O‘tmish avlodlar yaratgan madaniy yodgorliklarning hammasi ham madaniy meros
bo‘lavermaydi, chunki o‘tmishdan qolgan narsalarning hammasi ham qadriyat ahamiyatiga ega
bo‘lavermasligi hammamizga ma’lum. Masalan, sho‘rolar davrida yaratilib, uning siyosati,
mafkurasini targ‘ib etgan, endilikda o‘z umrini yashab o‘tgan kitoblarning bugun uchun ham, kelajak
uchun ham qadriyati, ahamiyati yo‘q. To‘g‘ri, ular meros, lekin madaniy meros emas, ularni tarixiy fakt
asosida qoldirilgan, zamonda barqarorlik sinovidan o‘tgan, saralangan insoniyatning hozirgi va kelgusi
tarakkiyotiga xizmat kiladigan moddiy va ma’naviy madaniyat majmuiga aytishimiz mumkin.
Kishilikning har bir avlodi ajdodlari tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarni meros sifatida
qabul qilib oladi. Tarixiy vorislik — jamiyat va uning madaniyati ravnaqi shartidir
Madaniy va ma’naviy meros o‘zaro bir-biridan farq qilsada ularning o‘rtasiga o‘tib bo‘lmas
«Xitoy» devorini qo‘yish ham mumkin emas, madaniy merosni barpo etishning zamirida ham
ma’naviyat ya’ni insonning ma’naviy-ruhiy bilimlari, qobiliyati, iste’dod, aqli, empirik va nazariy
bilim faoliyatlari yotadi. Madaniy ma’naviy meros o‘rtasida umumiylik ham, farqli tomonlar ham
mavjud. Ayni paytda ular o‘rtasida yuqorida aytilgan aloqadorlik, bog‘liklik, o‘zaro munosabat, ta’sir
bor. Shuningdek, madaniy meros o‘z ko‘lami jihatidan ma’naviy meros tushunchasidan kengroq.
Madaniy merosda ko‘proq umumiylik ustunlik qilsa, ma’naviy merosda xususiylik ustunlik
qiladi. Madaniy meros umuman madaniyat yutuqlarini o‘z ichiga qamrab olsa, ma’naviy msros
ma’naviy madaniyat yutuqlarini o‘z ichiga qamrab olishi bilan farqlanadi. Madaniy merosning qadri
abadul-abad tushmaydigan kismiga milliy kadriyat deyiladi.
Ma’naviy boyliklar avloddan avlodga, bir tuzumdan ikkinchn tuzumga meros sifatida o‘tadi
va jamiyat, uning ma’naviy taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviy meros deb uzoq va yaqin
o‘tmishdagi. Hozirgi davrdagi ma’naviy jixatdan g‘oyat qimmatli. O‘chmas iz qoldiradigan mangu
yashaydigan. butush ijtimoiy manfaati va ehtiyojiga, ezgulikka xizmat kiladigan umuminsoniy
ma’naviy boyliklarga aytiladi. Ma’naviy meroc ma’naviy qadriyat sifatida namoyon bo‘lib, unga ilm-
fan, jumladan, falsafa, adabiyot, san’at, axloq. dindagi real, dunyoviy ta’limotlar, hurfikrlik va boshqalar
kiradi.
Ma’naviy meros zamonlar o‘tishi bilan o‘z qadrini yo‘qotmaydi, balki sifat jihatdan yangi
ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy meros kishilar ongiga, ichki dunyosiga, his-tuyg‘usiga ta’sir etib,
ular ongini boyitadi, axloq-odobini ezgulik sari yetaklaydi.
Ma’naviy meros biror xalq, millat, uning vakillari tomonida yaratilib, so‘ng umuminsoniyatning
ma’naviy boyligiga, merosi aylanib qoladi. Markaziy Osiyo xalqlarining o‘tmish avlodlar qoldirgan
ma’naviy meros bunga misol bo‘la oladi. Ma’naviy merosimiz jihatidan jahondagi oldingi
o‘rinlardan biri egallaymiz.
Sivilizatsiyaning madaniyatdan farqi shundaki, u o‘ziga xos bo‘lgan, o‘zgalardan tubdan
farq qiladigan, ammo, o‘z davri taraqqiyotida takrorlanmas iz qoldiradigan fan, madaniyat,
texnika, ijtimoiy ong, ma’naviyat va boshqa sohalardagi buyuk, yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Uning xarakterli tomoni shundaki, u o‘zida oldingisini qabul qilmaydi, balki sifat jihatidan yangi,
eng o‘xshamagan o‘zgarishlarni vujudga keltiruvchi jarayon hisoblanadi.
Sivilizatsiya har bir xalqning yoxud jamiyatning, tarixiy bosqichning o‘ziga xos tarixiy-
madaniy rivojlanishi, shakllangan qadriyatlari, tafakkur taraqqiyoti hisoblanadi. Hozirgi davrda
ilmiy adabiyotda uni «Sharq» va «G‘arb» sivilizatsiyasiga bo‘lish qabul qilingan. Insoniyat
tarixidagi bu sivilizaiiyalar hind, konfusiylik, buddaviylik, musulmon yoki katolik, pravoslav va
hokazolarning paydo bo‘lishi shaklida namoyon bo‘lgan.
Bugungi sivilizatsiya insoniyatning olamni bilishi, undan» umumbashariy manfaatlari
yo‘lida foydalana bilishi, har bir xalqning umuminsoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi
ma’naviyati va ma’rifati shaklida namoyon bo‘lmoqda.
Shunday qilib, madaniyat, ma’naviy meros, sivilizatsiyalar ( yutug‘i jamiyat va inson
ma’naviyatining rivojlanishida, ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazishda katta ahamiyatga
ega. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridan o‘tmishda topalgan ma’naviy
merosimizni tiklashga qat’iyan kirishildi. Mustaqilligimizning o‘tgan o‘n yili ana shu merosimizni
o‘zlashtirish orqali chinakam milliy tiklanishimizga erishdik. O‘zbeklar o‘zining milliy-ma’naviy
«qiyofasiga» ega bo‘ldilar. Ammo, bu borada hali oldimizda juda katta vazifalar turibdi. Ana
shulardan biri hali merosimizning bizga noma’lum, ammo, dunyoning turli mamlakatlarda
saklanayotgan jahon sivilizatsiyasida munosib o‘rin egallab kelgan juda ko‘plab moddiy va
ma’naviy meroslarimizni o‘z Vatanimizga ksltirishimiz, ularni o‘rganishimiz, dunyoqarashimiz va
ma’naviyatimizning ajralmas qismiga aylantirishimiz lozim bo‘ladi.
3. Ma’naviyat va mafkura bir-birlari bilan mustahkam bog‘langandir. Ma’naniyat
insonning ruhiyati, o‘zini-o‘zi anglashi, yuksaklikka intilishidagi salohiyati bo‘lsa, «Milliy istiklol
g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» Konsepsiyasida ko‘rsatilishicha: «Mafkura... muayyan
ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muddaolari,
manfaatlari, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan
g‘orlar tizimidir»
1
.
Mafkuraning ma’naviyatda tutgan o‘rni shundaki, u inson, jamiyat yoxud millat yoki
guruxlarning intilishlari, ruhiyatlari va qayfiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Ma’naviyat
singari mafkuraning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda kattadir. Prezidentimiz Islom
Karimov ta’kidlaganidek, «Mafkura faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda ham eng dolzarb
siyosiy-ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog‘lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o‘z
muddaolariga erishishi uchun ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo‘lib kelgan»
2
.
Mafkura jamiyat taraqqiyotida quyidagi vazifalarni bajaradi:
birinchidan, davlat rivojlanishining
iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy
va
ma’naviy-ma’rifiy
sohalaridagi
vazifalarni
o‘zida
mujassamlashtiradi;
ikkinchidan, bir davlat, bir mamlakat miqyosida barcha fuqarolarni, turli
millat, elat, sinflar va ijtimoiy guruhlarni bir g‘oya va maqsad sari birlashtirishga xizmat qilali;
Do'stlaringiz bilan baham: