90. (U kunda) jannat taqvodorlarga yaqin qilinur.
91. Do'zax esa yo'ldan ozganlarga namoyish qilinur.
92. Va ularga: "Ibodat qilib o'tgan butlaringiz qani
93. Allohni qo'yib? Ular sizlarga yordam bera olarmi yoki o'zlari yordam ola bilurmi?!" - deyilur.
94. Bas, unga u (but)lar, yo'ldan ozgan kimsalar (do'zaxga) uloqtirilur.
95. va iblis lashkarlarining barchalari ham.
96. Ular (do'zaxda) bahslashar ekanlar, deydilar:
97. "Allohga qasamki, albatta, bizlar aniq zalolatda ekanmiz.
98. Qachonki, sizlarni olamlarning Parvardigoriga tenglashtirgan paytimizda.
99. Bizlarni aynan jinoyatchilar yo'ldan ozdirdilar.
100. Endi bizlar uchun na oqlovchilar bor,
101. na biror qadrdon do'st.
102. Bas, qaniydi yana bir marta (yashashlik) bo'lsa-yu, bizlar ham mo'minlardan bo'lsak".
103. Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin, odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.
104. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.
105. Nuh qavmi payg'ambarlarni inkor etdi.
106. O'shanda ularga birordarlari Nuh aytgan edi: "Allohdan qo'rqmaysizlarmi?!
107. Albatta, men sizlarga yuborilgan ishonchli payg'ambardirman!
108. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!
109. Men sizlardan bu (da'vatim) uchun mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning
Parvardigori zimmasidadir.
110. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!"
111. Ular dedilar: "Senga razil (kambag'al) odamlar ergashgan bo'lsa, bizlar senga (qanday qilib) imon
Do'stlaringiz bilan baham: |