O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/169
Sana20.07.2022
Hajmi2,39 Mb.
#829332
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   169
Bog'liq
1. Hayot faoliyati xavfsizligi. Majmua. O.N. Imomov

15-modda. Yong’inlarni o`chirish 
Yong’inlarni o`chirish odamlarning hayotini asrab qolish hamda sog’lig’ini 
saqlash, yuridik va jismoniy shahslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni asrash 
hamda yong’inlarni bartaraf etish harakatlaridan iboratdir. 
Yong’indan saqlash xizmati bo`linmalari tomonidan yong’inlarning 
o`chirilishini tashkil etish 
tartibini 
Davlat yong’in xavfsizligi xizmati belgilaydi. 
Davlat yong’in xavfsizligi xizmati boshqaruv organlari va bo`linmalarining 
yong’indan saqlash xizmatining boshqa turlari, vakolatli organlar, avariya-ta`mirlash 
xizmatlari va o`zga xizmatlar bilan yong’inlarning o`chirilishini tashkil etishni 
ta`minlashga doir hamkorligi kelishuvlar bilan tartibga solinadi. 
Davlat yong’in xavfsizligi xizmati bo`linmalarining kuchlari va vositalarini 
favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilish tartibi favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilish to`g’risidagi 
qonun hujjatlari 
bilan belgilanadi. 
Yong’inlarni o`chirish uchun yong’indan saqlash xizmati bo`linmalarining 
kuchlari va vositalarini jalb qilishning mintaqalararo hamda mahalliy darajalardagi 
rejalari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. 
Yong’inlar to`g’risidagi xabarlarni qabul qilish uchun aholi punktlarining 
telefon tarmoqlarida yagona raqam — 01 o`rnatiladi. 
Yong’in kelib chiqqanligi to`g’risidagi xabarni olgach, Davlat yong’in 
xavfsizligi xizmati bo`linmalari yong’in joyiga darhol jo`nab ketishi shart. 
Zarur hollarda, yong’inlarni o`chirish chog’ida yong’in kuchayishining 
(tarqalishining) hamda yong’in bilan bog’liq bo`lgan, odamlarga, yuridik va jismoniy 
shahslarning mol-mulkiga, atrof tabiiy muhitga tahdid soluvchi xavfli omillarning 
oldini olish uchun: 
yong’inlar tarqalgan (tarqalish ehtimoli bo`lgan) va xavf keltirib chiqaradigan 
joylarga kirib borishga doir; 
yong’inlarning kuchayishiga (tarqalishiga) to`sqinlik qiladigan va ularni 
bartaraf etishni ta`minlaydigan sharoitlarni yaratishga doir; 
tashkilotlar va fuqarolarda mavjud bo`lgan aloqa, transport vositalaridan, 
asbob-uskunalardan, yong’inni o`chirish vositalari va olovni o`chirish moddalaridan 
keyinchalik o`rni belgilangan tartibda qoplanishi sharti bilan foydalanishga doir; 
tegishli xizmatlarni jalb etgan holda jamoat tartibini ta`minlash, yong’inlar 
o`chirilayotgan joylarni qo`riqlash (shu jumladan yong’inlarning kelib chiqish va 
kuchayish (tarqalish) sabablarini, sharoitlarini tekshirish chog’ida), yo`l harakatini 
tartibga solish, evakuatsiya qilish va (yoki) yong’in kelib chiqqan joyda boshqa 
tadbirlarni amalga oshirishga doir harakatlar bajariladi. 
Yong’indan saqlash xizmati bo`linmalari yong’inlarni o`chirish, yong’inlar va 
avariyalarning kelib chiqishi hamda kuchayishining (tarqalishining) oldini olish bilan 


169 
bog’liq zarur ishlarni amalga oshirishda yong’inni o`chirish maqsadi uchun tabiiy va 
sun`iy suv manbalaridan suv bilan bepul ta`minlanadi. 
Asosli tavakkalchilik doirasida harakat qilgan Davlat yong’in xavfsizligi 
xizmatining shaxsiy tarkibi va yong’inni o`chirishda qatnashgan boshqa ishtirokchilar 
yetkazilgan zararning o`rnini qoplashdan ozod qilinadi. 

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish