Масъул муҳаррир


ADABIYOT FANINI O‘QITISHDA MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYASIDAN



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
ADABIYOT FANINI O‘QITISHDA MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYASIDAN 
FOYDALANISH
Omonova Mavluda Abduvoxidovna
Surxondaryo viloyati Devov tumani 
19- maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi 
Tel 91 5158468
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda adabiyot darslarini samarali tashkil etish 
hamda dars sifatini oshirgan holda zamonaviy ta’limni yo‘lga qo‘yishda modulli dars o‘tish 
texnologiyasini tadbiq etish haqida fikr yuritiladi
Kalit so‘zlar: Modulli ta’lim texnologiyasi, motivatsiya, A. Ekzyuperining “Kichkina 
shahzoda”,
Modul (lotincha modulus so‘zidan olingan bo‘lib qism, bo‘lak, blok ma’nolarini anglatadi. 
Modulli ta’lim pedagogik texnologiyani tashkil etuvchi tarkibiy bo‘laklarni ifodalaydi. Bu modulli 
ta’lim dars jarayonini tashkil etishdagi eng kichik ish turlaridan hamda ularning turli miqdordagi 
to‘plamlaridan iborat bo‘ladi. Bunda eng kichik faoliyat turi eng kichik modul sanalib, boshqalari 
qancha modulni qamrab olishiga qarab o‘ziga mos darajadagi modullar sanaladi. 
Adabiyot o‘qitish sohasida modulli ta’lim texnologiyasi deyilganda, adabiy ta’lim jarayonini 
modullar asosida loyihalashtirish nazarda tutiladi. Ajratilgan har bir modul bo‘yicha uning 
o‘zigagina xos bo‘lgan faoliyat mazmuni va ta’sir doirasi mavjud bo‘ladi. Adabiy ta’lim jarayonida 
modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanilganda o‘rganiladigan mavzu mantiqiy tugallangan 
bo‘laklarga, ya’ni modullarga ajratiladi. Har bir bo‘lak o‘quvchilar mustaqil ishlashlari uchun 
maxsus topshiriqlarga aylantiriladi. Modulli ta’lim texnologiyasida o‘quvchilar tomonidan 
amalga oshirilayotgan har qanday faoliyatga о‘quv elementi deb qaraladi. Ta’kidlaganimizdek, 
mavzni o‘tish jarayonida o‘qituvchi tomonida ushbu mavzu qismlarga bo‘linadi va o‘quvchilarga 
mavzu yuzasidan tushunchalar berilgach, o‘zlarining erkin fikr mulohazalarini bildirishlariga 
imkon beriladi. Bu albatta, darsning yanada qiziqarli hamda samarali bo‘lishini ta’minlaydi.
Adabiy ta’lim jarayonida modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish uchun avval quyidagi 
ishlar amalga oshiriladi: - mazkur yo‘nalishning xususiyatlarini ochib beradigan metodik 
majmualar yaratish; - ta’lim jarayonini tashkil etish uchun uni zaruriy didaktik ashyolar bilan 
ta’minlash; - ta’lim amaliyotini nazariy-metodik va amaliy-tashkiliy jihatdan to‘g‘ri uyushtirish 
Adabiyot o‘qitishning modulli texnologiyasi - ta’limning belgilangan tamoyillariga muvofiq 
tarzda rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Bunda motivatsiya (o‘quvchining bilishga bo‘lgan 
ichki ehtiyoji), modullilik, muommalilik, hamkorlikka asoslanish, subyekt-subyekt munosabati, 
didaktik o‘yinlar, audio-vizual va hk. tamoyillar nazarda tutiladi.
Asar ustida ishlashda modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanilganda quyidagi izchillikka 
amal qilinadi:
- modulli ta’lim uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
- modulning maqsadi va mazmunini belgilash;
- nazariy va amaliy ma’lumotlami ajratish;
- ta’lim amaliyotini rejalashtirish;
- o‘quv hamda didaktik materiallar, texnik vositalami tayyorlash;
- amaliy mashg‘ulotlami tashkil etish;
Adabiyot darslarida modulli ta’lim texnologiyasini tadbiq etishda, avvalo, o‘quvchilarni har 
tomonlama mazkur darsga tayyorlash lozim. Bundan tashqari, dars samarasini oshirish uchun 
mazkur darsga muvofiq keladigan o‘quv materiallarini ham dars jarayonida tadbiq etish zarur. 
Modulli texnologiya asosida tashkil etilgan darsdan namuna keltiradigan bo‘lsak, A. Ekzyuperining 
“Kichkina shahzoda” asari ustida ishlash darsini tavsiya etish mumkin. Umumta’lim maktablari 
5-sinfi dasturida Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asarini o‘rganish uchun 
to‘rt soat ajratilgan. Asarni o‘rganishga yo‘naltiruvchi talqin quyidagicha: «Ertak-qissada bolalar 
olamining mahorat bilan tasvir etilishi. Unda abadiyat va foniylik, hayot, muhabbat va о‘lim 
muammosining о‘ziga xos tarzda tasvir etilishi. Kichkina shahzoda obrazi. Ertakdagi boshqa 
obrazlar va ular о ‘rtasidagi munosabat. Ertakda bolalar ruhiyatiga xos xususiyatlarning yorqin 
ifodalanganligi. Ertakning tarbiyaviy ahamiyati. Badiiy asarlarni bo‘laklarga bo‘lib o‘rganishda, 


143
10
ya’ni darsni modullar asosida tashkil etishda, istalgan joydan, istalgan narsa olinaverilmaydi. 
Buning o‘ziga xos pedagogik, psixologik sabablari bor. O‘qituvchi “Kichkina shahzoda”ni uning 
boblariga tayanib, to‘rt soatga rejalashtirib olishi va har darsda o‘qilgan bo‘laklardagi yetakchi 
fikrlarni modullashtirib olishi maqsadga muvofiqdir.Ayni zamonda, bo‘lajak o‘qituvchilarning 
“Kichkina shahzoda”ni o‘zlari modullashtirishlari, ya’ni ajratib ko‘rsatilgan o‘rinlardan kompyuter 
yordamida maxsus modullar yaratishlari o‘z amaliy faoliyatlarini tasavvur qilishlariga imkon 
yaratishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. https://ru.wikipedia.org
2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5 - 9-sinfi uchun adabiyotdan o‘quv dasturi «Ma’rifat» 
gazetasi, 2007 yil, 4-, 7-,9-oktyabr.
3. Q. Husanboyeva, R. Niyozmetova “Adabiyot o‘qitish metodikasi” ─Toshkent


144

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish