Kompozitsiya) yaratish jarayonlarini boshqarish uchun xizmat qiladi. Agarda
(Kompozitsiya 1) elementi ustiga sichqonchaning chap tugmasi ikki marta bosiladi.
46
Agar siz Adobe Premiere dasturi bilan ilgari ishlagan bo„lsangiz, unda ushbu
elementining vazifasi va asosiy xususiyatlari sizga yaxshi ma‟lum. Ammo After
Effects dasturida Timeline oynasi hech bo„lmaganda ikkita juda muhim ajralib
turuvchi xususiyatga ega.
Birinchidan, u bir yoki bir nechta bo„lmalardan tarkib topadi (loyihadagi
Kompozitsiyalarning umumiy soniga bog„liq). 2.8-rasmda keltirilgan loyihada
yagona nomdagi (joriy kadr taymkodi yuqorisidagi Comp 1) bo„lma berilgan. Agarda
loyiha bir qancha Kompozitsiyalardan tarkib topgan bo„lsa, u holda ular o„rtasidagi
o„tishni mos bo„lmaga sichqonchani bosish orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchidan, Premiere dasturidagi singari, ustida amal bajarilayotgan asosiy
ob‟yektlar media-fayl emas, balki Adobe Photoshop dasturidagi kabi qatlam (layer)
hisoblanadi. Shuning uchun Timeline oynasida filmni tahrirlash jarayoni Adobe
Photoshop dasturidagi tasvirlarni tahrirlashga juda o„xshash bo„lib quyidagicha
ifodalanadi. Filmni shakllantiradigan media-fayllar qatlamlar bo„yicha yonma-yon
joylashadi. Umuman olganda qatlam nafaqat oldindan tayyorlangan va kompyuter
xotirasidan yuklab olingan media-fayllardan, balki matn, rasm, animatsiya va
boshqalardan yaratilgan rangli zastavkalardan ham tarkib topishi mumkin.
Qatlamlar foydalanuvchi belgilagan tartibda ketma-ket joylashadi, va ushbu
ketma-ketlikda ularning tasviri bir-birini ustiga qoplananib, film kadrlarini yaratadi.
Bunda har xil qatlamlarga shaffoflik, maska, maxsus effektlar, animatsiya va
boshqalarning turlicha xususiyatlari belgilanadi. Aslida, ushbu imkoniyatlar to„plami
After Effects dasturining boshqa kompyuterli videomontaj vositalari orasidagi o„rnini
belgilaydi.
Shuni unutmaslik kerakki, After Effects dasturida filmni tahrirlash uning har
bir kadri ustida ish olib borishni ko„zda tutadi. Shuning uchun qatlamlarni o„ziga xos
tarzda joylashtirish film vaqtini bog„lash bilan belgilanadi. Ushbu maqsadlarni
amalga oshirish uchun Timeline oynasining o„ng qismida, Kompozitsiyaning har bir
qatlami uchun har bir kadr o„rnini белгиловчи vaqt shkalasi yoki vaqt lineykasi (time
ruler) joylashgan (2.9-rasm).
2.9-rasm.
Timeline oynasidagi joriy kadr indikatori
Kompozitsiya kadrlaridan biri har doim belgilangan bo„lib, tahrirlash chizig„i
va joriy kadr indikatori yordamida aks etadi (2.9-rasm). Tahrirlash chizig„i barcha
video muharrirlar uchun amaliy harakterga ega bo„lib, interfeysning maxsus elementi
hisoblanadi, va shu bilan birga Timeline oynasida vaqt shkalasi belgilangan joyni
47
ajratib turadi. Shunday ekan, vaqtning har bir momentida butun filmdan muhim
ahamiyatga ega bo„lgan bitta kadr (
joriy kadr) belgilanadi. After Effects va umuman
video muharrirlarda joriy kadrni belgilash bir xil vazifaga ega, ya‟ni kursor video
ma‟lumotning kerakli joyiga qo„yiladi.
Shunday qilib, After Effects dasturida Kompozitsiyalarni montaj qilish
jarayoni dastlabki video ma‟lumotlarni vaqt shkalasi bo„yicha joylashuvi va
keyinchalik ularga turli xildagi effektlarning qo„llanilishi bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: