Shodibekov Davronbek Islomovich Shodibekova Dildor Abduraxmanovna



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/155
Sana20.07.2022
Hajmi2,88 Mb.
#830117
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   155
Bog'liq
1953-Текст статьи-5880-1-10-20200703

Boshqarish rejasi. 
Boshqaruv sohasidagi reja korxonaning boshqaruv tuzilmalari 
tahlili, ya‘ni ishlab chiqarishni boshqarish texnologiyasining to‗zilishini rejalashtirish 
demakdir. Aslida u katta hajmda bo‗lmaydi (2-3 varaq), lekin bu bo‗lim ham asosiy 
bo‗limlardan hisoblanadi, chunki biznesdagi, ayniqsa kichik biznesdagi omadsizliklar 
birinchi galda boshqaruvning to‗g‗ri rejalashtirilmagan oqibatidir. 
Boshqarish rejasiда: 

ishbilarmonlikning tashkiliy-huquqiy shakli beriladi.
 

Boshqaruvchi organning tarkibi ko‗rib chiqiladi, 
 

korxonadagi yordamchi bo‗limlar va xizmatlar hamda ularning 
 
vazifalarini taqsimlash ko‗rsatiladi.
 

korxona boshqarish tuzilmasining samaradorligi hisoblanadi. 
 

Bo‗limning oxirgi qismida korxonaning tezkor rejasi yoki ish 
grafigini qisqacha shaklda beriladi
 
Yuridik reja. 
Agar firma katta bo‗lib, u o‗zoq mudadtga mo‗ljallangan ishni 
rejalashtirayotgan yoki ―yangi‖ ish boshlayotgan bo‗lsa yuridik reja mustaqil bo‗lim 
bo‗lib tuziladi. Bunda firma to‗g‗risida ma‘lumotlar bilan bir qatorda, masalan, firma 
siyosati, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati, raqobat kurashining halolligi, ishning 


80 
qonunga muvofiqligi, shartnoma va rejalarning o‗z vaqtida bajarilishi daromad 
manbalari va boshqalar berilishi mumkin. Bu bo‗limni yozish uchun, odatda, 
mutaxassis - yurist taklif qilinadi.Ayniqsa huquqiy me‘yorlar o‗zgarganda kichik 
biznes boshqaruvchisi huquqiy sohada yaxshi bilimdon bo‗lishi kerak chunki bunaqa 
o‗zgarishlarni oldindan ko‗ra bilish yoki ularni o‗z vaqtida payqash va tushunish 
qonun buzilishining oldini oladi.
Moliyaviy reja
. Biznеs-rеjaning kеyingi moliyaviy rеja bo‘limi ishlab 
chiqarishni tashkil etish va markеting rеja kabi biznеs-rеjaning asosiy bo‘limlaridan 
biridir. U ishlab chiqarish va biznеs uchun zarur bo‘ladigan imkoniyatli invеstorlarni 
aniqlaydi va shu bilan bir qatorda biznеs-rеjani iqtisodiy jihatdan bajarilishi 
mumkinligini ko‘rsatadi. 
Moliyaviy reja yaqin 3-5 yil uchun moliyaviy natijalarni rejalashtiradi, agar 
korxona bir necha yil ishlayotgan bo‗lsa, o‗tgan davrga moliyaviy xisobot 
qilinadi.Moliyani rejalashtirishning asosiy qismlari quyidagi xujjatlarni o‗z ichiga 
oladi: sotish hajmi bashorati; pul harajatlari va tushumlar balansi; daromad va 
harajatlar jadvali; korxonaning aktiv va passivlari boshlang‗ich balansi;zarar 
ko‗rmaslikga erishish grafigi.Bo‗limning oxirgi qismida, odatda korxonaning 
moliyaviy strategiyasi yoritiladi. Uning umumiy jihatlari tavsiflanadi va 
rejalashtirilgan 3-5 yil davrga ishlab chiqarishni moliyaviy ta‘minlash masalalari 
ko‗rib chiqiladi.

Biznеs-rеja moliya rеjasida quyidagi savollarga javob kеltirilishi lozim: 

Korxona (firma)ni tashkil etish uchun qancha miqdordagi umumiy invеstitsiya 
hajmi kеrak; 

Moliyalashtirish manbalari qanday (bank krеditini olish, korxonani tashkil 
etayotganlarni o‘z mablag‘i) 

Moliyalashtirish manbalari va valyuta turlari bo‘yicha tarkibi qanday bo‘lishi 
kеrak (agar xorijiy valyutalarda invеstitsiya rеjalashtirilayotgan bo‘lsa, u holda 
qaysi ayirboshlash kurslarida ularni jalb etmoqchi)
Uzoq muddatli invеstitsiyalarga va aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyojlarni 


81 
qondirish uchun qanday shartlar asosida moliya mablag‘lari jalb etiladi. 
Birinchi navbatda, tadbirkor, olingan va boshlang‗ich ma‘lumotlar asosida 
loyihani amalga oshirish uchun qancha mablag‗ kerak bo‗lishini aniqlaydi. Undan 
so‗ng u qayerdan mablag‗ olishni, qaysi muddatlarda olingan mablag‗larni 
qaytarishni, investorlarning korxonaga qo‗yilgan mablag‗larni qachon va qancha foiz 
bilan qaytarib, olishlarini belgilaydi. Bunday ma‘lumotlar bank va kredit beruvchi 
tashkilotlarga ham zarur bo‗ladi. Bu bo‗limni sinchiklab, mukammal ishlab chiqilishi 
tadbirkorlikdagi xavf-xatar va tavakkalchilikni kamaytiradi. 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish