*************************
NABA' SURASI
Naba' - xabardir.
Surada Ulug' xabar, ya'ni, qiyomat to'g'risida bahslashayotgan Makka mushriklariga aniq javoblar beriladi.
Yana unda Alloh taolo O'z qudrati va hikmati bilan yaratgan borliq, koinot va mavjudotlar, qiyomat kunining
shiddati, jannatdagi rohat-farog’at va boshqa muhim ma'lumotlar bayon etilgan. Suraning oxirgi oyatida
imonsiz o'tganlarning qiyomat kuni qanchalik pushaymon qilishlari, hatto tuproq bo'lib ketishni orzu qilishlari
ta'sirli shaklda tasvirlangan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Mushriklar) bir-birlaridan nima haqida so'rashmoqdalar?!
2. Ulug’ xabar haqida.
3. Qaysiki, u haqda ular (doimo) tortishuvchidirlar.
4. Yo'q, (ularning gumonlari behudadir). Ular yaqinda (bu xabarning haq ekanini) bilib olajaklar.
5. So'ngra, yana yo'q! Bilib olajaklar!
6. Biz Yerni to'shak qilib qo'ymadikmi?!
7. Tog'larni esa (Yerni tutib turuvchi) qoziqlar qilib qo'ymadikmi?!
8. Biz sizlarni juft-juft qilib yaratdik.
9. Uyqularingizni (badan va asablaringiz uchun) orom qildik.
10. Kechani (barcha narsani yashirib turadigan) libos qildik.
11. Kunduzni esa, tirikchilik (vaqti) qildik.
12. Tepalaringizda yetti (qavat) mustahkam (osmonni) bino qildik.
13. Yana charaqlab turuvchi chiroqni (quyoshni paydo) qildik.
14. Yana Biz siqib chiqaruvchi (bulut)lardan duv-duv suv (yomg'ir) yog’dirdik.
15. Toki, u sababli don va nabotot (undirib) chiqarurmiz.
16. Shuningdek, qalin bog’larni ham.
17. Albatta, Ajrim Kuni (hisob-kitob uchun) belgilangan vaqtdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |