
aralashtirilishi yo‘li bilan xosil qilinadi.
Kimyoviy tahlillar uchun birlashtirilgan sinov–namunasi bitta sinov 
maydonchasidan olingan, nuqtali tavsifga ega bo‘lgan kamida 5 tadan kam 
bo‘lmagan sinov–namunalari yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lishi talab qilinadi. 
Birlashtirilgan (umumlashtirilgan) tuproq sinov–namunasining og‘irligi 1 kg dan 
kam bo‘lmasligi talab qilinadi. 
Tuproq yuza qatlami bo‘ylab taqsimlanuvchi moddalar – jumladan, neft va 



 
neft maxsulotlari, og‘ir metallar va boshqalar ta’sirida ifloslanish darajasini nazorat 
qilish uchun, nuqtali tavsifga ega tuproq sinov–namunalari har bir 200 grammdan 
kam bo‘lmagan miqdorda, 0–5 va 5–20 sm chuqurlik qatlamidan, qavatlar 
bo‘yicha olinadi.
Osonlik bilan migratsiyalanuvchi moddalar ta’sirida ifloslanish darajasini 
nazorat qilish uchun, nuqtali tavsifga ega tuproq sinov–namunalari tuproq 
kesimining butun chuqurligi bo‘yicha, genetik gorizontlardan olinadi. 
Nuqtali tavsifga ega tuproq sinov–namunalarini olish va birlashtirilgan 
sinov–namunalarini tuzib chiqishda ularning tarkibining ikkilamchi tavsifda 
ifloslanishi yuzaga kelmasligi talab qilinadi.
Tuproq tarkibidagi og‘ir metallarni aniqlash uchun olingan nuqtali tavsifga 
ega tuproq sinov namunalari tarkibida metal mavjud bo‘lmagan asbob yordamida 
olinadi. Nuqtali tavsifga ega tuproq sinov–namunalarini olish oldidan qazish joyi 
devorlari yoki kern yuzasi polietilen yoki polistriol materialdan yasalgan 
pichoqcha yoki plastmassadan yasalgan shpatel bilan tozalanishi talab qilinadi.
Tuproq qatlami tarkibidagi uchuvchan tavsifga ega kimyoviy moddalarni 
aniqlash uchun mo‘ljallangan nuqtali tavsifga ega tuproq sinov–namunalari 
olinganidan keyin, tezda flakonlarga yoki shisha bankalarga solinishi va og‘zi zich 
bekitilishi, jumladan idishni og‘zigacha to‘ldirilishi talab qilinadi.
Tuproq tarkibida pestitsidlarni aniqlashga mo‘ljallangan nuqtali tavsifga ega 
tuproq sinov–namunalarini polietilen yoki plastmassadan yasalgan qadoqlarga 
joylashtirish tavsiya qilinmaydi.
Bakteriologik tahlillarni amalga oshirish uchun, bitta sinov numanasi olish 
maydonchasidan 10 ta birlashtirilgan (umumlashtirilgan) sinov namunalari olinadi. 
Har bir birlashtirilgan sinov namunasi har birining og‘irligi 200–250 grammni 
tashkil qiluvchi, uchta nuqtali tavsifga ega sinov–namunasidan tashkil topgan 
bo‘lishi va ularni 0–5 va 5–20 sm chuqurlikdagi qatlamlar bo‘yicha olish tavsiya 
qilinadi.
Bakteriologik tahlillarni amalga oshirishga mo‘ljallangan tuproq sinov–
namunalarini olishda, ularning tarkibining ikkilamchi tavsifda ifloslanib 
qolishining oldini olish uchun aseptika qoidalariga amal qilgan holda ish tutish 
tavsiya qilinadi: jumladan, tuproq sinov–namunalarini sterillangan asbob 
yordamida olish, sterillangan yuzaga joylashtirish, sterillangan idishga solish talab 
qilinadi. 
Gelmintologik tahlillarni amalga oshirish uchun, har bir tuproq sinov–
namunasi olinuvchi maydonchalardan chuqurligi 0–5 va 5–10 sm ni tashkil 
qiluvchi qatlamlar bo‘yicha olingan, har birining og‘irligi 20 grammdan bo‘lgan 
o‘nta nuqtali tavsifga ega sinov–namunasidan tashkil topgan, umumiy og‘irligi 200 
grammga teng bo‘lgan bitta birlashtirilgan sinov–namunasi olinadi. Talab qilingan 
vaziyatlarda tuproq sinov–namunalari tuproqning chuqur qatlamlaridan yoki 
genetik gorizontlaridan olinishi amalga oshiriladi.
Barcha birlashtirilgan tuproq sinov–namunalari ish jurnalida qayd qilinishi 
va raqamlanishi talab qilinadi. Har bir sinov–namunasiga keltirilgan 3–ilovaga 


10 
 
muvofiq 
jo‘natilish taloni
belgilanishi talab qilinadi.
Tuproq sinov–namunalari tashish va saqlash jarayonida ularning takribining 
ehtimolligi mavjud bo‘lgan ikkilamchi tavsifdagi ifloslanib qolishdan himoyalash 
chora–tadbirlarini ko‘rish talab qilinadi.
Kimyoviy tahlillar uchun olingan tuproq sinov–namunalari 5180–84 Davlat 
standarti bo‘yicha, havoda quritilgan holatgacha quruq holatga keltiriladi. Havoda 
quritilgan holatdagi tuproq sinov–namunalari materialdan tikilgan haltachalarda, 
karton qutichaga solingan holatda yoki shisha qadoqlarda saqlanadi.
Tarkibidagi uchuvchan va kimyoviy jihatdan beqaror tavsifga ega kimyoviy 
moddalarni aniqlash uchun mo‘ljallangan tuproq sinov–namunalari olinganidan 
keyin, tezda laboratoriyaga olib kelinishi va tahlil qilinishi talab qilinadi.
Bakteriologik tahlillarni amalga oshirishga mo‘ljallangan tuproq sinov–
namunalari sumka–sovutkichga qadoqlanadi va tezda, laboratoriyaga olib kelinib, 
tahlil qilinadi. Tuproq sinov–namunasi olinganidan keyin, bir kun davomida tahlil 
qilish amalga oshirilishi imkoni mavjud bo‘lmagan holatda, tuproq namunalari 
sovutkichda +4...+5°S harorat sharoitida 24 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddat 
davomida saqlanishi mumkin.
Tuproq sinov namunalari tarkibida mavjud bo‘lgan ichak tayoqchalari va 
enterokokklarni tahlil qilishda tuproq sinov–namunalari sovutkichda 3 sutkadan 
ortiq bo‘lmagan vaqt davomida saqlanishi talab qilinadi.
Gelmintalogik tahlillarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan tuproq sinov–
namunalari olinganidan keyin tezda laboratoriyaga olib kelinadi va tahlil qilinadi. 
Tuproq sinov–namunalari tezda tahlil qilish imkoni mavjud bo‘lmagan holatda, 
tuproq sinov–namunalari sovutkichda +4...+5°S harorat sharoitida saqlanadi. 
Tuproq tarkibida biogelmintlar tuxumlari mavjudligini aniqlash uchun 
tahlillar amalga oshirilishida olingan tuproq sinov–namunalari ishlov berishsiz 
holatda, 7 sutkadan ortiq bo‘lmagan muddat davomida saqlanishi mumkin, 
shuningdek geogelmintlar tuxumlari mavjudligini aniqlash uchun esa – 1 oydan 
ortiq bo‘lmagan muddat davomida saqlanishi belgilanadi. Tuproq sinov–
namunalarining qurib qolishi va geogelmintlar tuxumlaridan lichinkalarning 
rivojlanishining oldini olish uchun, olingan tuproq sinov–namunalari haftasiga bir 
marta namlantiriladi va aeratsiyalanadi, buning uchun tuproq sinov–namunalari 
sovutkichdan chiqarib olinadi va 3 soat davomida xona harorati sharoitida ushlab 
turiladi, tarkibida namlik yo‘qolishi sharoitida suv yordamida namlantirildi va 
keyin, qaytadan sovutkichga joylashtiriladi.
Talab qilingan holatlarda tuproq sinov–namunalari konservatsion vositalar 
bilan birgalikda bir oydan ortiq bo‘lgan muddat davomida saqlanishi mumkin: 
bunda tuproq sinov–namunalari kristallizatorga sepib chiqiladi, uning ustidan 
og‘irlik ulushi 0,8% ni tashkil qiluvchi natriy xloridning izotonik eritmasida 
tayyorlangan, og‘irlik ulushi 3% ni tashkil qiluvchi formalin eritmasi quyiladi 
(
Barbagallo eritmasi
) yoki og‘irlik ulushi 3% ni tashkil qiluvchi xlorid kislota 
eritmasi bilan ishlov beriladi va keyin, sovutkichda saqlanadi.



11 

Download 324,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish