2. Ular odamlardan (biror narsani) o'lchab olgan vaqtlarida to'la qilib oladigan, 3. ularga o'lchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa urib qoladigan kimsalardir. 4. Ular qayta tiriluvchi ekanliklarini o'ylamaydilarmi 5. Ulug’ kun (Qiyomat)da - 6. odamlar (butun) olamlar Parvardigori huzurida tik turadigan (hisob-kitob beradigan) kun-da?! 7. Yo'q! Albatta, fojirlarning nomai a'mollari, albatta, Sijjiynda bo'lur. 8. (Ey, Muhammad,) Sijjiyn nima ekanini qayerdan ham bilursiz? 9. (U) bitilgan kitobdir. Izoh: Sijjiyn - fosiq va fojir kishilarning qilgan ishlari yozilib turadigan kitob bo'lib, u yetti qavat yer ostida saqlanadi. 10. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy! 11. Ular jazo (Qiyomat) Kunini inkor etadigan kimsalardir. 12. U (Kun)ni gunohga botgan har bir tajovuzkorgina inkor etar. 13. Qachonki, (unday kimsaga) oyatlarimiz tilovat qilinsa, u: "(Bu) avvalgilarning afsonalari", - der. 14. Yo'q (unday emas)! Balki, ularning dillarini o'zlarining qilmishlari (gunohlari) qoplab olgandir. 15. Shubha yo'qki, ular o'sha (Qiyomat) Kunida Parvardigorlari (diydori)dan to'siluvchidirlar. 16. So'ngra, albatta, ular do'zaxda toblanuvchidirlar. 17. So'ngra (ularga): "Mana shu sizlar yolg’on deb yurgan narsadir", - deyilur. 18. Darhaqiqat, yaxshilarning nomai a'mollari, albatta, Illiyyundadir. 19. (Ey, Muhammad,) Illiyyun nima ekanini qayerdan ham bilursiz?! 20. (U) bitilgan kitobdirki,