Transformasiya xususiyati
Kompozisiya qatlamlariga biror-bir maska yoki effektlar qo„llamaslik ham
mumkin, ammo ularning holati, masshtabi, burilishi va shaffofligini qamrab olgan
asosiy xususiyatini belgilashga to„g„ri keladi. Ushbu xususiyatlarning barchasi
transformasiya xususiyatiga tegishli.
Audio xususiyati
Audio ma‟lumotdan tarkib topgan qatlamlar, qatlam tuzilishida audio
xususiyatni ifodalaydi. Faqat tasvirdan tarkib topgan qatlamlar maska yoki
transformasiya xususiyatiga ega bo„ladi. Faqat audiodan tarkib topgan qatlamlar
audio toifasidagi effektlar va xususiyatlarga ega bo„ladi. Ovoz balandligini
boshqarish uchun audio toifasi Levels (Darajalar) xususiyatidan, shuningdek ovoz
signalining to„lqinlar ko„rinishidagi tasviridan tarkib topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |